Konchilik ishi va metallurgiya


Download 2.63 Mb.
bet94/237
Sana19.09.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1681463
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   237
Bog'liq
соха икти лотин 2022

Innovatsiya deganda keng ma’noda yangiliklarning rentabellik (foydalilik) darajasini oshirish uchun yangi texnologiyani qo‘llash, yangi mahsulot ishlab chiqish yoki xizmat ko‘rsatish, tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni ishlab chiqish, tijorat, boshqarish va boshqa sohalarda qo‘llanishini tushunamiz.
YAngilik to‘g‘risidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi va yaratilishi hayotga tadbiq etilib keng tarqalishi, innovatsiya hayot davri deb ataladi. Olib boriladigan ishlarning izchilligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi innovatsiya jarayoni deb ataladi.
Mahsulot sifatining kompleks tizimini boshqarish metodologiyasi, mahsulot hayot davrining bosqichini tavsiya etadi:
Tadqiqot va ishlab chiqarish;
Tayyorlash;
Muomalaga chiqarish va sotish;
Ekspluatatsiya qilish va istemol.
Xalqaro amaliyot (ISO 0 004) talablariga mos ravishda mahsulotlar hayot davri kichik bosqichlarga bo‘linadi:

  1. Marketing, izlanish va bozorni o‘rganish;

  2. Loyihalash va texnologik talablar;

  3. Mahsulotni ishlab chiqish;

  4. Moddiy texnika ta’minoti;

  5. Ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab chiqish va tayyorlash;

  6. Ishlab chiqarish;

  7. Nazorat va sinovdan o‘tkazish;

  8. Montaj qilish va ekspluatatsiya;

  9. Texnik yordam va xizmat ko‘rsatish;

  10. Foydalangandan keyin mahsulotni chiqindiga chiqarish.

Korxonaning innovatsiya salohiyatimoliyaviy, kadrlar, axborotlar, moddiy-texnik resurslar, tegishli xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar majmuini tashkil etadi. Innovatsiya salohiyati korxonadagi resurslarning mavjudligi va qo‘yilgan vazifa hamda innovatsiyani joriy etish uchun uning tayyorgarligi va qobiliyatini aniqlab beradi. Innovatsiya salohiyati korxonaning ishlab chiqarish, iqtisodiy va marketing imkoniyatlarini o‘zida namoyon etadi.
Innovatsiya salohiyati korxonaning strategik maqsadlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish, texnologik va tashkiliy boshqaruv o‘zgarishlarga oid dastur va loyihalarni amalga oshirishga qay darajada tayyorgarligini ham ko‘rsatadi.
Bu o‘z navbatida yangiliklarni ishlab chiqarishda keng tarqalishiga, an’anaviy texnologiyalar o‘rnini yangilari egallash darajasiga, yangi mahsulotlar yaratish turlariga bog‘liq. Innovatsiya salohiyati korxonaning loyihalarda ishtirok etishi va uning strategik imkoniyatlari darajasini ham o‘zida ifoda etadi.
Innovatsiya salohiyatini oqilona tarkibi korxonaning tijorat strategiyasini ishlab chiqish bosqichida aniqlanadi. YUqori rahbariyat tomonidan tegishli tayyorgarlik va kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda quyidagilar hisobga olinadi:

  • korxona faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion jarayonlarning muhim indikatorlari;

  • texnologik va bozor talablarini hisobga olgan holda innovatsiyani kompleks baholash tizimi, ya’ni mahsulot va korxona raqobatbardoshligini, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash.

Tajribalar shundan dalolat beradiki korxonalarning yirik xalqaro loyihalarda ishtiroki, ularning innovatsion salohiyatini belgilab beradi.

Download 2.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling