Konduktometriya. Usulning mohiyati. Konduktometrik titrlash Nazariy asoslari va tasnifi


Yuqori chastotali konduktometriya


Download 0.54 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1572955
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzuKonduktometriya

Yuqori chastotali konduktometriya

Yuqori chastotali titrlashda qo’llaniladigan yuqori chastotali konduktometriyada (ostsillometriyada) yuqori chastotali elektr toki (megagerslarda) ishlatiladi. Yuqori chastotali titrlashda yacheykadagi elektrodlar analiz qilinadigan eritma bilan tutashmaydi. Bunday yacheykalarning ikki turi mavjud: sig’imli va induktivli. Sig’imli yacheykalardan foydalanishda (bundan keng foydalaniladi) eritma solingan yacheyka kondensatorning ikki metall qoplamasi orasiga joylashtiriladi. Titrlash jarayonida qator chastotasining o’zgarishi o’lchanadi. Induktiv yacheyka elektromagnit g’altagi (katushkasi) ichiga joylashtiriladi. Titrlashda induktivlik qiymatining o’zgarishi kuzatiladi. Sig’imli yacheykalar nisbatan past elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan eritmalar bilan ishlashda, induktiv yacheykalar esa yuqori elektr o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan eritmalardagi o’lchovlari amalga oshirishda qo’llaniladi.


Yuqori chastotali titrlash suvli va suvsiz eritmalarda (sirka kislota, dimetilformamid, atseton – suv, dioksid – suv va hokazo) o’tkaziladi. Muzlatilgan sirka kislotada nitrat kislota ishtirokida xlorid kislotani, hamda alkoaloidlar, antibiotiklar va boshqa dorivor moddalarni aniqlash mumkin.


Tutashmagan konduktometrik usullarda bevosita elektr o’tkazuvchanlik o’lchanmasdan, uning hosilasi – tok kuchi o’lchanadi. Keyingi yillarda yuqori chastotali konduktometriya usuli rivojlandi. Bu usulning qulayligi elektrodlar eritmaga botirilmaydi, balki yacheyka tashqarisida bo’ladi. Bu esa zaharli moddalarni va yopiq (ampula kabi) idishlardagi eritmalarni ham analiz qilish imkonini beradi va bu juda muhimdir. Yuqori chastotali usulda titrlaganda titrlash egri chiziqlarining ko’rinishi elektrodga beriladigan tokning chastotasiga va titrlanadigan moddning konsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Yuqori chastotali titrlash maxsus titratorlar (TV–6, TV–6L lar) yordamida amalga oshiriladi.


Yuqori chastotali konduktometriyaning yutuqlariga juda past va juda yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan eritmalarni analiz qilish imkoniyatini kiritish mumkin. Elektrodlar eritmadan tashqari bo’lgani uchun ularning qutblanishi ro’y bermaydi. Usuldan juda agressiv (zaharli va badbo’y hidli) muhitlarda hamda yoniq tizimli sharoitlardagi (masalan, trubalar, ma’lum chuqurliklarda) analizlar jarayonlarda foydalanish qulay. Odatdagi konduktometriyaga taqqoslanganda yuqori chastotali konduktometriyaning asosiy kamchiligi jihozlar va asbob – uskunalarning narxi qiymatligidadir.





Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling