Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 16 dunyoqarashni kengaytirish, dunyoqarashni shakllantirish, yosh o‗quvchining bilimga qiziqishi va bu yerda intellektual xarakterga ega bo‗lgan o‗yinlar birinchi o‗rinda turishi lozim. Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarining intellektual qobiliyatlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan nafaqat o‗quv va kognitiv faoliyatning, balki o‗quvhilarning keyingi hayotidagi muvaffaqiyatini ham ta‘minlaydi. O‗qituvchilarning ko‗plab kuzatuvlari, psixologlarning tadqiqotlari ishonchli tarzda shuni ko‗rsatadiki, maktabning boshlang‗ich sinflarida aqliy faoliyat usullarini o‗zlashtirmagan bola, odatda, muvaffaqiyatsizlar toifasiga kiradi. Kichik maktab yoshidagi o‗quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish bu o‗quvchilarga fanlardan mustahkam bilim berish,har bir o‗quvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish,ya‘ni mehnatsevarlik, mustaqillik, qiziquvchanlik va ijodiy faollikni tarbiyalash o‗qishga samarali yondashuv printsipi hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda darsni shunday tashkil etishga harakat qilish kerakki, bolalar o‗z vazifalarini hal qilishning o‗ziga xos usullarini izlasinlar, chunki ayni paytda ularning aqliy faolligi faollashadi va intellektual fazilatlari yaxshilanadi. Aqlli javob berish printsipi. Bu jarayonda topshiriqlar shunday tuzilishi kerakki, bolalar o‗z nuqtai nazarini, ularni hal qilishning o‗z versiyasini asoslab berishi kerak. Ijobiy motivatsiya printsipi Muvaffaqiyatli o‗quv jarayoni uchun darsda maxsus sharoitlar - quvonch, ajablanish, zavqlanish muhitini yaratish maqsadga muvofiq bo‗ladi.Bunda ―muvaffaqiyatga erishish holati‖ ni yaratishdan keng foydalanish , o‗quvchilarni o‗z kuchiga ishonch bilan ruhlantirish, ular uchun hammasi yaxshi bo‗lishiga ishontirish zarur. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining o‗quv -bilish faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etish individual yondashuvsiz mumkin emas.Qabul qilish, e‘tibor, fikrlash, xotira, tasavvur kabi intellektual sohaning tarkibiy qismlarining xususiyatlaridan tashqari, biz har doim bolaning hissiy va irodaviy sohasining xususiyatlarini, shuningdek temperamentning o‗ziga xos xususiyatlarini, tezligini hisobga olishimiz lozim. Biz har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olishga harakat qilishimiz kerak. Differentsial va individual yondashuvlarga muvofiq, o‗quvchilar uchun vazifalar shunday tanlanishi kerakki, rag‗batlantirishga muhtoj bo‗lganlar tegishli bosqichda o‗zlari uchun mavjud bo‗lgan vazifalarni olib, so‗ngra murakkabroq mashqlarga o‗tishlari kerak. Har xil didaktik o‗yinlar, o‗quv jarayoniga to‗g‗ri kiritilganda, turli aqliy jarayonlarning rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Didaktik o‗yinlar bolaning aql-idrokiga, his-tuyg‗usiga ta‘sir etib, unda o‗qishga ijobiy munosabat va qiziqish hislatini tarkib toptiradi. Bolalar o‗yinni zo‗r mamnuniyat bilan ijro etadi. O‗yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o‗quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi. Har bir didaktik o‗yinda ko‗pchilik bolalar yoki butun bir sinf o‗quvchilari ishtirok qiladi. Didaktik o‗yin — ta‘lim beruvchi usul bo‗lib, bu usul muayyan ta‘limiy maqsadlarga erishuvga, ya‘ni o‗tilgan o‗quv materialini aniqlashga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling