Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Gorizontal burchak o‘lchash mohiyati


Download 5.77 Mb.
bet30/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

Gorizontal burchak o‘lchash mohiyati. Joyda bir nuqtadan chiqqan ikki yoki bir necha yo‘nalish orasidagi burchaklarning gorizontal qo‘yilishini o‘lchash kerak bo‘ladi. Masalan, V nuqtada (5.1-shakl) turib, turli balandlikda yotuvchi A va S nuqtalarga qarash yo‘li bilan ABC burchakning gorizontal qo‘yilishi ni o‘lchash kerak deylik. SHakldan ko‘rinadiki, S nuqta balandda, V va A nuqtalar esa S ga nisbatan pastlikda. SHunga ko‘ra, VA va VS tomonlar orasidagi  qiya tekislikdagi burchak desak ABC gorizontal proeksiyasi bo‘ladi. ning qiymatini aniqlash uchun shtativ 1 ustiga aylanasi graduslarga bo‘lingan doira 2 gorizontal vaziyatda urnatiladi; uning markazi O dan chap nuqta S ga qarab pch, keyin doirani qo‘zg‘atmay, o‘ng nuqta A ga qarab no‘ sanoqlar olinsa, bu sanoqlar ayirmasiga teng bo‘ladi:
=po‘-pch, (5.1)
ya’ni bir nuqtadan chiqqan ikki yo‘nalish orasidagi burchakning gorizontal qo‘yilishi o‘ng nuqtaga qarab olingan sanoqdan chap nuqtaga qarab olingan sanoqning ayirmasiga teng. Aylanasining yo‘nalgan qirrasi bo‘laklarga bo‘lingan va gorizontal holga keltirilib sanoq olinadigan doira 2 limb deyiladi. Agar O dan S ga va A ga qaralgan ko‘rish nurlaridan vertikal tekisliklar o‘tkazilsa, bu tekisliklar kollimatsion tekisliklar deyiladi. Bu tekisliklar orasidagi burchak o‘lchanadigan burchakning qiymati bo‘ladi.
Ikki chiziq orasidagi burchakni goniometr yordamida ham o‘lchash mumkin. Asosan, burchakning gorizontal qo‘yilishi teodolit yordamida o‘lchanadi.


5.1-shakl.
Teodolit va uning qismlari. Teodolit joyda burchakning gorizontal qo‘yilishini o‘lchash asbobi bo‘lib, 10.2-shaklda ko‘rsatilganidek quyidagi asosiy qismlardan iborat: taglik 1, limb 2, alidada 4, adilak 6 va ko‘rish trubasi 8.
Teodolitning limbi aylanmasa, bu teodolit oddiy, aylansa—takroriy teodolit deyiladi. Takroriy teodolit limbining maxsus mahkamlash va qaratish vintlari bo‘ladi, oddiy teodolitda esa ular bo‘lmaydi.
Teodolitlar limbining nimadan yasalishiga qarab, ular metall limbli va optik teodolitlarga bo‘linadi. Metall limbli teodolitlarning gorizontal hamda vertikal doiralari mis yoki bronzadan yasaladi (TT-50, TT-5 markali teodolit—taxometrlar).

5.2-shakl. Teodelit sxemasi.
VV1—asbob aylanish (vertikal) o‘qi; hh1—silindrik adilak o‘qi; a,a1—truba aylanish o‘qi; 0—ob’ektiv markazi; t—to‘r markazi; tO—ko‘rish o‘qi; 1—taglik; 2—limb; 3—limbning yo‘nilgan qirrasi, 4—alidada, 5— alidadaning yo‘nilgan qirrasi, 6—silindirik adilak, 7—truba tagligi, 8—ko‘rish trubasi, 9—limbi, 10—ko‘targich vint, 11—taglik ko‘targichi, 12—shtativ boshi, 13—o‘rnatish vinti va prujinasi, 14—shovun ilgagi, 15 shtativ oyog‘i, 16—treger—plastinka, 17—vertikal doira.
Optik teodolitlarning limblari esa shishadan yasalgan bo‘ladi (T-30, T-15, T-5). Keyingi davrda ko‘proq optik teodolitlar ishlatila boshladi. Endi teodolitning qismlari bilan tanishib chiqamiz.
Taglik—magnitaviy xossasi bo‘lmagan metalldan uchburchaklik shaklida yasalgan moslama 1 bo‘lib (5.2-shakl), uchburchaklik uchlarida (11) o‘rnatilgan uch ko‘targich vint 10 lar yordamida shtativ ustiga o‘rnatiladi. Quyi tomonda taglikni shtativga mahkamlash uchun maxsus (prujinali yoki prujinasiz) o‘rnatish vinti 13 bo‘ladi, u o‘rnatish vinti deyiladi. Ko‘tarish vintlari bilan adilak 6 yordamida asbob gorizontal vaziyatga keltiriladi.
SHtativ. GOST 11897—78 ga ko‘ra, shtativlar ikki tipga bo‘linadi.
1. SHN shtativi, bu shtativ yaxlit uch oyoqli, uzunligi o‘zgarmaydi.
2. SHR shtativi, bu shtativ suriluvchi ikkilanma uch oyoqli, quyidagi o‘lchamda bo‘ladi (5.2-shakl, a):



Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling