Konchilik elektr mexanikasi”kafedrasi «Konchilik korxonalari elektr ta’minoti va elektrlashtirish» fanidan kurs loyihasi bajaradi


-rasm. Sim yoki kabel bilan bajarilgan magistral sxema


Download 0.62 Mb.
bet10/16
Sana14.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1266991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
pokiza el kurs2

4-rasm. Sim yoki kabel bilan bajarilgan magistral sxema



5-rasm. Shinali yog‘malar bilan bajarilgan magistral sxema



6-rasm. Blok-transformatorli magistral sxema



7-rasm. «Zanjirli» magistral sxema

Podstansiyalarda magistral sxemalar uchun taqsimlovchi shitlarning o’rnatilishi talab qilinmaydi, buning hisobidan o’tkazgich materiallarining sarfi kamayadi, natijada sex elektr tarmoqlari qurulmalari arzonlashadi va soddalashadi.


Shina o’tkazgichlari yordamida bajarilgan magistral sxemalarda, texnologik qurulmalar o’rnining o’zgartirilishi elektr tarmoqlarning qayta o’zgarishiga sabab bo’lmaydi.



8-rasm. Radial va magistral sxemalardan tashkil topgan aralash sxema

Magistral tarmoqlarni ishdan chiqishi, shu tarmoqqa ulangan barcha iste‟molchilarni uzib qo’yilishiga sabab bo’ladi, bu esa magistral tarmoqning kamchiligi hisoblanib, elektr ta’minotining ishonchliligini pasaytiradi.


Radial va magistral tarmoqlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish korxonalari xususiyatiga ko’ra, atrof-muhit va sharoitga ko’ra, aralash elektr ta’minlash sxemalari qo’llaniladi, ya’ni 8- rasm bo’yicha: asosiy magistral; ikkilamchi magistral va iste’molchilar.
Konstruktiv tuzilishi va qurilishiga ko’ra sex elektr tarmoqlari quyidagicha bajariladi:
- komplekt shina o’tkazgichli;
- kabel tuzilishli (konstruksiyali), ariqchali, ariq (lotok) va qutichalardagi kabel, hamda himoyalangan o’tkazgichli;
- qurilish elementlariga o’rnatilgan kabel va himoyalangan o’tkazgichli;
- trubalarda o’tkazilgan kabel va himoyalangan o’tkazgichli;
- trolleyali tarmoqlar.
Elektr tarmoqlarning o’rnatilishi atrof-muhit sharoitiga qarab texnologik qurilmalarini joylashishi va binoni qurilish xususiyatiga qarab tanlanadi.

3.2 Havo va kabel elektr uzatuv liniyalari kesim yuzasini aniqlash
Elektr energiyasi stansiya va podstansiya manbalaridan sanoat korxo- nalarining qabul punktlarigacha, havo va kabel elektr uzatuv liniyalari orqali uzatiladi. Havo va kabel elektr uzatuv liniyalarining kesim yuzasini tanlashda texnik va iqtisodiy omillarni hisobga olish kerak.
Texnik omillar quyidagilardan iborat:

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling