Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi


Umumiy ish tashkil etilishi. Kar’er ish unumdorligi va ishlatilish vaqti


Download 0.61 Mb.
bet6/26
Sana24.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1294144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uc

Umumiy ish tashkil etilishi. Kar’er ish unumdorligi va ishlatilish vaqti.
Kar’erda mumiy ish tashkil etilishi SHimoliy kon boshqarmasi Zarmitan rudnigida qabul qilingan ish rejimiga asosan qabul qilingan va quyidagicha:

  • yillik ishchi kunlar soni - 340;

  • sutkadagi ishchi smenalar soni - 2 smena;

  • smena davomiyligi - 12 soat.

Ishchi hafta uzluksiz bo’lib, haftasiga ishchilar uchun bir dam olish kuni belgilangan.
Ish hajmining kamligidan kelib chiqib ikki haftada bir marta portlatish ishlarini olib borish ko’zda tutilgan.
Kar’erning ishlab chiqarish strukturasi bajariladigan funktsional ishlarga qarab quyidagicha qabul qilingan jadval 3.2.
Jadval 3.2.

№№ p/p

Uchastkalar

Yillik ishchi kunlar soni kun/yil

Sutkadagi smenalar soni smena/sutka

Smena davomiyligi,
soat

1

Burg’ilash

340

2

12

2

Portlatish

340

1

12

3

Ekskavatsiya

340

2

12

4

Otval

340

2

12

Kar’erning yillik ish unumdorligi boshqarmaning ishlab chiqarish quvvatidan, Zarmitan koni zahiralari va kon-texnik sharoitlardan kelib chiqib aniqlanadi yiliga 4680 ming t. ruda qilib belgilangan.


Kar’erning sulfidli rudalar bo’yicha loyihaviy quvvatiga yetish vaqtida oksidlangan rudala to’liq qazib olingan bo’ladi. Loyihaviy quvatga chiqish 7 yil davomida erishiladi, konni ishga tushirish va so’nish davrini e’tiborga olsak kar’erda qazish ishlari 15 yil davomida amalga oshiriladi. Kar’erning qoplama tog’ jinslari bo’yicha yillik ish unumdorligi normal ish frontini va qazishga tayyorlangan tog’ jinslari miqdoridan kelib chiqib 4130 ming. m3 qilib belgilangan. Qoplama tog’ jinslariga 3520 ming m3 miqdordagi keraksiz tog’ jinsi va alohida joyda to’dalanadigan 610 ming m3 ya’ni 1706 ming tonna nokonditsion ruda kiritilgan.
SHunday qilib kar’erning yillik ish unumdorligi quyidagicha qabul qilingan:
-sulfidli rudalarni qazib olish bo’yicha– 530ming. t. .1400 ming m3;
-qoplama tog’ jinslari bo’yicha – 4370 ming. m3;
-kon massasi bo’yicha – 4900 ming. m3.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling