Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Kartoshka frilari.
- Kartoshka chipslari
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 236 yopishqoqligi va tiniq rangini ta‘minlovchi emulgatorlar va oqsil, uglevod va yog‘lar mavjud. Kartoshka yormasi suv quygan zaxot kartoshka bo‘tqasiga aylanadi undan chipslar sho‘rvalar panerovkalar va albatta bo‘tqa tayyorlashda foydalanishimiz mumkin. Kartoshka yormasiga qo‘yiladigan standart talblari quyidagicha: Avvalambor rangi tiniq kukunlar toza, kartoshkaning taxir tami bo‘lmasligi kerak donalari mayda bo‘lishi lozim. 2 Kartoshka frilari. Kartoshka frilari avvaldan barcha sevib iste‘mol qiladigan tez tayyorlanadigan mahsulot. Zavod sharoitida uni quyidagicha tayyorlanadi; 1.Kartoshka yuvib po‘chog‘idan tozalanadi. 2.Mahsus kata kichikligiga saralanadi 3. Pichoqlar yordamida kesiladi,uzun tayoqchalar kalta tayoqchalardan ajratiladi 4. 70 С da blansherlanadi,blansherlash davomida unga rangini yorqinroq qilishga yordam beradigan emulgatorlar ishlatiladi. 5. Friturnitsada qovurib olinadi 6. Jadal muzlatiladi 7. Qadoqlanadi va yarim tayyor mahsulot holiga keltiriladi. Kartoshka frilariga qo‘yiladigan standart talablar tayoqchalar uzunligi 7 sm kam bo‘lmasligi. Rangi och tillarang. Tami mazali. Konsistensiyasi qovirilgandan so‘ng tashqi tarafi qarsildoq ichi esa yumshoq bo‘lishi lozim. Tayyor mahsulot tarkibida qoraygan chirgan va po‘chog‘i archilmagan kartoshkalar bo‘lmasligi lozim. Yarim tayyor mahsulot -18 C da muzlatgichda saqlanadi. Muzdan tushgan mahsulot istemolga yaroqsiz hisoblanadi. Kartoshka chipslari Kartoshka chipslari santa va fontane sortlaridan mazali va qarsildoq bo‘lib chiqadi.Buning uchun 4-9 sm atrofidagi kartoshkalardan foydalaniladi. Chips ishlab chiqarish texnologiyasi: 1. Bunkerga kartoshkalar to‘kiladi va barabanda yuviladi 2. Chotkali aparatda bug‘ orqali po‘chog‘idan tozalanadi va yana yuviladi 3. Rolikli konveyerda sortirovka qilinadi 4. Pichoqda ingichka qilib to‘g‘raladi va 3 daqida davomida friturada qoviriladi. 5. Saralanadi va barabanda ziravor sepiladi. 6. Qadoqlanadi. Bundan tashqari Pringles, Lays stax chipslari kartoshka unidan yani xamirni presslab tayyorlanadi bu chipslarni bir xil razmerda bo‘lishini taminlaydi va bu ularni plastik banka va korobkalarga qadoqlashni osonlashtiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling