Konchilik ishi va metallurgiya


Boshqarishning iqtisodiy usullari


Download 2.63 Mb.
bet104/237
Sana19.09.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1681463
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   237
Bog'liq
соха икти лотин 2022

Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi.Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xil bo‘ladi:

  • umumjamiyat manfaatlari;

  • jamoa manfaatlari;

  • shaxsiy manfaatlar.

Umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga e`tibor beriladi:

  • korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;

  • xo‘jaliklarni pirovard natijalarga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;

  • moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;

  • baxo,foyda, soliq, rentabellik, raqobat va h.k.

Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Boshqariluvchi ob`ektga iqtisodiy usullar orqali ko‘rsatiladigan ta`sir korxonalarni:

  • jiddiy rejalar qabul qilishga;

  • mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;

  • yangi texnologiyalarni joriy qilishga;

  • mehnat unumdorligini oshirishga;

  • raqobatbardosh mahsulotldarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiruvchi va da`vat etuvchi bo‘lishi kerak.

Boshqaruvning iqtisodiy usullari jumlasiga:

  • kredit va foiz stavkalari;

  • soliq va soliq yuki;

  • boj to‘lovlari;

  • subsidiya va sanatsiya;

  • litsenziya;

  • transfert to‘lovlari;

  • narx-navo va h.kh kiradi.

Subsidiya –bu davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘i.

Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling