Konchilik ishi va metallurgiya
Download 2.63 Mb.
|
соха икти лотин 2022
Boshqarish prinsiplari. Umumiy maqsadlar yo`nalishida o‘zaro munosabatlar o‘rnatib birgalikda hatti-harakatlar qiluvchi tashkilotning turli tarkibiy qismlari (elementlari) agar, munosabatlar umumiy maxraj asosida o`rnatilgan bo`lsa.muvaffaqiyatli yoki samarali faoliyat ko`rsatadilar, Umumiy maxrajga kelishning zaruriyligi nuqtai-nazarlarning turlichaligidan kelib chiqadi. Turli nuqtai-nazarlarning sohiblari insonlar-tashkilot tarkibiga kiruvchi rahbarlar, mutaxassislar, oddiy ishchi-xodimlar. Ularning tashkilot tarkibiga kiruvchi mashinalar, stanoklar, ishlab chiqarish binolari, mehnat qurollari va x.klardan farqi odamlarning keyingi qo`yadigan qadamlarini (hatti-harakatlarini, munosabatlarini) ilgaritdan ayta olish (belgilash, rejalashtirish) ehtimollik xarakteriga ega, ya’ni aniq belgilash imkoniyati yo`q. SHuning uchun, umumiy maqsadlarga erishish uchun echiladigan masalalarni rejalashtitirsh, tashkil etish, nazorat qilish bo`yicha barcha uchun umumiy hisoblangan hatti-harakatlarning qoidalari (umumiy maxrajlar) ishlab chiqilishi zarur bo`ladi. Ba’zida bu kabi qoidalar tashkilotning qonunlari yoki boshqarish prinsiplari deb ham nomlanadi.
Hozirgi zamon menejmentining prinsiplari haqida so`z borganda A.Fayolning “Общее и промышленное управления” kitobida eritilgan boshqarish prinsiplari tushuniladi. Ularga quyidagilar kiradi: mehnat taqsimoti hokimiyat intizom farmoyish berishning birligi raxbarlikning birligi xususiy intilishlarning umumiy intilishlarga buysundirish ragbatlantirish markazlashtirish boshkarish pogonalari tartib haqqoniylik xodimlarning turg`unligi initsiativa xodimlarning birligi Adabiyotda, menejmentning asosiy prinsiplari sifatida asosan quyidagilar ta`kidlanadi: boshqarishda markazlashtirish va nomarkazlashtirishning optimal birligi prinsipi. huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyatlarning birligi prinsipi boshqarishni demokratlashtirish: xodimlarni boshqarish jarayonida qatnashishlari. Usul – bu tadqiqot qilish yoki ta`sir ko‘rsatish usulidir. Boshqaruv ob`ektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar: tizimli yondashuv; kompleks yondashuv; tarkibiy yondashuv; integratsion yondashuv; modellashtirish; iqtisodiy-matematik yondashuv; kuzatish; eksperement; sotsiologik kuzatuv. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling