Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Download 5.77 Mb.
|
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Relef turlari. Yer yuzidagi baland-pastliklar relef deyiladi. Joyning relefi balandlik va pastliklarga bo‘linadi. Tog‘, tepa, tizma tog‘, egarsimon joylar-balandlikka; chuqurlik, soy, jarlik esa pastlikka kiradi (4.1-shakl). Asosiy relef turlarining ko‘rinishi sxematik ravishda 4.2-shaklda ko‘rsatilgan. Strelka pasayish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
4.1-shakl. Relefning asosiy turlarini qo‘yidagicha xarakterlash mumkin. 1. Tog‘ (tepa)-yuqoriga konus tarzida ko‘tarilgan joy bo‘lib, uning eng baland nuqtasi cho‘qqi, yon tomonlari-qiyalik (yon bag‘ir), atrof bilan tutashgan chizig‘i-tog‘ etagi deyiladi (4.2-shakl, a). 7.2-shakl. 2. Tizma tog‘ (alish)-bir tomonga cho‘zilib ko‘tarilgan yoki pasaygan joy bo‘lib, ikki yon tomoni (yon bag‘ri) tikroq pasayadi, boshqacha aytganda, tizma tog‘da joy bir nuqtadan uch yo‘nalish bo‘yicha pasayadi, bir tomonga cho‘zilib, ikki yon tomonga tikroq pasayadi. CHo‘zilib pasayish yo‘nalishining baland nuqtalaridan o‘tgan chiziq suv ayriluvchi (suv bo‘linuvchi) chiziq deyiladi (4.2-shakl, b). 3. Egarsimon joy (bel)-ikki tog‘ yoki tepaning yonma-yon qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Egarsimon joyning ikki tomonidan qarama-qarshi yo‘nalishda soy boshlanadi. Ko‘pincha, bir soydan ikkinchisiga o‘tgan yolg‘iz oyoq yo‘l egarsimon joy orqali narigi tomondagi soy yo‘liga tutashadi, egarsimon joydagi bu yul dovon deyiladi (4.2-shakl, v) 4. CHuqurlik (kotlovina)-tog‘ning aksi bo‘lib, har tomondan o‘ralgan pastlik joy; eng chuqur joyiga-tub deb, yon tomonlari qiyalik, qiyaliklarning atrof bilan uchrashgan chizig‘i-chuqurlik chekkasi deyiladi (4.2-shakl, g). 5. Soy-tizma tog‘ning aksi bo‘lib, bir nuqtadan uch tomonga ko‘tariladi yoki bir uchi ochiq yo‘nalish bo‘yicha asta pasayadi, lekin ikki yoni tikroq ko‘tariladi. Soyning eng past joylaridan o‘tgan chiziq suv yig‘iluvchi chiziq deyiladi, bu chiziq bo‘yicha yog‘in suvlari oqadi. (4.2-shakl, d). Agar soy keng va uzoqqa cho‘zilsa, vodiy deyiladi. Daryolar vodiyning suv yig‘iluvchi chizig‘i bo‘yicha oqadi. Farg‘ona vodiysidagi Sirdaryo bunga misol bo‘la oladi. Agar soyda suv yig‘iluvchi chiziq nishabligi katta va tuproq yumshoq bo‘lsa, sel oqimlari orqali yuvilib, o‘piriladi, keyin bu yerda jarlik hosil bo‘ladi. Vodiyda tekis maydonchalar uchraydiki, ular terrasa deyiladi. Gorizontallarning mohiyati 4.3-shaklda ravshan ko‘rsatilgan. Tepalik bir-biridan h balandlikda joylashgan bir necha gorizontal tekislik (sathiy yuza) W, T, R, va S lar bilan kesilgan. Kesishuv nuqtalari K, L, A, E, V, S, M, va F proeksiyasi gorizontal tekislik Q ga tushirilsa, shakldagi konqentrik aylanalarga o‘xshash yopiq chiziqlar hosil bo‘ladiki, ular joyning h kesimidagi gorizontallaridir. W, T, R va F lar orasidagi h kesim balandligi deb ataladi. T sathiy yuza kesgandagi AE kesimlarning Q dagi gorizontali ae bo‘lib, bo‘lar bir xil otmetkada bo‘ladi. SHakldagi BAN uchburchaklikning BN tomoni va ga parallel, VA qiya chiziq gipotenuza bo‘lib, uning Q tekislikdagi proeksiyasi va=d1, BN =d; bu proeksiya qo‘yilish deyiladi. VA qiya chiziqning og‘ish burchagi v qiyalik burchagi yoki vertikal burchak deb ataladi. (4.3-shakldagi AN=h) bo‘lganligidan quyidagini yozish mumkin. (4.1) Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling