σby – zo’riqtirilgan xomutlar, qiya armatura, mahalliy yuklar va tayanch reaksiyasidan element bo’ylama o’qiga normal yo’nalishda betonda vujudga keluvchi siquvchi kuchlanish;
τb – qovurg’a betonidagi urinma kuchlanish.
(3.55) formulaga cho’zuvchi kuchlanishlar «plyus» ishorasi bilan, siquvchilari esa – «minus» ishorasi bilan qo’yiladi. Cho’zuvchi bosh kuchlanishlarning chegaraviy maxσmt qiymatlari QMQ 2.05.03-98 bo’yicha siquvchi bosh kuchlanishni betonning siqilishdagi hisobiy qarshiligiga nisbatiga σms/Rb,ms2 bog’liq holda qabul qilinadi. Shu o’rinda σts≤Rb,mc2 shart bajarilishi kerak. Тo’sinlar qovurg’asi betonidagi urinma kuchlanishlar ham quyidagi chegaraviy qiymatlaridan oshmasligi kerak:
(3.56)
bu yerda τq – tashqi yuk hamda oldindan zo’riqtirishdan vujudga keladigan ko’ndalang kuchdan sodir bo’ladigan urinma kuchlanish;
τt – xuddi shunga o’xshash, faqat buralishdan;
tb6 – betonning ko’ndalang siqilishi ta’sirini e’tiborga oladigan koeffitsiyent;
Rb,sh – betonning egilib yorilishdagi hisobiy qarishiligi.
Zo’riqtirilgan to’sinlar qovurg’alari yoriqlarining ochilishiga hisobi quyidagi formula bo’yicha bajariladi:
(3.57)
bu yerda σs – qovurg’alarning ko’ndalang va bo’ylama armaturalaridagi cho’zuvchi kuchlanish;
Еs – armaturaning elastiklik moduli;
Do'stlaringiz bilan baham: |