Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Download 5.77 Mb.
|
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Geometrik nivelirlash. Nisbiy balandlik gorizontal ko‘rish nuri yordamida aniqlansa, geometrik nivelirlash deyiladi va nivelir deb ataladigan asbob bilan bajariladi.
Nivelirlash, asbobning ikki nuqtaga nisbatan turish (o‘rnatish) joyiga qarab, oldinga nivelirlash va o‘rtadan nivelirlashga bo‘linadi. Oldinga nivelirlash. A va V nuqtalar orasidagi (16.2-shakl) nisbiy balandlikni aniqlash uchun asbobni A nuqtaga o‘rnatib, gorizontal holatga keltirgach, A nuqtadan trubaning ko‘rish o‘qigacha bo‘lgan balandlik AO o‘lchanadi, bu asbob balandligi deyiladi va i bilan belgilanadi. Keyin V nuqtaga vertikal qo‘yilgan reykaga qarab, v sanog‘i olinadi. SHunda AS chiziq ko‘rish o‘qi On ga parallel bo‘lganidan quyidagini yozish mumkin: h=i—b, (15.2) ya’ni oldinga nivelirlashda nisbiy balandlik asbob balandligidan reyka sanog‘ining ayrilganiga teng. Agar i>b bo‘lsa, h musbat bo‘lib, joy ko‘tariladi, ibo‘lganda esa h manfiy bo‘lib, joy pastlashadi. 15.2-shakl. O‘rtadan nivelirlash. Bu eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bo‘lib, nivelir A va V nuqtalar o‘rtasiga o‘rnatiladi (15.3-shakl); nivelir gorizontal vaziyatga keltirilgach, A va V nuqtalarga qo‘yilgan reykalardan avval a, keyin v sanoqlar olinadi, shunda nisbiy balandlik quyidagicha bo‘ladi: h=a—b, (15.3) ya’ni o‘rtadan nivelirlashda nisbiy balandlik orqadagi reykadan olingan sanoqdan oldingi reykadan olingan sanoqning ayrilganiga teng (a—ketingi sanoq, v—oldingi sanoq), a va v sanoqlarning qiymatiga qarab, h musbat yoki manfiy bo‘ladi. Nivelirlashda nivelirning har o‘rnatilishi stansiya deyiladi. Agar ikki nuqtaning nisbiy balandligi bir stansiyadan aniqlansa, oddiy nivelirlash, bir necha stansiya orqali aniqlansa, murakkab nivelirlash deyiladi. 15.2. va 15.3-shakldagilar oddiy nivelirlash bo‘ladi. Murakkab nivelirlash. Berilgan A va V nuqtalar (15.4-shakl) bir-biridan uzoq bo‘lib, bular orasidagi nisbiy balandlik h ni bir stansiyadan aniqlab bo‘lmasa, AV oralig‘i bir necha ixtiyoriy bo‘lakka bo‘linadi. Keyin har qaysi oraliq alohida stansiyadan ketma-ket nivelirlanib, nisbiy balandliklar hi=ai—bi formula yordamida hisoblanadi. 15.3-shakl. Masalan, shaklda AV oralig‘i to‘rt stansiya orqali nivelirlangan, shunda h1=a1—b1, . . . . . h4=a4—b4. (15.4) bo‘ladi. V ning A dan bo‘lgan nisbiy balandligi h=h1+h2+h3+h4=hi bo‘ladi. Bunga hi larning (16.4) dagi qiymatlarini qo‘ysak, h=(a1+a2+a3+a4)—(b1+b2+b3+b4)= a— b bo‘ladi. Stansiya soni p ta bo‘lganda ham shu qoida saqlanadi. SHuning uchun umumiy ko‘rinishda h= hi= a- b (15.5) bo‘ladi, ya’ni murakkab nivelirlashda nisbiy balandlik orqa sanoqlar yig‘indisi a dan oldingi sanoqlar yig‘indisi b ayrilganiga teng. Ma’lum yo‘nalish bo‘yicha murakkab nivelirlash olib borilgan chiziq nivelirlash yo‘li deyiladi. 15.4-shakl. Murakkab nivelirlashda bog‘lovchi va oraliq nuqtalar bo‘ladi. Agar bir nuqtaga ikki qo‘shni stansiyadan qarab, ketingi (a) va oldingi (v) sanoqlar olinsa, bu nuqta bog‘lovchi nuqta deyiladi, chunki u qo‘shni stansiyalarni bog‘laydi. Ikki bog‘lovchi nuqta orasida bo‘lgan, otmetkasi aniqlanadigan joyning baland-pastligini bildiruvchi nuqta oraliq nuqta deyiladi va bu nuqtaga qo‘yilgan reykadan olingan sanoq oraliq sanoq deyilib, s bilan belgilanadi. 16.4-shaklda bir xil oraliqda A, S, D, E, V nuqtalar bog‘lovchi, S bilan D orasidagi M va D bilan E orasidagi N nuqtalar oraliq nuqtalardir. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling