Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
17 
mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‗ladi. Har bir didaktik o‗yinni 
o‗tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya‘ni 
ma‘lum didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. 
―Ketgan kim‖ didaktik o‗yini: 
Didaktik topshiriq: son qatorini, qaysi son qaysi sondan keyin kelishini bilib 
olishni mashq qildirish. 
O‗yin topshirig‗i: bolalarning safga tizilish tartibini bilib olish, ularni sanab 
chiqib, shaxsi bilan solishtirish (Vali — beshinchi, Iroda — uchinchi va xokazo). 
hisob bo‗yicha son qatoridan chiqib ketganning kim ekanligini bilish, uning 
nomini aytish. 
O‗yinning 
borishi; 
o‗yin 
boshlangunga 
qadar 
bolalar 
bilan 
bir 
oz 
tayyorgarlik o‗tkaziladi. O‗qituvchi 6 kishini doskaga chaqirib: Ahmad — birinchi, 
Sharif — ikkinchi...‖ deydi. So‗ngra ularning har biridan sanoq bo‗yicha 
nechanchi ekanligini so‗raydi. Bu esa har bir bolaga o‗zining tartib nomerini bilib 
olishga yordam beradi. Shu maqsadda u hamma chaqirilgan bolalardan: ―Sen 
nechanchisan‖ deb so‗rab oladi. O‗quvchilar: ―Men — beshinchi‖, ―Men — 
ikkinchi‖, ―Men — to‗rtinchi‖ va hokazo deb, javob beradilar. Shundan keyin 
o‗qituvchi bolalarga yana bir marta yaxshilab hisoblab chiqishni, kim-kimning 
ketidan turganini eslab qolish va kimning nomeri nechanchi ekanligini bilib olishni 
taklif 
etadi. 
O‗qituvchi 
o‗quvchilardan 
birini 
chaqirib, 
shunday 
deydi: 
- Lola, bolalarga bir qarab, ularning tartib raqamini eslab qol. Keyin sinfdan 
chiqib tur. Seni chaqirganimizda kelib, kim ketganini aytib berishing kerak. Agar 
sen to‗g‗ri aytsang, biz qarsak chalamiz, yanglishsang — indamay turaveramiz. 
Lola sinfdan chiqadi. O‗qituvchi beshinchi bolani joyiga o‗tqazib qo‗yadi. 
Qolgan o‗quvchilar bir-birlariga yaqinroq turib oladilar. Lola kirib keladi, doska 
oldida turgan safga, butun sinfga nazar tashlab, kerakli o‗quvchini qidiradi. Lola 2 
minutcha o‗ylanib qoladi, o‗rniga borib o‗tirgan o‗quvchini ko‗rib, uning ilgari 
qayerda turganini eslaydi va «Beshinchi!— deydi. Bolalar xursandchilikdan qarsak 
chalib yuboradillar. Endi Yo‗ldosh eshikka chiqadi. Yo‗ldosh sinfga kiriboq, uchinchi bola 
yo‗qligini aytadi. O‗quvchilar qarsak chalishadi. So‗ngra Vahob sinfdan chiqib turadi. 
Oltinchi o‗quvchi joyiga borib o‗tiradi. Vahob sinfga kirib: ―Ikkinchi bola o‗z joyiga borib 
o‗tiribdi‖,—deydi. Sinfda jimjitlik. O‗qituvchi: ―Yana bir o‗ylab ko‗r, mana bu tomonda 
kim turganini eslachi‖,— deydi. Vahob indamaydi. o‗qituvchi o‗tirgan o‗quvchilardan 
biriga murojaat qilib: ―Baxtiyor, ketgan kim‖desa, u istar-istamas. ―To‗qqizinchi‖,— deb 
javob beradi. Shundan so‗ng o‗qituvchi oltinchi bolani tag‗in o‗z joyiga chiqaradi-da, uning 
qayerda turganligini Baxtiyordan so‗raydi. Baxtiyor oltinchi o‗quvchini ko‗rsatgach, 
o‗qituvchi uning nomeri nechanchi ekanligini aytib berishni so‗raydi. ―Baxtiyor,—6 deydi 
o‗qituvchi,— demak, ketgan kim» Baxtiyor: ―Oltinchi!‖—deb dadil javob beradi. O‗yin 
oltita 
o‗yinchidan 
har 
biri 
navbatma-navbat 
borib 
joyiga 
o‗tirguniga 
qadar davom ettiriladi. Kim to‗g‗ri topsa, o‗qituvchi uning g‗olib chiqqanligini 
aytadi. Har bir berilgan to‗g‗ri javobdan so‗ng bolalar qarsak chalishadi. O‗yin 10 
minut davom etadi. Bu o‗yin g‗oyat foydali bo‗lib, aqlni charxlash, intellektni oshirish, 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling