Konchilik soxasida ishlab chiqarish sanitariyasi talablari bilan tanishish. Ishlab chiqarish sanitariyasi
Ishlab chiqarish - maishiy binolar
Download 56.65 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yordam
Ishlab chiqarish - maishiy binolar
Ochiq konlarda va otvallarda ochiq havoda ishlaydiganlar uchun ish joyidan 300 m dan uzok bо‘lmagan masofada joylashgan dam olish va ovqatlanish uchun maxsus xonalar bо‘lishi lozim. Kо‘rsatilgan xonalar stollar, suyangichlar, bet-qо‘l yuvgich sovun bilan, ichimlik suvi favvorasi (suv quvuri bо‘lsa) yoki ichimlik suvi tо‘ldirilgan idish, yuqori kiyim ilgichlarga ega bо‘lishi kerak. Qishda ishlab chiqarish-maishiy xonalarida havoning harorati + 20 S dan kam bо‘lmasligi kerak. Ekskavatorlar, burgilash dastgohlari va boshqa mexanizmlarning kabinalari isitilgan, xavfsiz isitish moslamalari, zaruriyat tugilganda esa sovutgichlar va filt ventilyatsiya qurilmalari bilan jixozlangan bо‘lishi lozim. Tibbiy yordam Har bir ochiq konda yoki yaqin joylashgan ochiq konlar (korxonalar) guruhida birinchi tibbiy yordam bо‘limi tashkil etilishi kerak. Tibbiy bо‘limni tashkil etish va jiо‘ozlash sogliqni saqlash mahalliy organlari bilan kelishiladi. Soni 300 kishidan kam bо‘lgan ochik konlarda ishchilarga tibbiy xizmat kо‘rsatish yaqindagi tibbiy muassasasi tomonidan tashkil etilishi mumkin. Ochiq konlarning ishlab chiqarish-maishiy xonalarida, sexlarida, ustaxonalarida, asosiy kon-transport mashinalari kabinalarida va toza garderob xonalarida dorilar va tibbiy vositalar tо‘plami bilan jamlangan birinchi tibbiy yordam aptechkalari bо‘lishi kerak. Barcha uchastkalarda, yer snaryadlarida va sexlarda jaroxatlanganlarni tibbiy bо‘limga olib borish uchun zambillar bо‘lishi lozim. Jarohatlanganlarni yoki ishda tо‘satdan ogrib qolganlarni tibbiy bо‘limdan davolash muassasasiga olib borish uchun sanitariya mashinalarining navbatchiligi tashkil etilishi kerak, ulardan boshka maqsadlarda foydalanishga ruxsat etilmaydi. Sanitariya mashinasida qish faslida jarohatlanganlarni tashish uchun zarur bо‘lgan issiq kiyim va kо‘rpa (odeyalo) bо‘lishi kerak. Ochiq konda bir smenada ishlaydiganlarning soni 1000 tagacha bо‘lsa 1 ta, 1000 dan ortiq bо‘lsa 2 ta sanitariya mashinasi bо‘lishi kerak. Birinchi tibbiy yordam bо‘limi telyefon aloqasi bilan, ochiq konda radioaloqa tizimi mavjud bо‘lsa, qо‘shimcha ratsiya bilan ta’minlanadi. Smenadan oldin va keyin ishchilar sogligi holatining tibbiy nazorati yuqori xavfi bо‘lgan kon-transport jihozlariga xizmat kо‘rsatish bilan bogliq kasblar uchun amalga oshirilishi kerak. Bunday kasblarning rо‘yxati kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishilgan holda korxona ma’muriyati tomonidan aniqlanadi. Download 56.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling