Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet136/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
144 
kelayotgan buxorolik savdogarlarning yo‘lda Ko‘chimxon tomonidan ushlab qolinganligi
haqidagi habarni olishi bilanoq, ularni o‘z tomoniga og‘dirish maqsadida darxol yo‘lga 
otlanadi . Shu vaqtda Vagay daryosi atrofida pistirmada turgan Ko‘chimxon Ermakka 
hujum qilib uni tor-mor etadi. Ermak yarador holda Irtish daryosiga cho‘kib halok bo‘ladi. 
Bu voqea 1584-yil avgust oyida bo‘lgan edi. Keyinchalik Sibir xonligida yirik kuchlar 
chiqmaganligi natijasida Rus davlati tomonidan bosib olindi. 1586-yilda Tyumen shahri 
barpo etilib , Ob-Irtish havzasini yani Ural oraqasiga boradigan yo‘llarni egallash hamda 
savdo qilish huquqini bergan. 1587-yilda Isker yonida vujudga kelgan Tobolsk shahri esa 
Tinch okeani tomon boradigan suv yo‘llarini zabt etishda muhim ahamiyat kasb etgan. 
Shunday qilib Sibir bosib olib Rus davlati hududi Tinch okeanigacha kelgan edi. 1596-yilda 
Feodor Ivanovich Tyumen voevodasiga maxsus farmon yubordi. Unda ― Buxoroliklarni 
qilich, qalqon va boshqa urush qurollari bilan savdo qilishga ruxsat berilmasligi bayon 
etilgan, lekin bunday tadbirlar buxorolik savdogarlarning savdo qilishlariga hech qanday 
to‘sqinlik qilmagan holda o‘tkazilishini buyurilga
13
‖ . Yuqoridagi qaror Rus podshohligi 
bosib olgandan keyin ham Sibirning o‘zbek xonliklari bilan aloqasini yaxshilashga harakat 
qilinganligiga guvoh bo‘lamiz. Tarixchi G.F.Millerning ko‘rsatishicha, Kuchumxon vaqtida 
kelgan buxoroliklar ―Sibirda o‘rnashib qolishni boshlab berganlar. Lekin dastlabki 
kelgidilardan juda kam avlod qolgan. Tobolsk, Tyumen, Tara va Tomsk shaharlarida 
yashovchi juda ko‘pchilik buxoroliklarning aytishicha, ularning ajdodlari Sibirga keyinroq, 
bu yerda ruslar hukmron bo‘lib olgan davrlarda ko‘chib kelishgan‖. Keyingi davrlarda 
xonliklarda o‘zaro urush holatlari kuchaydi. Bu esa savto-sotiqqa o‘z ta‘sirini o‘tkazmasdan 
qolmadi. Urushlardan tashqari hukmdorlarning uzoqni o‘ylamay joriy qilgan islohotlari ham 
savdo hunarmanchilik sohasini sinishiga olib keldi. Natijada o‘lkadan ko‘plab aholi tinch va 
o‘zi uchun yaxshi sharoit yaratilishi mumkin bo‘lgan hududlarga ko‘chib keta boshladi. 
Masalan Afg‘oniston, Eron , Iroq va Arabiston hududlari shuningdek Rus podsholigidagi 
Sibir . Rus hukumati Sibirga buxorolik savdogarlarni ko‘proq jalb qilish uchun ularga bir 
qator imtiyozlar joriy qildi. 1645-yilda Sibirga o‘rnashgan buxoroliklarning Sibirdan 
Qozon, Astraxan, Arxangelsk kabi shaharlarga bemalol borishlari va savdo-sotiq qilishlari 
uchun ijozat berildi. Hamda bu joylarda buxorolik savdogarlarga kema, ot-aravalarni darhol 
tayorlabberish va ularning xavfsizligini ta‘minlash to‘g‘risida mahalliy hokimiyatga farmon 
yuborildi. 1645-yilgi farmon 1686-yilda yangidan tasdiqlandi : ―Rus shaharlari Qozon
Astraxan, Pomorsk va Arxangelskka savdo uchun boruvchi Tobolskdagi buxoroliklarga 
shahar va voqevodaliklarda zarar keltirmasin, ular yo‘lda uchlab qolinmasin,sud qilinmasin, 
ularni qarzga botirishga vatalanilishiga yo‘l qo‘yilmasin, buxoroliklar tezda o‘tkazib 
yuborilsin, ularga ot-aravalar topib berilsin, shaharlarda buxoroliklarni ushlab qolish
haqorat qilish kabi xolatlarga yo‘l qo‘yilmasin, ularga zarar yetkazilmasin‖. Bu farmondan 
tashqari , Sibirdagi buxoroliklardan soliqlar hamda ularning yerlaridan davlat uchun 
olinadigan don yig‘imini olmaslik haqida Sibir mahalliy hokimiyatlariga maxsus farmonlar 
berildi. Tegishli xujjatlarga qaraganda buxoroliklar oldin ham soliq to‘lamaganlar. Ammo 
mahalliy ma‘muriyat buxoroliklardan soliq ola boshlagan. Shuning uchun buxoroliklar Rus 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling