Konferensiyasi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
- KO‟RA JOYLASHISHI HAMDA IMTIYOZLARI Komiljonova Nozima Avazbek qizi
- Annotatsiya
- Kalit sòzlar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Sharafiyeva N. Xorshunoslik. G‗.G‗ulom nomidagi adabiyot va san‘at nashriyoti. T., 1987. 2. Ro‗ziyev Sh. Xorshunoslik G‗.G‗ulom nomidagi adabiyot va san‘at nashriyoti. T., 1987. 3. Sharafiyeva N. Xor sinfi. T., 2005. 4. Jumayeva L.X. O‗zbek xor musiqasi tarixidan. T., 2000. 5. L.Djumayeva, N.Sharafiyeva Xor sinfi va Kamer xor. T., 2017. “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 143 O‟ZBEK XONLIK VA AMIRLIK AHOLISINING SIBIRGA O‟Z XOHISHIGA KO‟RA JOYLASHISHI HAMDA IMTIYOZLARI Komiljonova Nozima Avazbek qizi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Sibirdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va uning Sibir iqtisodiga ta‘siri. Sibirda shayboniylar ta‘sirining kuchayishi va ularning hokimiyatdan ketishi. Rus podshohligi qaramog‘iga o‘tgandan so‘ng Sibirni iqtisodiy tomondan yaxshilash maqsadida Rus hukumatining buxorolik savdogarlarni keng ko‘lamda ko‘chib kelishi uchun sharoit va imtiyozlar yaratilishi hamda uning natijalari yoritiladi. Kalit sòzlar: Tatar, boshqird, vagul, xanti , voevoda, taabalik, impertor, Sibir liniyasi, Isker, Tyumen, Petropavlovsk, Tara, sart, buxorolik, xivalik, toshkentlik, savdogar, imtiyoz. Sibir Oltin O‘rdaning eng chekka o‘lkasi hisoblanib XIV asrning 20-yillarida Taybug boshchiligida tatarlarning Tyumen xonligi tashkil topgan edi. 1413- yilda shayboniylar xonlikni qo‘lga kiritib , hukmronlik qilganlar. Ayniqsa bu davlat Abulxayrxon davrida kuchayib ,chegarasi O‘rta Osiyogacha borib yetdi. 1530-yilda hokimiyat yuqorida tilga olingan Taybuga sulolasining qo‘liga o‘tdi. Sibir xonligi Irtish va Ob daryolari atrofidagi joylar kirib , shimoli g‘arbda Ural va Perm yerlari , g‘arbda Qozon xonligi, janubi-g‘arbda Ural va No‘g‘ay O‘rdasi , janubda Irtish daryosining yuqori oqimi va Om arig‘i , janubi- sharqda Barabin dashti bilan chegaradosh bo‘lga 12 . O‘lkaning tub aholisi tatar , boshqird, vagul, komil , xantilardan iborat bo‘lgan. Sibir xonligi shayboniylar xonadoniga mansub Ko‘chimxon qo‘liga o‘tgach Buxoro xonligiga tayanib o‘z xavfsizligini ta‘minlashni asosiy vazifa qilib qo‘ygan edi. Sibir xonligida ahvol og‘ir bo‘lib , Astraxan va Qozon xonligini bosib olgan Rus davlati hamda mahalliy tatar yuqori tabaqa vakillari unga xavf solmoqda edi. Bu esa xonlikni tez muddatda mustahkamlash zarurligini ko‘rsatardi. Lekin bunga Sibir aholisining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoloqligi to‘sqinlik qilgan. Sibirda ishlab chiqarishni qoloqligi davlat apparatini , jumladan, harbiy, ro‘xoniy zodagonlarini va umuman xonlikni kiyim-kechak, qurol-aslaha, oziq-ovqat, zebi-ziynat va boshqa mollar bilan yetarli darajada ta‘minlay olmas edi. Bu ehtijoylarini faqatgina o‘zbek xonliklarigina qondirishi mumkin edi shuning uchun ham Buxoro xonlikni yagona ittifoqchisi va homiysi bo‘lib qoldi. Buxorodan keladigan karvonlarning ahamiyati Ko‘chimxonga qarshi kurashgan Ermakning taqdirida ham yaqqol ko‘rinadi. Ermak Iskerga (Sibir xonligi poytaxti) o‘rnashgan paytda aholi orasida turli kasalliklar avj olib, ko‘p odamlar halok bo‘ladi. Ermakning harbiy quvvati kundan-kunga zaiflashadi. Ayniqsa oziq-ovqat, kiyim- kechak, gazlama va boshqa molar bilan ta‘minlayotgan o‘zbek xonliklari bilan aloqani uzilib qolishi ahvolni yanada yomonlashtirib yuboradi. Shu bois 1584-yilda Sibirga 12 “Россиянинг Козон Астрахан, Сибир, Кирим , Кавказ ва Туркистонга тажовузи ва хукмронлигига карши курашлар” Тошкент. 2012 56- бет. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling