Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 17 mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‗ladi. Har bir didaktik o‗yinni o‗tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya‘ni ma‘lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. ―Ketgan kim‖ didaktik o‗yini: Didaktik topshiriq: son qatorini, qaysi son qaysi sondan keyin kelishini bilib olishni mashq qildirish. O‗yin topshirig‗i: bolalarning safga tizilish tartibini bilib olish, ularni sanab chiqib, shaxsi bilan solishtirish (Vali — beshinchi, Iroda — uchinchi va xokazo). hisob bo‗yicha son qatoridan chiqib ketganning kim ekanligini bilish, uning nomini aytish. O‗yinning borishi; o‗yin boshlangunga qadar bolalar bilan bir oz tayyorgarlik o‗tkaziladi. O‗qituvchi 6 kishini doskaga chaqirib: Ahmad — birinchi, Sharif — ikkinchi...‖ deydi. So‗ngra ularning har biridan sanoq bo‗yicha nechanchi ekanligini so‗raydi. Bu esa har bir bolaga o‗zining tartib nomerini bilib olishga yordam beradi. Shu maqsadda u hamma chaqirilgan bolalardan: ―Sen nechanchisan‖ deb so‗rab oladi. O‗quvchilar: ―Men — beshinchi‖, ―Men — ikkinchi‖, ―Men — to‗rtinchi‖ va hokazo deb, javob beradilar. Shundan keyin o‗qituvchi bolalarga yana bir marta yaxshilab hisoblab chiqishni, kim-kimning ketidan turganini eslab qolish va kimning nomeri nechanchi ekanligini bilib olishni taklif etadi. O‗qituvchi o‗quvchilardan birini chaqirib, shunday deydi: - Lola, bolalarga bir qarab, ularning tartib raqamini eslab qol. Keyin sinfdan chiqib tur. Seni chaqirganimizda kelib, kim ketganini aytib berishing kerak. Agar sen to‗g‗ri aytsang, biz qarsak chalamiz, yanglishsang — indamay turaveramiz. Lola sinfdan chiqadi. O‗qituvchi beshinchi bolani joyiga o‗tqazib qo‗yadi. Qolgan o‗quvchilar bir-birlariga yaqinroq turib oladilar. Lola kirib keladi, doska oldida turgan safga, butun sinfga nazar tashlab, kerakli o‗quvchini qidiradi. Lola 2 minutcha o‗ylanib qoladi, o‗rniga borib o‗tirgan o‗quvchini ko‗rib, uning ilgari qayerda turganini eslaydi va «Beshinchi!— deydi. Bolalar xursandchilikdan qarsak chalib yuboradillar. Endi Yo‗ldosh eshikka chiqadi. Yo‗ldosh sinfga kiriboq, uchinchi bola yo‗qligini aytadi. O‗quvchilar qarsak chalishadi. So‗ngra Vahob sinfdan chiqib turadi. Oltinchi o‗quvchi joyiga borib o‗tiradi. Vahob sinfga kirib: ―Ikkinchi bola o‗z joyiga borib o‗tiribdi‖,—deydi. Sinfda jimjitlik. O‗qituvchi: ―Yana bir o‗ylab ko‗r, mana bu tomonda kim turganini eslachi‖,— deydi. Vahob indamaydi. o‗qituvchi o‗tirgan o‗quvchilardan biriga murojaat qilib: ―Baxtiyor, ketgan kim‖desa, u istar-istamas. ―To‗qqizinchi‖,— deb javob beradi. Shundan so‗ng o‗qituvchi oltinchi bolani tag‗in o‗z joyiga chiqaradi-da, uning qayerda turganligini Baxtiyordan so‗raydi. Baxtiyor oltinchi o‗quvchini ko‗rsatgach, o‗qituvchi uning nomeri nechanchi ekanligini aytib berishni so‗raydi. ―Baxtiyor,—6 deydi o‗qituvchi,— demak, ketgan kim» Baxtiyor: ―Oltinchi!‖—deb dadil javob beradi. O‗yin oltita o‗yinchidan har biri navbatma-navbat borib joyiga o‗tirguniga qadar davom ettiriladi. Kim to‗g‗ri topsa, o‗qituvchi uning g‗olib chiqqanligini aytadi. Har bir berilgan to‗g‗ri javobdan so‗ng bolalar qarsak chalishadi. O‗yin 10 minut davom etadi. Bu o‗yin g‗oyat foydali bo‗lib, aqlni charxlash, intellektni oshirish, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling