Концепция реализации денежно-кредитной политики
Download 460.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta kursi kanali
Kredit kanali pul-kredit siyosatining asosiy ta’sir kanallaridan biri bo‘lib, ushbu kanal orqali foiz stavkasi iqtisodiyotning real sektoridagi jarayonlarga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur kanalning samaradorligi ko‘p jihatdan kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifning Markaziy bank foiz stavkalarining o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanligiga bog‘liq hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotdagi pul massasi oshishining asosiy qismi kredit kanali hissasiga to‘g‘ri kelganligi bois, uning o‘zgarishi ichki bozordagi narxlar darajasiga o‘zining salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, 2017 yil birinchi yarim yilligida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmlarining sezilarli darajada oshirilishi pul massasi o‘sish sur’atining tezlashishi va iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimning kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiyotni kreditlash darajasini barqarorlashtirish maqsadida 2017 yilning ikkinchi yarmidan Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasi 14 foizgacha oshirilib, pul-kredit siyosati qat’iylashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, kredit resurslari foiz stavkalarining oshishiga olib keldi. O‘z navbatida, tijorat banklari tomonidan kreditlarni bozor shartlari asosida berilmasligi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari doirasida imtiyozli va maqsadli kreditlar berilishi kredit kanali samaradorligining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlarda Markaziy bank tijorat banklariga nisbatan prudensial nazorat talablarini kuchaytirish va pul-kredit siyosatining instrumentlaridan oqilona foydalanish asosida milliy valyutadagi kredit va depozitlarning jozibadorligini oshirish siyosatini faol ravishda olib borishni ko‘zda tutmoqda. Markaziy bankning foiz siyosatini amalga oshirishda kredit resurslarini moliyalashtirish manbalari xususiyatlari inobatga olinib, bozor mexanizmlariga asoslanmagan kreditlar ta’sirini kamaytirish bo‘yicha choralar kuchaytiriladi. Valyuta kursi kanali. Mazkur kanal ta’siri pul-kredit siyosati shartlarining o‘zgarishi natijasida almashuv kursining ichki hamda tashqi tovar va xizmatlarga bo‘lgan nisbiy talabning o‘zgarishi orqali namoyon bo‘ladi. Boshqa tomondan, Markaziy bank foiz stavkasining o‘zgarishi milliy valyutadagi moliyaviy aktivlar daromadlilik darajasining mos ravishda o‘zgarishiga olib kelib, almashuv kursiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi jarayonida milliy valyuta almashuv kursining devalvatsiyasi aholining inflyatsion kutilmalarini oshirib, valyuta kanalining inflyatsion kutilmalar kanali bilan aloqasini kuchaytirdi. Bunda, inflyatsion targetlashga o‘tish almashuv kursining erkin bozor sharoitida shakllanishi talab qilinishini inobatga olib, valyuta kursi kanali va aholining inflyatsion kutilmalari darajasi orasidagi aloqadorlikning muntazam ravishda kamaytirib borilishi o‘rta muddatli davrdagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. (valyuta siyosati qismida batafsil yoritilgan) Download 460.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling