Direksion burchaklar. Zona sistemasida ish olib borilganda chiziq yo‘nalishini aniqlashda zonaning o‘qiy meridiani asos qilib olinadi va poligon uchlaridan o‘qiy meridianga parallel chiziqlar o‘tkazilib, shunga nisbatan chiziqning yo‘nalishi topiladi. SHunda chiziq uchidan o‘qiy meridianga parallel o‘tgan chiziqning shimoliy yo‘nalishidan soat strelkasi yuradigan tomon bo‘ylab berilgan chiziqqacha bo‘lgan gorizontal burchak direksion burchak bo‘lib, harfi bilan belgilanadi. Direksion burchak ham azimut burchagi kabi 0° dan 350°gacha bo‘ladi, ya’ni 0°<<360°. Kichik joylarda chiziq azimuti va direksion burchagi bir xil bo‘lganidan, azimutni direksion burchak deb olinadi. Bir yo‘nalishdagi chiziqning direksion burchagi chiziqning hamma nuqtasida bir xil bo‘ladi
(2.12-shakl). DC chiziqning D, A va V nuqtalaridan SHDJD, SHAJA va SHVJV meridianlar o‘tkazib, DC chiziq azimutlari topilgan; shaklga ko‘ra: ADAB.
D va V nuqtalardan A nuqta meridianiga (o‘qiy meridian) parallel chiziqlar o‘tkazilgan, ya’ni SH2J2 SHAJASH1J1.
2.12-shakl.
SHu parallel meridianlar shimolidan DC chiziqqacha hisoblangan direksion burchaklar hamma erda bir xilda, ya’ni D=A=V. Meridianlar yaqinlashish burchagi o‘qiy meridiandan sharqdagi (o‘ngdagi) nuqtada musbat (+), g‘arbdagi (chapdagi) nuqtada manfiy (-) ishora bilan olinadi. 2.12-shakldan quyidagi tenglikni yozish mumkin:
A=+, (2.5)
ya’ni azimut direksion burchakka meridianlar yaqinlashish burchagining algebraik qo‘shilganiga teng. Bu formula meridianlar yaqinlashish burchagi g‘arbiy bo‘lganda ham qo‘llaniladi.
Masalan, D nuqtada D=125°10', = -30' bo‘lsa, AD=125°10'-00°30'=124°40' bo‘ladi.
To‘g‘ri va teskari direksion burchak. To‘g‘ri chiziq AV ning direksion burchagi AV= bilan, teskari chiziq VA ning direksion burchagi VA=' orasida, 4.10-shaklga ko‘ra quyidagi munosabatni yozish mumkin:
yoki , (2.6)
ya’ni teskari direksion burchak to‘g‘ri direksion burchakka 180° qo‘shilganiga teng.
2.13-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |