Konchilik ishi va metallurgiya


Harajatlarni shakllantirishda tannarx ikki guruhga bo‘linadi


Download 2.63 Mb.
bet73/237
Sana19.09.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1681463
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   237
Bog'liq
соха икти лотин 2022

Harajatlarni shakllantirishda tannarx ikki guruhga bo‘linadi:
1. Iqtisodiy elementlar bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxi:
- moddiy harajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymatini minus holda);
- mehnat harajatlari;
- ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalar;
- asosiy vositalarning eskirishi;
- boshqa harajatlar.
2. Kalkulyasiya bilan hisoblash moddalari bo‘yicha.


8.6. Sanoat mahsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg‘i va elektr energiya harajatlarini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari harajatlarni tejash maxhsulot tannarxini pasaytirishning muhim manbalari hisoblanadi. Material, yoqilg‘i va elektr energiya harajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaxo materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarni qisqartirish kerak bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish va boshqarish uchun ketadigan harajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma`muriy-boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag‘larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. Unumsiz harajatlarni (jarima to‘lash, penya va x.k.) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni uyushtirishni yaxshilash maxsulot tannarxini pasaytirishni ta`minlovchi omil xisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti maxsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish, avtomatlashtirish, kimyolash maxsulot tayyorlash uchun sarflanadigan harajatlarni kamaytiradi.
Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari - ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o‘z aksini topadi.
Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy harajatlarni tegishli hujjatlarda o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatishdir.
Baho kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jixatdan asoslangan baxo va baxolash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri xisoblanadi.
Baho bamisoli barometr kabi bozor xolatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga ko‘yiladi.
Baho-tovar qiymatining puldagi ifodasidir.Baxoning turlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari kuyidagilardir:

  • ulgurji baholar. Ular firmalar o‘z maxsulotlarini katta xajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganligida ko‘llaniladi. Ulgurji baxo korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini koplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur;

  • chakana baholar. Ulardan tovarlami bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy shaxsiy mulk egalari do‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan baxolar kiradi. CHakana baho darajasi aholining real daromadlari bilan belgilanadi.

  • xarid baholari qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.

  • dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qo‘llaniladi.

Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifa-lari orqali ta’sir etadi.
Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfxing pulda ifodalanishi baxoni xosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lganidan narxning shakllanishida xar ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fukarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi korxonalarni tushunamiz.
Baholaming asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • ulgurji baholar. Tovarlar ko‘tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baholardan foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin.

  • chakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu baho o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi.

  • nufuzli baholar. Bu baxolardan obro‘ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda foydalaniladi.

  • dotatsiyali baholar. Bunda tovarlar davlat byudjeti xisobidan arzonlashtirilgan baxolarda olinadi.

  • davlat baholari. Bu ishlab chikaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda ko‘llaniladi.

  • mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chikariladigan tovarlarga belgilanadi.

  • milliy va jaxon baholari-alohida tovaming baynalminal harajatlari. Bunda jaxon bozoridagi talab va taklif nisbati xisobga olinadi.

  • standart baholar. Xaridor cho‘ntagidagi pulga karab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan kat’iy standart narxlar ko‘llaniladi.

  • preyskurant baholar. Bu baxolar sotuvchi uchun mo‘ljal baxo, xaridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot baho xisoblanadi.

  • ishlab chiqargan maxsulotni sotish uchun muzoqaralarga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun makbul bo‘lgan baxo ko‘rsatkichlarini aniqlashga xarakat qiladi. SHu maqsadda u baxoni uchga ajratadi. YA’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va obektiv baxo.

  • maksimal baho - (sotuvchi nuktai nazaridan) - bu muzoqaralarni shu baxodan boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir.

  • minimal baho - (ko‘shilishi mumkin bo‘lgan eng past baxo) - bu tovar narxining shunday ko‘rsatkichiki, tadbirkor muzoqaralar davomida undan tushmaslikka xarakat qiladi.

  • ob’ektiv baxo - bu, tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u yoki bu tovaming o‘rtacha baxosidir.


Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling