Xix asrda qo’qon xonligi va rossiya o’rtasidagi diplomatik aloqlari


Download 23.47 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi23.47 Kb.
#1623660
Bog'liq
Hujjat (2)


XIX ASRDA QO’QON XONLIGI VA ROSSIYA O’RTASIDAGI DIPLOMATIK ALOQLARI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI 2-KURS MOXT TALABASI
XUDOYBERDIYEV NAVRO’Z TOSHPO’LAT O’G’LI

Annotatsiya:


Kalit so’zlar:Olimxon,Umarxon, Qulmamat Mamadiyorov, Nerpin, Mojatinov, Sulton Bukay, Lavrov, I.A.Veydemeyr, Graf Rumyansev, Petropavlovsk, Shukurbek, Orenburg, Omsk, Glaznep, Filipp Nazarov, Soatbek Sultonbekov, G’aniyat Xo’ja Zulfiqorov,Xonkeldi Boboxonov, Yo’ldoshboy Mirjonov.



Qo’qon xonligining chor Rossiyasi bilan aloqalari o’zining murakkab va o’ta mazmunli tarixiga ega.Mahalliy manbalardan “Muntahab ut-tavorix”(Muhammad Hakimxonniki), ”Tarixi Aliquli Amirlashkar”(Toibniki), “Hulosat ul-ahvol”(Abu Ubaydulloh Toshkandiy) asarlarida hamda arxiv va mavjud adabiyotlarda bu mavzu keng yoritilgan. Hammamizga ma’lumki,1709-yili Farg’ona Buxoro amirligidan ajralib chiqdi,o’z mustaqilligini e’lon qiladi.Sekin asta o’z hududini kengaytira boshlaydi.Olimxon 1805-yilda o’zini xon va davlatini Qo’qon xonligi deb e’lon qiladi.Endilikda qo’shni davlatlar bilan,shu jumladan Rossiya bilan ham,do’stlik aloqalarini va xalqaro savdoni yo’lga qo’yish maqsadida diplomatik munosabatlarni o’rnatishga harakat qila boshlaydi.Qo’qon xonligi bilan shug’ullangan o’zbekistonlik tarixchilar Olimxon (1800-1810)va Umarxon (1810-1822) davrlarida Qo’qon-Rossiya diplomatik munosabatlar rivojlanganligiga e’tibor berganlar.F.G’afforov qisqa bo’lsa ham o’zining “Qo’qon xonligining Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari tarixi”ga bag’ishlangan tadqiqotlarida Qulmamat Mamadiyorovning birinchi elchi ekanligi haqida ma’lumot bergan.U Qo’qon xoni Olimxon Toshkent shahrini 1809-yilda bosib olganidan keyin Rossiya bilan aloqa o’rnatishga intilganligi yozadi.
Lekin F.G’afforov Qo’qonligining Olimxon davrini yoritishda bitta xatoga yo’l qo’yadi.1810 yili Rossiya hukumati rus savdogarlari va sanoatchilarni o’ylab,O’rta juz qozoq sultonlaridan birini Qo’qonga yuborib,xonni ruslar bilan do’stlik munosabatlarini o’rnatishga da’vat etgan.
Rossiyaning Tashqi siyosati arxivida saqlanyotgan 1805-yilgi hujjatlarida yozilishicha Turkistonga Rossiyadan kelgan Nerpinning ish yurituvchisis (prikazchigi – V.I.) Mojatinov rahbarligidagi savdo karvoni haqidagi ma’lumotni olgan Olimxon ruslar bilan savdo va do’stlik munosabatlarini o’rnatmoqchi bo’lganligi aytilgan.Olimxon Sulton Bukayga xat yozib,rus savdogarlariga hamroh bo’lib,savdogarlarni Qo’qonga olib kelishini so’raydi.Sulton Bukay Olimxonga general Lavrov va rus savdogarlari bilan gaplashib ko’rishga va’da beradi.Sulton Bukay o’z javobida karvon yo’li tog’u toshlar orasidan o’tishi.qozoq juzlari tomonidan xavf borligini aytadi.Ushbu yo’lning Toshkent orqali o’tishini ham aytib o’tadi.Olimxonga Toshkent begi bilan yarashish kerakligini takidlaydi.Ana shundan keyin savdon karvonlari bexatar yo’lga chiqishi mumkinligini aytadi.
Rossiyaning Tashqi siyosati arxivida saqlanyotgan noyob hujjatlariga qaraganda,Sulton Bukayning o’g’li G’ozi Sulton Olimxonning iltimosini yozma ravishda I.A.Veydemeyrga yetkazadi.So’ngra Rossiya savdo vaziri Graf Rumyansev bundan xabardor bo’lgach,Sibir infanteriyining inspektori general-mayor Lavrovga ko’rsatma berib,rus savdogarlarini bu ishga jalb qilib,Qo’qonga yuborishni maslahat beradi.Olimxon 1805-yilda Toshkent,Qozoqiston janubiy hududlari va Turkistoni bosib olishidan maqsad Qo’qon-Rossiya munosabatlariga to’sqinlik qilganligi uchun degan xulosaga kelamiz.Sababi bizga ma’lumki Rossiya savdogarlari xavf-xatarsiz yetib kelishi kerak edi.
Ayni vaqtda rus savdogarlari savdogarlariga Qo’qon davlati haqidagi ma’lumotlarni va u yerdagi savdo-sotiq holatini aniqlab kelish topshriladi.Bu esa Rossiya savdo maydonini kengaytirishga yordam berish mumkinligini ta’kidlaydi. Olimxon shu davrdan boshlab Toshkentdan G’arbiy Sibir orqali rus davlatiga boradigan karvon yo’llari orqali Qo’qon elchilarini rus davlatiga yuborishga harakat qilgan. Polkovnik Strukov chor hukumatiga yuborgan raportida Qo’qon xoni Olimxon Toshkent orqali Rossiya bilan o’rtadagi aloqalarini darhol bog’lab kengaytirishga harakat qilayotganligi haqida yozgan edi.
O’z navbatida Rossiya imperiyasi ham Qo’qon xonligi bilan aloqa o’rnatishdan manfaatdorligi haqida arxiv ma’lumotlari mavjud.Rossiya bilan aloqalarni rivojlantirish uchun Qo’qon xoni Olimxon Toshkentdan Rossiyaga qaytayotgan rus savdogarlari bilan birgalikda toshkentlik Rahmatullaboy boshchiligida o’z elchilarini Petropavlovskga yuboradi.
1810-yilda Sibir liniyasi boshlig’i general-letenant savdo-sotiqni rivojlantirish taklifi bilan Qo’qonga Sulton ismli o’rta juz sultonlaridan birini yuboradi. Glaznepning o’zaro savdo aloqalarini yanada rivojlantirish haqidagi taklifi Qo’qonda xayrixohlik bilan qabul qilib oladi.O’rta Osiyoda yirik xonlik hisoblangan Qo’qon Bozolarida Rossiya mollariga talab kuchli edi. Rossiyada Qo’qon xonligi mollari uchun ham bozor mavjud edi.1811-yil aprel oyida Sibir orqali tarjimon Mamadiyarov boshchiligidagi rus vakillari Toshkentga tashrif buyurishadi.Toshkentda 11 kun turganlaridan so’ng Qo’qonga o’tib ketadilar.
Rus elchilari Qo’qon xonligi bilan elchilik munosabatlarini jonlantirish va savdo aloqalarini kuchaytirish taklifi bilan kelgandi.Bular savdoga doir masalalarni o’zaro kelishib olish uchun Qo’qon xonidan Rossiyaga elchilar yuborishini so’raganlar. Rus elchilarining taklifiga binoan 1812-yilda Qo’qon xoni Umarxon Shukurbek Otaliq boshchiligidagi o’z elchilarini Rossiyaga yuboradi.1812-yil fevral oyida Peterburgda Qo’qon elchilarini rus imperatori qabul qiladi.Elchi boshlig’i Shukurbek o’z xoni nomidan imperatordan Sibir shaharlari orqali o’zaro savdoni kengaytirish va xonlik savdogarlarini Rossiya shaharlarida erkin ravishda savdo-sotiq qilishlariga ruxsat berishini so’ragan.Petropavlovsk,Omsk va Semipalatinskda yashovchi qo’qonliklarning uylariga harbiy kishilar qo’yishni to’xtatishni talab qiladi.Yana shunday ma’lumotlar bor unga ko’ra Orenburgda Shukurbek Otaliqning o’ldirilishi va hokim tomonidan unga xun talab qilganligi haqidagi hujjatlar bor. Qo’qon xonligi Sankt-Peterburgga elchi yuborishadi va yaxshi qabul qilishadi.Lekin yurtlariga qaytayotganida ulardan biri kasal bo’lib,yo’lda vafot etadi.Ikkinchisi esa Petropavlovskda rus qochqini tomonidan o’ldiriladi.1813-yil 14-iyulda Omsk qal’asining boshlig’i general-leytenant Glazanepga xat yuborib bu voqeadan noroziligi,o’ldirilgan elchi uchun xun talab qiladi.Bazi manbalarda 1813-yilda Qo’qon xonligiga rus elchilari tashrif buyuradi.Biroq,elchilarining kim ekanligi,maqsad va vazifalari haqida hech narsa deyilmagan.Rossiyalik tarixchi N.Xalfinning “Россия и ханства Средней Азии” kitobida yozishicha Qo’qon elchsi o’ldirilishi va davlat aloqalarini tiklash uchun Filipp Nazarovni yuboradi. H.N.Bobobekov “Народные движения в Коканд ском ханстве и их социально-экономические и политические предпосылки”nomli monografiyasida 1813-yili general-leytenant Glazanep topshrig’iga binoan F.Nazarov yuborilganligi va shu orqali nizo bartaraf etilganligini takidlaydi. N.Xalfinning aytishicha Filipp Nazarovdan keyin XIX asr 20-yillarining oxirigacha Qo’qondan Rossiyaga birorta elchi yubormagan. 1822-yili Qo’qon xoni Muhammad Alixon davrida Rossiyaga yuborilgan elchilarining birontasi qabul qilinmagan.1825-yilda elchi bo’lib borgan Soatbek Sultonbekov shunday deb yozadi,”bundan uch yil avval Hazrati oliylari imperatorga maktub bilan yuborilgan qo’qonlik elchilarni qabul qilmay qo’ydi.Yo’llarda esa qozoqlar toshkentlik savdogarlarni talaganlar.Bu ahvoldan Qo’qon xoni ranjigan,ruslardan barqarorlik so’raganlar.Ammo aniq javob bo’lmagan va elchilar Semipalatinskdan vatanlariga qaytishga majbur bo’ladi”.Bu faktlar H.N.Bobobekov asaridan keltirilgan. F.G’affarovning tadqiqotlaridagi ma’lumotlariga ko’ra,1824-yil iyul oyida Qo’qon xoni Muhammad Alixon o’z elchilari G’aniyat Xo’ja Zulfiqorov va Xonkeldi Boboxonovlarni Sibir linyasiga yuboradi.Birgalikda qaroqchilarga qarshi kurashish va savdogarlarga qulay sharoit yaratish bo’yicha taklif yuboradi. Muhammad Alixon tomonidan 1828-yilda yuborilgan elchilar yaxshi kutib olinadi.Bu elchilik haqida ayrim ma’lumotlar S.Soatovning ”O’zbekiston SSR tarixi”da mavjud.
F.G’affarovning to’plagan ma’lumotlarida,1827-yili Muhammad Alixon K.Fozilbekovni elchi sifatida Rossiyaning poytaxti bo’lgan Sankt-Peteburgga yuboradi.Mazkur elchining asosiy maqsadi Rossiya va Qo’qon xonligi o’rtasidagi davom etayotgan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga iborat bo’lgan.Ayniqsa choyga talab oshib ketadi.Rossiya orqali ko’proq choy olib kelishni so’raydi.Chunki Qo’qon-Xitoy urushi savdogarlarning yo’lini to’sib qo’ygan edi.Muhammad Alixon Rossiya imperatori Nikolay I ni taxtga o’tirishi munosabati bilan tabriklash uchun maxsus elchilarini tayyorlayotganini ma’lum qiladi.Muhammad Alixon 1828-yilda yuborgan elchilarni Sankt-Peterburgda yaxshi kutib olishadi.
1829-yilda Madalixon Sankt-Peterburgga elchilar yuborgan va o’z yorlig’ida ikkala mamlakat o’rtasidagi savdo munosabatlarini yanada rivojlantirish kerakligini qayd etgan.Ushbu elchilar vatanlariga qaytayotganida,ular bilan birga Rossiya elchisi xorunjiy Potanin ham kelgan.Qo’qonda besh hafta yashagan Potanin 1830-yil 16-yanvarda Rossiyaga qaytib ketadi. Potaninning Qo’qonga tashrifi ikki mustaqil davlat o’rtasida jiddiy ahamiyatga ega bo’lmagan.Chunki u Qo’qonlik elchilarni vatanlariga kuzatib qo’yish bahonasida Rossiya hukumatining maxfiy topshirig’i bajarganligi ko’rinib turardi.
1841-yili Muhammad Alixon Rossiyaga Miyon Xalil Eshon Sohibzodani elchi qilib yuboradi.Sankt-Peterburgda yaxshi kutib olinadi,deyarli barcha talab va iltimoslariga ijobiy javob olib vataniga qaytayotganida,Buxoro amiri Qo’qonni bosib oladi.Bundan xabar topgach Eshon Sohibzoda qo’rqib,Semipalatinsk shahrida qolib ketadi.Eshon Sohibzoda Qo’qonda tinchlik o’rnatilgandan so’ng o’z vataniga qaytib keladi.Rossiya imperatori berib yuborgan sovg’alarni Sheralixonga topshiradi. 1847-yil 28-noyabrda Qo’qon xonligining Mulla Abdulla mufti boshchiligida diplomatik vakillari yorliq bilan Omskga jo’nab ketadi.Vakillar har ikkala mamlakat o’rtasidagi do’stona aloqalarni davom ettirish asosida savdo karvonlarining yo’llardagi daxlsizligini ta’minlash,qaroqchilarga qarshi kurashish choralarini ko’rish,chegalarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik va chor Rossiyasi Sirdaryoning quyi oqimida qo’rqog’onlar qurishini to’xtatishini iltimos qilishgan.
Yo’ldoshboy Mirzajonov elchligi Qo’qon xoni Xudoyor va Rossiya imperiyasining tajovuzkor siyosati kuchayib borishini,munosabatlarini yaxshi tomonga o’zgartish maqsadida qilayotgan hati-harakatlari behuda bo’lib,ijobiy natija bermasligi aniq ekanligini bayon etgan.Xudoyorxon 1853-yili o’z elchilarini sovg’a va yorliq bilan Rossiyaga yuborganligini va ular iyul oyining boshlarida Omsk shahriga yetib keladi.Ularning asosiy maqsadi Rossiya bilan do’stlik aloqalarini tiklash va Qo’qon xonligida zulm o’tkazgan qipchoqlar jazolanganligi va xonlikda tinch-totuvlik o’rnatilganligi haqida ma’lumot bergan.Rossiya imperatori G’arbiy Sibir general-gubernatorga qo’qonliklar iltimosni rad etib,Rossiya manfaatini ko’zlagan holda elchilarni Omskdan nariga yubormasdan xon yorlig’ini olib qolib,sovg’a-salomlarini olmasdan,vatanlariga qaytarib yuboradi. Mirjanov avvallari karvon boshi sifatida Rossiyada bir necha marta bo’lgan.Bu safar esa u Qo’qon xonining rasmiy elchisi sifatida Rossiya imperatoriga xat,beshta zotli ot va bir necha to’p matolardan iborat sovg’alar olib kelgandi.
Mirjanov Omskga kelganda norasmiy yig’ilishda ochiqdan-ochiq o’z fikrini bayon qiladi.Unga qaraganda elchining kelishidan asosiy maqsad Orenburg hokimining hatti-harakatidan noroziligini bildirib,agarda bundan rus imperatorining xabari bo’lmasa va unga noto’g’ri xabar yetkazilgan bo’lsa,Rossiya imperatorini ogohlantirib,Qo’qon xoni nomidan bu kelishmovchilikni bartaraf etishni so’raydi.Ammo,Yo’ldoshboy Mirjonov boshchiligidagi elchilik ham muvaffaqiyatsizlik bilan tuganlandi.Buning asosiy sababi rus generallari Oqmachitga harbiy yurishga jadal yurishga va maxfiy tayyorlik ko’rishayotgani edi. Qo’qon xonligi yuborgan elchilarni Rossiya hukumati orqalariga qaytarib yuborishdi.Natijada 1853-yilning iyul oyida diplomatiya qoidalarini buzgan holda Rossiya generallaridan Perovskiy katta kuch bilan Sirdaryo Sohillari sari siljib bordi va Oqmachitni bir oyga yaqin qamal qilib,bir necha kunlik shiddatli va shafqatsiz hujumlardan keyin,qal’ani bosib oladi. General-mayor Padurovning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda,1853-yil 29-iyul kuni Oqmachit jangida 300 nafar qo’qonlikdan 212(erkaklardan 206 ta,ayollardan 4 ta va bolalardan 2 ta)si halok bo’ladi. Rossiya qo’shinlari Oqmachitni bosib olgandan so’ng Qo’qon xonligiga nisbatan ochiqdan-ochiq zo’ravonlik siyosatiga o’tib oladi va o’z diplomatiyasini ham shunga moslab olib boradi. 1858-yil bahorida Qo’qon xoni Xiva xoniga elchi yuborib chor hukumatining bosqinchilik harakatlariga qarshi harbiy yordam so’rab elchi yuboradi.Ammo Xiva xoni unga qattiy rad javobini beradi.
1859-yil 19-yanvarida yozilgan maxfiy xatda(Sibir korpusining bo’lim komandiri va Sibir general-gubernatorining ”Записка”sida)yozilishicha,”Chu daryosining yuqori qismlarini bosib olish va bunga oldindan tayyorgarlik ko’rish”rejasi Rossiya imperatori Nikolay I farmoyishiga binoan ko’rib chiqiladi.Muhokamada harbiy ishlar vaziri knyaz Dolgorukov,graf Perovskiy va infanteriy generali G.Gosford ishtirok etadi.Ular bir ovozdan To’qmoq,Pishpak,Avliyoota,Suzoq,Turkiston va unga qarashli bo’lgan atrofdagi yerlarni qo’shib Sirdaryogacha bosib olishga qaror qilishadi.Katta obro’ga ega bo’lgan,xalqning ishonchini oqlagan,puxta siyosatchi Mallaxonning taxt tepasiga kelganidan xavfsiragan rus generallari yuqoridagi bosqinni uzog’i bilan bir yil ichida 1860-yilda 1861-yilgacha bosib olishga harakat qilishadi.
1867-yildan boshlab Qo’qon xonligining Rossiya bilan diplomatik munosabatlari asosan Toshkentda hal qilinadigan bo’ldi.O’rta Osiyo xonliklari bilan o’zaro bitimlarga imzo chekish vakolati Turkiston general-gubernatori K.P.fon Kaufmanga berilgan edi.Xonliklar Rossiya bilan emas,balki Turkiston general-gubernatori bilan shartnoma tuza boshlagan.

XULOSA


Qo’qon xonligi va Rossiya imperiyasi diplomatiyasi Umarxon davrida yo’lga qo’yildi.Muhammad Alixon davrida esa aniqroq qilib aytganda 1831-yilda buzila boshladi.Qo’qon xoniligining Rossiya imperiyasi bilan olib borgan diplomatiya asosan siyosiy,iqtisodiy,savdo-sotiq va elchilik munosabatlaridan iborat bo’lgan.
Rossiya imperiyasining Qo’qon xonligi bilan olib borgan diplomatiyasining asosiy maqsadi o’zlari ishlab chiqargan sanoat mahsulotlarini sotish va harbiy missiya bo’lib, xonlikka yuborgan elchilari orqali Qo’qon xonligining tashqi va ichki siyosiy ahvoli,qo’shining soni va yo’llarni o’rganish bo’lgan.Bundan ko’zlangan maqsad Qo’qon xonligini bosib olish bo’lgan.
1841-yilda Buxoro amirligi Qo’qon xonligini bosib olishi Rossiyaga rejasini amalga oshirishiga turtki bo’ladi.Buxoro amiri Amir Nasrullo Qo’qon xonini va uning qarindoshlarini o’ldiradi.Rossiya imperiyasi Qo’qon xonligining kuchsizlanib qolganini ko’rishadi va xonlikka tegishli shahar va qal’alarni bosib olishni rejalashtiradi. Rossiya imperiyasi Qo’qon xonligini bosib oladi va 1876-yil 19-fevralda rasmiy farmon bilan Qo’qon xonligi tugatiladi va uning o’rniga Farg’ona viloyati ta’sis etiladi.Turkiston general-gubernatorligiga kiritiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. G’affarov F. Економичесие и политические связи России с Кокандским ханством в первой половине 60-70-годах ХIX века:Автореф.дисс.ист.наук.-Т.,1970


2. N.Xalfin.”Россия и ханства Средней Азии”.-M.,1974
3. Ishquvatov V.T.”Qo’qon-Rossiya diplomatik munosabatlar tarixshunosligi”.-T.2009
4. N.Topildiyev.”Qo’qon xonligining Rossiya bilan diplomatik aloqalari tarixidan”.-T.2007
5.Sh.Vohidov.”Qo’qon xonligi tarixi”.-T.2014
6. Набиев Р.Н.”Из истории Кокандского ханства”.-T.1973
Download 23.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling