Концепция реализации денежно-кредитной политики
Amaldagi pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va zamonaviy bozor insturmentlarini joriy etish
Download 460.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiy zaxira talablari
Amaldagi pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va zamonaviy bozor insturmentlarini joriy etish
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish jarayonida samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirini cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi. Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati instrumentlari samaradorligiga hamda uning transmission mexanizmini ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq. Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi. Majburiy zaxira talablari Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga qo‘yilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari, valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi. Majburiy zaxiralashning amaldagi tartibiga muvofiq, zaxiralash valyutasi tijorat banklari tomonidan mustaqil tanlanadi. Mazkur amaliyot banklarga valyuta aktivlarini majburiy zaxiraga yo‘naltirish orqali saqlash va buning natijasida bo‘shaydigan milliy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. Bugungi kunda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralari tarkibida xorijiy valyutaning ulushi umumiy summaning 90 foizidan ziyodini tashkil etayotganligi ushbu instrumentning so‘m likvidligini tartibga solish samaradorligini pasaytirmoqda. Natijada tijorat banklari milliy valyutadagi qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirchanligining kamayishiga hamda bank tizimi likvidligini boshqarishdagi majburiy zaxiralash instrumenti samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Xalqaro tajribani o‘rganish natijalari mazkur instrument samaradorligini oshirish va qo‘llanilayotgan me’yorlarning bank tizimi likvidligiga ta’sirini aniq baholash maqsadlarida tijorat banklari tomonidan zaxiralash valyutasini erkin tanlash imkoniyatini chegaralash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda. Majburiy zaxiralar shakllantiriladigan majburiyatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqilishi, jumladan, ro‘yxatga jismoniy shaxslar depozitlari va boshqa moliyaviy resurs manbalarining kiritilishi zaxiralash tartibidagi mavjud tafovut va nomutanosibliklarni kamaytirish imkonini beradi. Depozit va kreditlarlarning umumiy hajmida xorijiy valyutadagi depozit va kreditlar ulushining yuqoriligi pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini cheklovchi yana bir omil hisoblanib, amaldagi majburiy zaxiralash tartibining takomillashtirilishini taqozo qiladi. Shu bilan birga, Bazel III qoidalarida ko‘zda tutilgan talablardan tashqari banklar likvidligiga qo‘shimcha prudensial talablarning o‘rnatilishi majburiy zaxiralash me’yorlarining aniq ta’siriga baho berishni qiyinlashtiradi. Bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan takrorlanishlarning oldini olish maqsadida zaxiralash talablariga tegishli tuzatishlar kiritilishi talab etiladi. Majburiy zaxiralash tartibini takomillashtirish va talablarning maqsadli darajalarini belgilashda bank tizimidagi likvidlik hajmi va tijorat banklarining moliyaviy holati hisobga olinadi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsion xatarlarning pasayib borishini va bank tizimidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda majburiy zaxira talablarini o‘rtachalash tartibini joriy etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu esa, o‘z navbatida, banklarning moliyaviy holatini mustahkamlashga va moliyaviy resurslarning qiymatini maqbullashtirishga xizmat qiladi. Download 460.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling