Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 145 hukumatiga murojaat qilganlar va hukumat ularning soliqlardan ozod ekanligini rasmiy suratda tasdiqlagan. 14 Sibirga ko‘chib kelgan toshkentlik yoki xivalik fuqarolar ham umumiy nom bilan buxorolik deb atalgan. Sibirdagi toshkentlik va buxoroliklar esa g‘ayrirasmiy ravishda ―sart‖ deb ham yurgizilgan. Odatda Sibirga òrnashuvchi buxorolik va toshkentlik rus imperatoriga ariza berishlari lozim edi. 1791-yilda qòqonlik Bozorboy Niyozmuhamedov Tobolskka òrnashish tartibi quyidagicha bòlgan edi: «Men Qòqon xonligidagi Qòqon shahrida yashovchi Bozorboy Niyozmuhamedov hazrati oliylari hokimi mutlaq uluģ imperator Yekaterina Alekseyevnadan quyidagilarni iltimos qilaman: Men avliyo Pyotr qala'siga (Petropavlovsk) keldim va u yerdan turli savdogarlardan bildimki, Siz imperator oliy hazratlarining imperiyangizda chet el kishilari qabul qilinar va ularga savdo qilish uchun haq-huquqlari va imtiyozlar berilar ekan, shuning uchun men ham, albatta, Siz imperator oliy hazratlarining Butunrossiya ahlingiz qatorida bòlishni Tobolsk shahrida istiqomat qilishni istayman. Siz imperator oliy hazratlari shu iltimosimga muvofiq , men, qulingizni Butunrossiya ahli qatoriga qòshishingizni va Tobolsk shahrida istiqomar qilishga ruxsat etishingizni sòrayman». Petropavlovskda yozilgan bu ariza Sibir liniyasining boshliģi general-mayor Shtardmanning bunhaqdagi ahboroti bilan birgalikda Tobolsk mahkamasining yiģilishida kòrib chiqildi va bozorboy Niyozmuhamedovning iltimosi qondirildi. 1788-yilda qashqarlik Soli Asimovning shu tarzda Taraga òrnashganligi haqida ham ma'lumot bor. Soli Asimov ham Sibirda buxoroliklarga berilgan imtiyozlarni eshitib , Rossiya taabaligiga òtish istagini bildirgan va rus imperatoriga ariza bergan. U òz arizasida boshqa buxoroliklar singari, pichanzor va òrmonzorlardan foydalanishga ham ijozat berilishini sòragan» . Sibirga òrnashgan buxorolik va toshkentliklarga uy-joy qurish va yer egallash kabi imtiyozlar berilgan bòlib , bu , shubhasiz, ular sonining kòpayishida muhim ròl òynagan. Yana shuni aytish mumkinki Sibir linyasiga Òrta Osiyoninv boshqa shaharlaridan kelgan kishilar ham òrnashgan. Jumladan, 1792-yilda namanganlik Tursunmamat Niyozov, 1795-yilda buxorolik Obidxòja Ashurov, 1833-yilda Buxoroning Ğijduvon tumanidan kelgan Hisomiddin Xolidov oilasi bilan Sibir liniyasiga òrnashganlar. Tyumendagi buxoroliklarning umumiy soni (1781 yil) 1-jadval Qishloqlar Erkaklar soni Ayollar soni Jami Oqyor 72 100 172 Malyor 33 35 68 Tarxon 6 12 18 Emboyev 272 253 525 To‘rayev 179 168 347 Kasqora 48 50 98 Yasovul 18 17 35 Shikchin 9 15 24 Andreyev 9 7 16 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling