Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
18 
mantiqiy fikrni, xotirani, bir narsani ikkinchisidan ajrata bilish qobiliyatini o‗stirishga 
yordam beradi. Didaktik o‗yinlar asosida amallarni bajarish, masalalarni yechishga 
qaratilgan qiziqarli mazmun, bolaning aqliy va jismoniy harakati yotadi. Ular orqali fikrlash 
jarayoni - tahlil taqqoslash xususiyatlari rivojlanadi. Ta‘lim jarayonida didaktik o‗yinlar 
ahamiyati shundaki, ular o‗quvchilarning ta‘lim olishiga, tarbiyasiga va rivojlanishiga 
xizmat qiladi. O‗yin davomida yuzaga keluvchi ijobiy his-hayajon o‗qituvchilarning kichik 
yoshdagi o‗quvchilar ijodiy qobiliyatini tarbiyalanishini faollashtiradi, xotirasini, e‘tiborini 
kuchaytiradi. O‗yin davomida o‗quvchilar o‗zlari bilmagan holda ko‗pgina harakatlar, 
mashqlar bajaradi, masalalar yechadi va hokazo. 
―Shoshilgin-u, adashmagin‖ o‗yini. 
Doskaga murakkablik darajasi bir xil bo‗lgan uchta ustunda misollar 
yoziladi. Har bir qatordan bittadan uchta o‗quvchi chiqariladi. O‗qituvchining 
buyrug‗i bilan o‗quvchilar misollarni yecha boshlaydi. Kim tez va xatosiz ishni 
bajarsa, o‗sha g‗olib hisoblanadi. 
Izoh: Qolgan o‗quvchilar ish joyida o‗rtoqlarining ishini tekshiradi. 
―Tez yurar poyezd‖ o‗yini 
O‗yin maqsadi: O‗quvchilarning intelektual bilim salohiyatini oshirish. 
O‗yin jihozi: doskaga bir - biriga qarama - qarshi turgan poyezd rasmi bor ko‗rgazma 
ilinadi. 
O‗yinning borishi: Doskaga 2 o‗quvchi chiqadi. O‗qituvchi bergan savollarga 
to‗g‗ri javob bergan o‗quvchining poyezdi oldinga surilaveradi. ―Marra‖ga birinchi 
bo‗lib yetib kelgan o‗quvchi g‗olib bo‗ladi. 
Savollar: 
1. Kesma nima? 
2. Aylana? 
3. 1 m=?. sm. 
4. To‗rtburchakning yuzi nimaga teng? kabi savollardan foydalanish mumkin. 
Ayniqsa o‗yin jarayonida ularning idroki, zehni, xotirasi, bilim olish ishtiyoqi va ehtiyoji 
mustahkamlana boshlaydi, ijodiy qobiliyati namoyon bo‗la boshlaydi. 
―Koptok‖ o‗yini 
Ushbu o‗yindan maqsad o‗quvchilarning matematik nutqini o‗stirish. 
Guruh o‗quvchilari koptokni bir - biriga uzata turub, matematika faniga oid bo‗lgan 
terminlarni navbat bilan aytadilar. Masalan: ―Kub‖, ―ayirma‖, ―son‖, ―to‗rtburchak‖, ―misol‖, 
―masala‖ va hakozo kabi. 
Xulosa qilib aytganda,boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining intellektual qobiliyatini 
tarbiyalash va ularning darsga bo‗lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, qiziqarli misol, 
topshiriq va masalalarni tanlashga alohida e‗tibor berish zarur. Darsga doir tanlanadigan 
misol, topshiriq va masalalar aniq bir sistemani tashkil qilishligi,o‗ziga xos tanlash usuliga 
va o‗qitishning aniq bir maqsadiga qaratilishi zarur. Topshiriqlar sistemasini ishlab chiqish 
murakkab ishdir. Tanlangan topshiriqlar sistemasi har xil mavzular yuzasidan bo‗lishi 
mumkin. Topshiriqlarning mazmuni boshlang‗ich sinfda matematika o‗qitishning maqsad 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling