Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 257 • foizlar bo‗yicha (qarz majburiyatlari bo‗yicha foiz stavkalariga asoslangan hosilaviy qimmatli qog‗ozlar); • kreditlar bo‗yicha (hosilaviy qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha to‗lovlar, kreditlar bo‗yicha muayyan bir holatlarning sodir bo‗lishiga bog‗liq); • nostandart bazis aktivlar bo‗yicha (ob-havo, saylov natijalariga asoslangan hosilaviy qimmatli qog‗ozlar va boshqalar). Hosilaviy qimmatli qog‗ozlar aylanuvchi bozorlarga muvofiq ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: • birja instrumentlari (barcha ko‗rinishdagi fyucherslar, birjada muomalada bo‗luvchi standartlashtirilgan opsionlar); • birjadan tashqari instrumentlar (forvardlar, nobirjaviy opsionlar, svoplar). Muddatli bozorda quyida terminlardan foydalaniladi. Agar muddatli shartnomani imzolayotgan shaxs bazis aktivni sotib olish majburiyatini oladigan bo‗lsa, u uzun pozisiyasiga (long pozision) ega bo‗ldi deyiladi. Aksincha bo‗lsa, ya'ni agar u shartnoma bo‗yicha boshqa tomonga kelajakdagi ma'lum bir sanada aktivlarni sotish majburiyatini olsa, u holda qisqa pozisiyaga ega bo‗ldi deb hisoblanadi. O‗z navbatida ―uzun kontrakt‖ va ―qisqa kontrakt‖ kabi tushunchalar ham uchraydi. Bunda birinchi holat investor shartnomani sotib olganini bildirsa, ikkinchi holatda sotganini anglatadi. Hozirgi kunga kelib hosilaviy qimmatli qog‗ozlar bozori fond bozorining alohida segmenti sifatida rivojlanib kelmoqda, ayniqsa ushbu moliyaviy instrumentlar aylanmasini birjadan tashqariga chiqishi sababli ular cheklanmagan miqdorda muomalada bo‗lish va turli bazis aktivlar bo‗yicha, jumladan fond indekslari va boshqa hisob ko‗rsatkichlari bo‗yicha ham muomalaga kiritilish imkoniyatiga ega bo‗ldi. So‗nggi paytlarda hosilaviy qimmatli qog‗ozlar bozori boshqa moliyaviy instrumentlarga qaraganda yuqori sur'atlarda o‗sishda davom etmoqda va bu esa birjalardagi asosiy (o‗zgaruvchanlik)ni hosil qilmoqda. XULOSA Respublikamizda bugungi kunda opsion bozorini amalga oshirishdagi operatsiyalarini rivojlantirishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda qo‗yidagilarni tavsiya etish mumkin: - opsion faoliyatiga doir reklama tashviqot ishlarini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish; - opsion bozorini amalga oshirishdagi tadbirlar bilan tanishib chiqish va tegishli xulosalarni chiqarib, ularni takomillashtirish bo‗yicha tavsiyalar berish; - korporativ qimmatli qog‗ozlar bozorining rivojlanishining tutgan o‗rni va ahamiyatini asoslab berish; - xosilaviy qimmatli qog‗ozlarni bozorini rivojlanishini, ya'ni ular turlarini kengaytirish tadbirlarni amalga oshirish lozim. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling