Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet268/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
280 
Zamonaviy matematik analizda ishlatilmaydi. Boshqa joylarda ishlatiladi; 
satr kasrlari: maxsus kasrlarga oʻxshash, ammo gorizontal chiziq bilan yoziladi. 
Masalan, boshqa belgilar bilan bir xil balandlikdagi 
kasri; 
shilling kasrlari: 1/2; bunday nomlanishiga sabab bu yozish Britaniya puli (£sd) bilan 
ishlatilgan. Masalan, 2 shilling va 6 pennini yarim krona deb 2/6 kabi yozishgan. „Ikki 
shilling va 6 penni― kasr boʻlmagan boʻlsa ham, oldinga qaragan egri chiziq hozir kasrlar 
bilan ishlatiladi. Masalan, satrlarni bir tekis qilib yozish uchun. Yana kasrlar ichidagi 
kasrlarni yoki darajalar ichidagi kasrlarni yozish uchun ishlatiladi (qarang: murakkab kasr); 
qavatli kasrlar: 
; Bu belgilashda matnning ikki yoki undan koʻp satri ishlatiladi. 
Bunday yozish matnda satrlar orasida joy ajratadi. Katta boʻlgani uchun oʻqish oson. 
Ammo, sodda kasrlarni yozishda yoki murakkab kasrlar ichidagi kasrlarni yozishda 
ishlatilsa muammoli boʻlishi mumkin. 
Toʻgʻri va notoʻgʻri kasrlar. 
Toʻgʻri kasr deb suratining moduli maxrajining modulidan kichkina kasrga aytiladi. 
Agar kasr toʻgʻri boʻlmasa u notoʻgʻri kasr deb ataladi. Notoʻgʻri kasrlar birga teng yoki 
katta boʻladi. 
Masalan,5/7 7/9 

va 1/2
kasrlari toʻgʻri kasrlardir. 
, 3/2 7/5
,
va8/5 kasrlari boʻlsa notoʻgʻri kasrlardir. Har qanday butun sonni notoʻgʻri kasr qilib yozish 
uchun, 1 sonini maxraj qilib olish kerak. 
Aralash kasrlar. 
Butun son va toʻgʻri kasr bilan yozilgan kasr aralash kasr deb nomlanadi. Murakkab 
kasrni undagi butun son bilan kasrning yigʻindisi deb tushuniladi. Har qanday ratsional 
sonni aralash kasr qilib yozish mumkin. Faqat surat va maxrajga ega kasr sodda kasr deb 
nomlanadi. 
Koʻrgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga boʻlish, ba‘zan teng 
boʻlmagan 2 boʻlakka boʻlish, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni 
tushuntirish kerak. Faqat teng boʻlakka boʻlgandagina kasr son yoki butunning ulushi hosil 
boʻlishini mustahkamlash, sindirish lozim. 
Turli xil geometrik shakllar bilan ishlayotganda bu shakl yordamida ulushlarni hosil 
qiladilar, hamda uning ba‘zi xossalarini keltirib chiqaradilar.Masalan, kvadratni teng 4 
boʻlakka boʻlishda, uni ikkita yo‘l bilan boʻlib, burchaklarining oʻzaro tengligiga hamda 
tomonlarning ham oʻzaro tengligiga asoslanib, shuningdek kvadrat simmetriyasi haqida 
tasavvurlarga ega boʻladilar.Shuningdek, boshqa oʻquvchilarga doirani, ba‘zilariga toʻgʻri 
toʻrtburchakni 4 boʻlakka boʻlish topshiriladi. Bundan keyingi ish teng boʻlaklarga 
boʻlingan ulushlardan bittasini, ikkitasini, uchtasini olib ularni qanday sonlar bilan yozish 
mumkinligi o‘qitiladi. Kasrlarni ikkidan bir, uchdan bir, to‘rtdan bir kabi oʻqish va 1/2, 1/3, 
1/4 larga narsalarni qanday boʻlib, qancha qismi olinayotganligi orasidagi bogʻlanishni hosil 
qilish lozim. Shu asosda surat va maxraj hamda kasr kabi yangi terminlar kiritmasdan 
oʻqiladi. Lekin chiziq chizish, chiziqning pastida butunni nechaga boʻlgan son, yuqorisida 
necha ulushni olgan son yozilishi tushuntiriladi. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling