Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Download 5.77 Mb.
|
Konchilik” fakulteti “konchilik ishi” kafedrasi “geodeziya”
Azimutlar. Joyda berilgan chiziq uchidan o‘tgan meridianning shimol yo‘nalishidan soat strelkasining yurishi bo‘yicha chiziq gorizontal qo‘yilishining yo‘nalishigacha bo‘lgan burchak azimut deyiladi va A bilan belgilanadi. Masalan, ABCD poligonda AB chiziqning (2.5-shakl) azimuti A1 ga teng bo‘lib, AAB =A1 shaklida yoziladi. Xuddi shunga o‘xshash, BC chiziq azimuti ABC =A2 va ACD=A3, ADA=A4. Azimut qiymati 0° dan 360° gacha bo‘la oladi, ya’ni 0° A 360°. Azimut qiymati berilsa, shu azimutga tegishli chiziqni yasash mumkin.
Masalan, MN chiziqning azimuti AMN=120°00' bo‘lsa, chiziqni yasash uchun M nuqtani belgilab (2.6-shakl), undan meridian SHJ o‘tkaziladi; keyin transportir yordamida M nuqtada shimoldan hisoblab 120° burchak yasaladi. To‘g‘ri va teskari azimut. Geodeziyada chiziq nomini ikki harf bilan belgilashda harflarning oldin-keyinligiga qarab, chiziq yo‘nalishi o‘zgaradi va, shunga yarasha, chiziq azimutining qiymati ham turlicha bo‘ladi. Masalan, 2.7-shaklda AB chiziqni to‘g‘ri desak BA chiziq teskari bo‘ladi; bu chiziqlarning azimutlari ham to‘g‘ri va teskari deyiladi. 2.5-shakl. AB chiziqning A nuqtasidan SHAJA meridianini, B nuqtasidan SHBJB meridianini utkazsak, azimut ta’rifi bo‘yicha AB chiziqning azimuti AAB=A to‘g‘ri azimut, BA chiziqning azimuti ABA=A' teskari azimut bo‘ladi. To‘g‘ri va teskari azimutlar orasidagi munosabatni quyidagicha chiqarish mumkin. B nuqtadan A nuqta meridiani SHAJA ga parallel SHAJA, chiziq o‘tkazib, burchaklarni shakldagicha belgilasak quyidagini yozamiz: A'=A+180°+, (2.1) bu yerda — ikki meridian orasidagi burchak bo‘lib, meridianlarning yaqinlashish burchagi deyiladi. SHunday qilib, teskari azimut to‘g‘ri azimut bilan 180° va meridianlar yaqinlashish burchagi yig‘indisiga teng. A nuqtaga nisbatan B nuqta o‘ngda (misoldagi kabi) bo‘lsa, musbat, chapda (g‘arbda) bo‘lsa, manfiy bo‘ladi, shunga ko‘ra (2.1) formula o‘zgarmaydi, o‘z ishorasi bilan olinadi. 2.6-shakl. 2.7-shakl. Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling