Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi
Download 0.61 Mb.
|
Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kontexnik sharoitlari.
Rudalarning tarkibiy tuzilmasi.
Tarkibiy, mineral tarkibi va otin-tarkibli rudalarni o’rganish xar xil gorizontlarda na’munalash orqali amalga oshiriladi. O’rganishlar bo’yicha eng asosiy va foydalisi oltin rudasidir. O’lchami bo’yicha oltin bu foydali qazilma koni maydonida mayda va juda mayda ko’rinishda. Kamsulfidli rudalarda oltinning miqdori 50%dan 86 %gacha erkin ko’rinishda bo’ladi. Birgalikda uchraydigan asosiy komponet – kumushdir. Oltin tarkibli rudaning asosiy minerallaridan dalashpati (65%), kvarts (26%), gipergen minerallar (0.6%) uglerod tarkiblilar (0.5 %), sulьfidlar (5.6%) undan tashqari arsenopirit, pirit, galenit, sfalerit, sheelit va boshqalar. Oltin-kumush rudalari o’zida yarimmetall bosqichli oltinlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ularning tarkibining farqli jihatlari quyidagilarda o’z aksini topadi: A) oltin tarkibli rudalarda sulfidni yuqorilashishi sulfidli tarkibda 5%dan-38%gacha (o’rtacha 12-18 %) aksincha 1%dan -10% gacha (o’rtacha 3%dan-7%gacha); B) Temir tarkibi yuqoriligi, mishyak, oltingugurt, surma va simobning yuqori tuzilmasi; V)Kumushning oltin ustidan keskin yoki serilarli darajada ustunligi; G) Kumush qazib olishda ikkinchi komponent o’rnini egallaydi. Oltin-kumushli ruda tarkibida oltin rudasi sezilarli darajada kam (14%dan 42.9%gacha) ayrim hollarda (55.4%dan 49.3 %gacha). Oltinning miqdori asosan sulfidli rudalarda o’zgaradi 17.4 gacha. Tabbiy xoldagi oltin donachalari kam hollarda uchraydi, ular arsenopirit, ayrim hollarda kvartslarda, piritlarda, fsaleritlarda, galeritlarda uchrashi mumkin. Ushbu donachalarning o’lchamlari bir necha mikrondan 0.1-0.25 mmgacha va undan xam mayda o’lchamlarda bo’lishi mumkin. Kumush minerallaridan ko’ tarqalgani kumush-simob, oddiy sulfid va boshqalar hisoblanadi. Ushbulardan ko’p tarqalgan minerallar safiga tabbiiy kumush, kerargirit, tellurid, oddiy sulfidlar kiradi. 2.KON-TEXNOLOGIK BO’LIMKontexnik sharoitlari. Yuqori bo’limlarda ko’rsatilib o’tilganidek ruda tanalari asosan tomirsimon va chiziqli mineral zonalarda o’z aksini topadi. Texnologik tarkibga ko’ra rudalar oltin tarkibli va oltin-kumush tarkibli rudalarga bo’linadi. Qo’shilma rudalar sifatida kvarts-slyudali slanetslar va rogovik, granosianit, siantlardir. Buzilishlar ikki ko’rinishda tarkib topgan: bo’ylama-parallel va dioganalli Strukturaviy-tektonik sharoitlarini analiz va tuman seysmologiyasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, tektonik qisilishlar va cho’zilish kuchlari tog’ jinslarida strukturaga perependikulya, ya’ni yo’nalish bo’ylab. O’rganishlar natijasida foydali qazilma koni maydonida 5 ta yer yoriqlari tizimi bor va ular jadvalda keltirilgan:
Paydo bo’lishiga qarab bu yer yoriqlari asosan tektonikdir. Ular ko’ndalang va diagonal ko’rinishda.Tog’ jinslari va rudalar asosan kam darzli, ko’p darzli, ko’p darzli tog’ jinslari asosan yer yoriqlari zonalarida uchraydi. Ularning kon lahimlaridagi ulushi 10-15%dan oshmaydi. Kon lahimlarining potentsial mustahkamlik koefitsienti hisobi shuni ko’rsatadiki, 200-250 metr chuqurlikdagi monolit jinslar mustahkam hisoblanadi, ularning koefitsienti 3dan yuqori. Maydalanish va yer yoriqlari xududida kon lahimlari mustahkamligi noturg’un va kamturg’un turiga kiradi. Ularning koefitsienti ko’rsatchiki 1dan 2.5gacha. Noturg’un tog’ jinsli 10, 10a, 7, 27, 15, 26 ruda tanalari bo’lib, turg’unlari esa 1, 1a, 11, 13, 14, 3, 5, 8 ruda tanalaridar. Oltin tarkibli rudalarning hajmiy massasi 2.7-2.7 t/m3, oltin-kumush rudalarining asosiy farqlanishi 3,1 t/m3, farqlanishi esa 2.8t/m3ni tashkil etidi. Rudalarning maydalanish koefitsienti 1.5-1.7 surilish, sel bosishi, notekisliklar foydali qazilma koni maydonida kuzatilmaydi. Kremneziyning tarkibi rudalarda 10% 60-80% gacha yetadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling