Konferensiyasi


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI: 
 
1) 
Wikipedia.uz 
2) 
Gartner.com 
3) 
Google.com 


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
35 
O„QUVCHILARNI MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA DIDAKTIK 
O„YINLARNING AHAMIYATI 
 
Abdurahimova Hilola 
Bag‗dod tumani 42-maktab o‗qituvchisi 
Abdurahmonova Mohiraxon 
Bag‗dod tumani 23-maktab o‗qituvchisi 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‗quvchilarni matematik savodxonligini oshirishda 
didaktik o‗yinlarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalalar yuritilgan. Shuningdek, 
maqolada ta‘lim sifatini ko‗tarish yo‗llari bayon etilgan. 
Kalit so‟zlar. O‗quvchi, o‗yin, metod, o‗rganish ta‘lim, takrorlash, natija. 
 
Kirish. Bolalarga har bir o‗yinni o‗rgatishda muayyan ta‘limiy maqsad nazarda 
tutiladi. O‗yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O‗yinning o‗tkazilish 
formalari va usullari bilan ta‘limning boshqa turdaridan farq qiladigan o‗yinlar ta‘lim berish 
jlhatidan ham katta ahamiyatga egadir. 
Didaktik o‗yinlar o‗yin usullarini cheksiz takrorlash va o‗zgartirish, o‗yinga turli 
narsalar kiritish imkonini beradi. Masalan, biz «Jimjitlik» o‗yinining 5—7 xilini butun sinf 
bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko‗proq takrorlab o‗tkazdik; «Nima o‗zgardi» 
tipidagi o‗yin 5 xil turli ko‗rsatmali material bilan o‗tkazildi va hokazo. Natijada o‗yin 
malakalarining bir xilda va mustahkam bo‗lishiga hamda o‗yinning har bir qoidasini tinglay 
bilish va unga rioya qilinishiga erishish imkonini berdi. Didaktik o‗yinlar o‗zining shakli 
jihatidan asosan bog‗chada o‗ynaladigan ijodiy o‗yinlardan ham, o‗qituvchi o‗zi hikoya 
qilib berish yo‗li bilan tushuntiradigan va o‗quvchilarni birma-bir so‗rab chiqish natijasida 
mustahkamlanadigan va shu singari o‗yinlardan ham har tamonlama farq qiladi. 
Asosiy qism. Didaktik o‗yinlar ta‘limning ko‗rgazmaliligini, o‗qituvchining nutqini va 
bolalar harakatini o‗z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko‗rish, eshitish, teri sezgisi 
belgilarida) birlik tug‗iladi. Bu esa o‗qituvchining aytganlarini bolalarning zehnan o‗ylab 
olishiga va o‗sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya‘ni didaktik o‗yinlar qoidalarini 
o‗quvchilarning o‗zlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o‗yinlarning bu tarzda tuzilish 
xususiyatlari o‗quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham 
barcha bolalar o‗yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar.[1] 
Bundan tashqari, o‗yin jarayonida hatto bolalardan ba‘zi birlari bevosita ishtirok 
etmasa ham, ular o‗yinda imo-ishoralar vositasida bavosita qatnashadilar. Masalan, 
ko‗zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar, «Eng yaxshi hisobchi», «Kim 
aniqroq va tezroq» va shu o‗yinlarda o‗z o‗rtoqlarining misolni qanchalik to‗g‗ri-noto‗g‗ri 
yechayotganlarini kuzatib boradilar.[2] 
O‗yin paytida bolalar psixikasining individual xususiyatlari, ularda shartli 
reflekslarning paydo bo‗lish tezligi va ularning mustahkamligi yanada yaqqolroq namoyon 
bo‗ladi. Bu esa o‗qituvchiga o‗quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo‗lish 
imkonini beradi. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling