Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet264/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
276 
―Nido‖ dostonidan olingan yuqoridagi misrada dadamlar, dada leksemalari -lar 
ko`plik shakli bilan farqlangan. -lar grammatik shakli ko`plikdan tashqari hurmat ma`nosini 
ham ifodalab keladi. Aynan yuqoridagi misralarda ham hurmat ma`nosi yetakchilik qilgan. 
Yo`q, mo`tabar emas asli yer
Qutlug` emas tuproq hech qachon. 
Muborakdir inson to`kkan ter, 
Mo`tabardir qutlug` toza qon. 
Erkin Vohidovning ―Ona tuproq‖ she`ridan joy egallagan ushbu misralarda ona yer, 
ona zaminimiz madh etilgan. Mo`tabar, mo`tabardir so`zlarida -dir kesimlik shakli o`zaro 
assotsiativ bog`lanish yuzaga kelishini ta`minlagan. 
Oʼtkazilgan assotsiativ tajriba materiallari shuni koʼrsatadiki, grammatik shaklga 
asoslangan assotsiatsiyalar maʼnoga asoslangan assotsiatsiyalarga qaraganda past chastotali, 
ularning stimul soʼz bilan aloqasi nisbatan kuchsiz bo`ladi. 
Erkin Vohidov ―Inson‖ g`azalida insonning baland martabaga egaligi, olam 
yaratilishidan maqsad odam ekanligini aks ettirar ekan, odam o`zining yuksak martabasiga 
loyiq ma`naviyat egasi bo`lishi lozimligini orzu qiladi. 
Chunki dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur, 
Senga mehmonxonadur, mehmon o`zing, mezbon o`zing. 
Chindan ham, inson dunyoga mehmondir. Lekin bu yorug` olamning mezboni ham 
ayni o`zidir. Demak, shoir inson leksemasi atrofida dunyo, mexmonxona, mehmon, mezbon 
kabi assotsiatsiyalarni qo`llaydi va assotsiativ munosabatni yuzaga keltiradi. Bundan 
tashqari, -xona qo`shimchasi orqali hosil qilingan mehmonxona va mehmon leksemalari 
ham assotsiativ qatorlar kengayishiga xizmat qilgan. 
Xulosa qilib aytsak, assotsiativ munosabat tilshunosligimizning yanada boyishiga 
xizmat qiladigan ulkan sohasidir. Erkin Vohidov she`riyatiga nazar tashlash orqali 
grammatik assotsiatsiyalarning imkoniyatlarini ko`rib guvohi bo`ldik. 

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling