Konchilik ishi va metallurgiya
Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Download 2.63 Mb.
|
соха икти лотин 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi
4.3. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlari
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning ikki guruhi mavjud: Birinchi guruh - umumlashtiruvchi va qiymat ko‘rsatkichlari bo‘lib, ular asosiy fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baxolash, taxlil qilish, zaxiralarni aniqlash vabashorat qilish imkonini beradi. Bunday ko‘rsatkichlarga fond sig‘imi, fond kaytimi, fond rentabelligi va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh - xususiy va natural ko‘rsatkichlar bo‘lib, ko‘prok, asosiy ishlab chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq. Ko‘rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan vaqt bo‘yicha foydalanish darajasi; asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv foydalanish koeffitsienti, ulardan quvvat bo‘yicha foydalanish darajasi; asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsienti, barcha ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanish. Ekstensiv koeffitsient - dastgoxlarning bir davr ichida (oy, yil) xaqiqiy ishlagan vaqtini rejalashtirilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi. bu erda: thaq- xaqiqiy foydalanilgan vaqt; soat trej- rejaga asosan foydalanish muddati; soat Asbob-uskunalarning ekstensiv ko‘rsatkichini yaxshilash uchun ularning smenali koeffitsientini oshirish, smenalar orasida bekor turib kolishlarga barxam berish, dastgoxlarni ta’mirlash vaqtini qisqartirish, mehnat intizomini mustaxkamlash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish zarur. Uskunalarning smenalik koeffitsienti - sutka davomida mashina-smenalarning o‘rnatilgan uskunalar umumiy soni yoki ishchi o‘rinlariga nisbatidir.U kuyidagicha aniqlanadi: bu erda: MS – sutka davomida xaqiqiy ishlagan mashina-smenalar yig‘indisi; A u.s – o‘rnatilgan asbob-uskunalarning umumiy soni. Uskunalarning smenalilik koeffitsientini aniqlashning yana bir yo‘li bo‘lib, unga ko‘ra korxonalarning bir emas, ikki yoki uch smenada ishlashi va bunda uskunalarning barchasidan ham to‘liq foydalanilmasligi ko‘zda tutiladi. Masalan: sexda 300 dona uskuna o‘rnatilgan bo‘lib, birinchi smenada 270 tasi, ikkinchi smenada esa 220 tasi ishlagan. Uskunalarning smenali koeffitsienti 1,63 (270+220) /(300) ni tashkil qiladi. Intensiv koeffitsient - ma’lum bir vaqt ichida xaqiqiy ishlab chikarilgan mahsulot miqdorini bildiradi.U xaqiqiy ishlab chiqarilgan maxsulot qiymatini rejalashtirilgan mahsulot qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. bu erda: ICH haq - haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; ICH rej - mahsulot ishlab chiqarish rejasi. Dastgoxlardan integral foylalanish koeffitsienti uskunadan intensiv va ekstensiv foydalanish koeffitsientlarining ko‘paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo‘yicha band bo‘lishini majmuaviy tavsiflaydi. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling