Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”


Download 5.77 Mb.
bet46/64
Sana16.11.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1782208
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
Bog'liq
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”

Teng aniqsiz o‘lchash. O‘lchash natijalarining vazni. Teng aniqli o‘lchashda o‘lchash natijalarining aniqligi o‘lchashning o‘rta kvadratik xatosi t orqali baholanadi. Teng aniqsiz o‘lchashda esa o‘rta kvadratik xato har o‘lchashning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni boshqa o‘lchashdan o‘lchash soni, ishlatilgan usul va asbob jihatidan afzal turishi e’tiborga olingani holda baholanadi. Bu afzallik son bilan ifodalanadi, bu son esa vazn deyiladi. Natija qancha aniq va ishonchli bo‘lsa, vazn shuncha katta bo‘ladi. Vazn o‘lchash sharoitini hisobga olgan holda belgilanadi. Ma’lumki, har o‘lchashning o‘ziga xos o‘rta kvadratik xatosi bo‘ladi. O‘lchash sharoiti bilan aniqlanadigan vazn va o‘rta kvadratik xato orasida matematik bog‘lanish bo‘lganidan, vaznni o‘rta kvadratik xato bilan ifodalash eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. O‘lchashning o‘rta kvadratik xatosi qancha kichik bo‘lsa, o‘lchash shuncha to‘g‘ri bajarilgan va o‘lchash vazni katta bo‘ladi. O‘lchash vazni r bilan belgilanadi.
O‘lchash vazni r bir o‘lchash o‘rta kvadratik xatosining kvadrati t2 ga teskari proporqional bo‘lib, quyidagicha yoziladi:
, (9.20)
bu erda K—proporqionallik koeffiqienti. Ko‘pincha K=1 deb olinadi; shunda bo‘ladi.
Agar o‘lchash vaznini r, p marta o‘lchash natijalarining arifmetik o‘rtasi vaznini R desak bular orasidagi munosabat quyidagicha bo‘ladi:
,
ya’ni arifmetik o‘rtaning vazni o‘lchash vaznidan o‘lchash soni p qadar katta. Odatda bir kattalik vaznini bir deb olib, keyin boshqa kattaliklar vazni hisoblanadi. O‘lchash vazni r=1 desak arifmetik o‘rtaning vazni R o‘lchash soni p ga teng, ya’ni R=p. Bu tenglikdagi p arifmetik o‘rta qancha teng aniqli o‘lchash natijalari bo‘yicha hisoblanganini ko‘rsatadi.
Misol. O‘lchangan ikki burchakning o‘rta kvadratik xatosi m1=±2', m2=±8' bo‘lsa, burchaklarning o‘lchash vazni qancha bo‘ladi? Birinchi burchak vaznini R1, ikkinchi burchak vaznini R2 desak bu vaznlar orasida quyidagi munosabat bo‘ladi:

Agar r1=1 desak, p2=16 bo‘ladi; aksincha, r2=1 desak, r1=16 bo‘ladi, chunki birinchi burchak aniq o‘lchangan.
Misol. O‘rta kvadratik xatosi t bo‘lgan o‘lchashning vazni r; vazni bir bo‘lgan o‘lchashning o‘rta kvadratik xatosi aniqlansin. Bu erda ham yuqoridagidek vaznlar nisbatini olamiz, ya’ni: , bundan
(9.21)
chiqadi, ya’ni vazni bir bo‘lgan o‘lchashning o‘rta kvadratik xatosi o‘lchash o‘rta kvadratik xatosi bilan o‘lchash vaznining kvadrat ildizi orasidagi ko‘paytmaga teng.
Umumiy arifmetik o‘rta miqdor. Teng aniqsiz o‘lchashda turli vazn bilan o‘lchangan kattalikning arifmetik o‘rtasi o‘lchash sonlari bo‘yichagina emas, balki o‘lchash vaznlari e’tiborga olingan holda hisoblanadi, bu kattalik umumiy arifmetik o‘rta kattalik deyiladi va Lo bilan belgilanadi.
Masalan, biror kattalikni bir kishi r1 marta teng aniqli o‘lchab topgan qiymati l1; ikkinchi kishi r2 marta o‘lchab topgan qiymati l2 va nihoyat, p-kishi rp marta o‘lchab topgan qiymati lp bo‘lsin. Bu erdagi o‘lchash sonlari r1, r2, . . . , rp o‘lchash vaznlari bo‘ladi. Bu kattalikning barcha o‘lchash natijalari orqali topiladigan arifmetik o‘rta qiymati umumiy arifmetik o‘rta qiymat bo‘ladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(9.22)
Bu Lo ni ba’zan vazniy o‘rta qiymat deb ham yuritiladi.
Teng aniqsiz o‘lchash natijalarining umumiy arifmetik o‘rtasi har qaysi o‘lchash natijasini o‘z vazniga bo‘lgan ko‘paytmalari yig‘indisining vaznlar yig‘indisiga bo‘linganiga teng. Bu formula murakkab geodezik masalalarni echishda ko‘p qo‘llaniladi.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling