Konferensiyasi
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 63 xossalarini ko‗rish zarur.Qand yoki shaker mahsus idishga solinib qizdiriladi.Tajribada dastlab modda sarg‗ayadi, so‗ng qorayadi ,idish devorlari namlanadi. De- mak, qand tarkibida suv bor.Idish tubida qolgan qora qurum esa shaker tarkibida uglerod bor- ligidan dalolat beradi. Bu esa shakarning kimyoviy xossasidir. Kuzatish natijasida o‗quvchilarga xulosa qilish uchun savollar berilib tajriba mustahkamlanadi. Shunday tajribalarni o‗tkazish orqali o‗quvchida amaliy ko‗nikma ,malaka va bilim shak- llantiriladi. Ya‘ni kompetensiyalarni shakllantiriladi ,hayotda o‗quvchi bilimlarini qo‗llay oladi, bizning maqsadimiz va vazifamiz ham shudir. Darslarda amaliy mashg‗ulotlar bilan bog‗lab o‗tkazishning ahamiyati ayniqs akatta. Chunki bunday qilingan taqdirda o‗quvchi sezgi organlarining hammasi mavzu mazmunini o‗zlashtirishga kompleks safarbar etiladi. Shu sohaga oid nazariy hamda amaliy tushunchalar bolalarning ongiga chuqurroq yetib boradi,singadi va esida doim saqlanadi.E‘tirof etish kerak, bu oson ish emas.Kimyo darslarini kundalik hayot va amaliy mashg‗ulotlar bilan bog‗ olib borish , avvalo o‗qituvchining anchagina mehnat qilishi, tajriba va tinimsiz izlanishlarni talab etadi. Amaliy mashg‗ulotlarni ma‘lum mavzularni o‗rgangandan so‗ng o‗quvchilar tomonidan mus- taqil ravishda bajariladigan tajribalardir. Amaliy mashg‗ulotlarni didaktik maqsadi, nazariy bilim- larni mustahkamlash va amaliy malaka ko‗nikmalarini rivojlantirishdir. Bunday mashg‗ulotlarni ijobiy tomoni shundan iboratki, bunda o‗quvchilar turli moddalar, har xil jihozlar bilan ishlash miqyosi kengayadi, murakkabroq asbob-uskunalar bilan ishlashga imkon bo‗lib, natijada mus- taqil xulosalanadi, daftarga xuddi ilmiy laboratoriyada ishlagandek natijalar qayd etiladi. Ishqorlarning xossalarini o‗rganishda quyidagi tajriba o‗quvchilarda o‗zga- cha taasurot qoldi- radi .Kalsiy metalliga fenolftaleyin eritmasidan ozroq miqdorda quyilsa, birozdan so‗ng rangsiz eritma pushti rangga kiradi.Xulosa, kalsiy haqiqatda ishqoriy metall.Demak, darslarda nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda amaliyotga ham alohida e‘tibor qaratish o‗quvchilarning amaliy ko‗nikma va malakalarini rivojlantirib borish zarurdir. Shuning uchun nazariy bilimlarni hayotda qo‗llash uchun amaliy tajribalarni ahamiyati katta hisoblanadi. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling