Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Download 5.77 Mb.
bet64/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

Bo‘ylama profil chizish. Er yuzasidagi bir yo‘nalish vertikal kesimining kichraytirilgan tasviri profil deyiladi. Profil bo‘ylama va ko‘ndalang bo‘ladi. Profillar nuqtalarning nivelirlash jurnalidagi hisoblangan otmetkalari bo‘yicha chiziladi. Temir yo‘l, tosh yo‘l va kanal kabi chizig‘iy inshootlarning bo‘ylama profillari bir-biridan kam farq qiladi. Temir yo‘l profilini chizish yo‘li bilan tanishaylik.
Har qanday profil ikki xil—biri gorizontal, ikkinchisi vertikal masshtabda chiziladi; gorizontal masshtabda gorizontal masofalar, vertikal masshtabda esa vertikal masofalar chiziladi.
Bo‘ylama profil chizish uchun, yo‘lning uzunligi va profil masshtabiga qarab, ma’lum o‘lchamda millimetrli qog‘oz olinadi. Temir yo‘l profilini chizishda gorizontal masofa masshtabi 1:10000 (1 sm da 100 m), vertikal masofa masshtabi esa gorizontal masshtabdan o‘n marta yirik, ya’ni 1:1000 (1 sm da 10 m) qilib olinadi. Qog‘oz tagidan 10 sm qoldirib, gorizontal chiziq chiziladi, bu chiziq tagiga piketlar nomeri yozilganidan u piket chizig‘i deyiladi. Qog‘ozning chap tomonidan 5 sm qoldirib, vertikal chiziq chiziladi. Gorizontal, vertikal chiziqlar bosh chiziqlardir, bular asosida profil to‘ri chiziladi (17.3-shakl). To‘r yasash uchun bosh gorizontal chiziqdan 10 mm yuqorida chiziq chiziladi, bu ikki chiziq orasi masofalar grafasi deyiladi va nomi chap tomonga yoziladi. Bosh chiziqlar kesishgan nuqta PK0 deb qabul kilinib, gorizontal chiziqqa piketlar nomeri yoziladi. Masofalar oralig‘iga esa piket nuqtalardan tik chiqariladi; piketlar orasidagi plyus nuqtalar o‘rni belgilanib, ularning oldingi piketdan bo‘lgan masofalari shu oraliqda gorizontal holda yoziladi.
Ikkinchi gorizontal chiziqdan 15 mm qoldirib uchinchi chiziq chiziladi. Bu chiziqlar orasiga er otmetkalari yoki qora otmetkalar degan so‘zlar yoziladi; piket va plyus nuqtalarning hisoblangan otmetkalari jurnaldan santimetrgacha yaxlitlab olinib, o‘z nuqtalarining tepasiga vertikal holda yoziladi. YAna 10 mm qoldirib chiziq chiziladi va oraliqqa loyihaviy nishab so‘zlari yoziladi.

16.3-shakl.
Keyin 15 mm yuqoridan chiziq chizib, orasiga loyihaviy otmetkalar yoki qizil otmetkalar degan so‘zlar yoziladi. 5 mm yuqoridan chiziq chizib, orasiga ordinatalar so‘zi yoziladi; bunga piket va plyus nuqtalar o‘rni belgilangan chiziqning davomi chiziladi. Keyin 20 mm yuqorida ettinchi gorizontal chiziq chizilib, orasiga trassa plani deb yoziladi; bu grafaga o‘q chiziq ikki yonidagi joy situatsiyasi chiziladi. Keyin besh millimetr yuqorida oxirgi chiziq chiziladi va xonasiga grunt (tuproq) deb yoziladi va bu oraliqda tuproq turi ko‘rsatiladi. Keyin shu oxirgi chiziqdan 7—10 sm yuqorida joy profili chizilishi kerak. Profil chizish uchun oxirgi chiziq otmetkasi sifatida shartli bir son qabul qilinadi; misolda 370,00 m qabul qilingan. So‘ngra «er otmetkalari» grafasidagi piket va plyus nuqtalar o‘rni oxirgi chiziqqa nisbatan o‘z otmetkalariga binoan 1:1000 masshtabda topiladi. Keyin topilgan nuqtalar ketma-ket tutashtirilsa, nivelirlangan o‘q chiziq profili yasaladi.
Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling