Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 238 Insoniyat dunyosi hamisha yangilikka intiladi, yangi g‘oya va yangicha faoliyat nafaqat kundalik hayotimiz, avvalo, ta‘lim-tarbiya tizimi uchun muhim sanaladi. Ta‘limda, ilm-fan sohasida yangilik yaratish oson masala emas, bu ko‘p mashaqqat, mehnat va tinimsiz izlanishni, atrofdagi insonlardan ko‘ra kengroq fikr-mulohaza yuritishni, kreativlikni talab etadi. Hozirda rivojlanayotgan dunyo, bugungi real hayotning har sohasi uchun kreativ shaxs va uning g‘oyalari zarur desak mubolag‘a bo‘lmas. Kreativlik muammosi insoniyatni tashvishga solgan muammolardan biridir, chunki kreativlik biz yuqorida aytganimizdek jamiyat hayotining ajralmas qismi va uning rivojlanishi va oldinga siljishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ko‘p asrlar davomida olimlar va tadqiqotchilar kreativ jarayonning tabiati, kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari haqida bahslashib kelishgan. Biz bu haqida yuqoridagi paragrifda atroflicha yoritib o‘tdik shunday bo‘lsada, xorijiy tajribalarga ―kreativ‖, ―kompetentsiya‖ terminlari qayta va qayta ta‘rif hamda tahlillarga muhtojdek. Kreativlik va ijodiy fikrlashga bag‘ishlangan 60 dan ko‘p asar yaratgan doktor Edvard de Bononing fikricha, odamlar kreativ bo‘lishga o‘rganishlari mumkin. Buning uchun ularga motivatsiya (rag‘batlanganlik), hamda yangi muqobil variantlarni izlab topishga yordam beradigan priyomlar majmui zarur bo‘ladi. Uning fikriga ko‘ra, bu yangi farqlarni topa olish va yangi kategoriyalarni yaratish qobiliyatini olishni anglatadi. De Bonoga ko‘ra, elementlarning yangicha birga kelishi/qo‘llanilishini topish yoki ularni kutilmagan nuqtai nazarlardan o‘rganish qobiliyati ana shunday tarzda yuzaga keladi. Bundan tashqari, kreativlikning turli xillari mavjud: ushbu kategoriyaning rivojlanish tarixini tahlil qilish bizga tadqiqotimiz davomida kreativlikning ikki turini o‘rganish imkonini berdi: ―kichik (yoki individual shaxsiy) kreativlik‖ va ―katta (ijtimoiy) kreativlik‖. M.Bodenga qo‘shilgan holda, biz kichik kreativlik deganda odamlar yangi muammolarni yechishda yoki ma‘lum muammolarni yangi yo‘l (usul) bilan yechishda namoyish qiladigan har kunlik kreativlikni tushunamiz. Katta (ijtimoiy) kreativlik deganda natijasi jahon tarixi va madaniyatiga ta‘sir ko‘rsatgan kreativlik tushuniladi, va bunga Motsart, Betxovenning musiqiy asarlari, Malevich, Mikelanjeloning rasmlari va hokazolar kiradi. Olim A. Maslou birlamchi va ikkinlamchi kreativlikni ajratadi, va birlamchi kreativlik, yoki ilhomlangan ijodkorlik bosqichi ikkilamchi kreativlikdan – ijodiy mahsulotning tafsilotlarini berish va unga muayyan/konkret predmet shaklini berish jarayonidan albatta (majburiy tarzda) farq qilinishi shart. Bu ikkinchi bosqich nafaqat va albatta ijodkorlikni emas, balki og‘ir har kuni takrorlanadigan ishni ham o‘z ichiga oladi va uning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ijodkorning (yaratuvchining) o‘zini intizomga solishiga bog‘liq bo‘ladi, va ba‘zan bunday ijodkor o‘zi ko‘rayotgan yoki his qilayotgan (ko‘rgan yoki his qilgan) narsani to‘laqonlik ifoda qilishga nihoyat tayyor bo‘lish uchun ijodning muayyan/konkret qurollarini o‘zlashtirishga, materialning mohiyatini chuqur tushunishga, instrumental malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga butun umrini sarf qilishi mumkin. Ilhomlangan fikr, reja va natija orasida nihoyatda zo‘r, og‘ir mehnat, ulkan o‘zini intizomga solish, tajriba orttirish uchun holdan toydiradigan kunlar, oylar va yillar, ko‘plab qoralangan nusxalar va xomqoliplar, oq qog‘oz varog‘i oldida ko‘ngil sovub ketishlari, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling