O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
TAFU rektori
__________________A. Umarov
202_ y. “___” __________
|
ANTIKORRUPSION MADANIYAT ASOSLARI
FANINING O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000 – Ta’lim, 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Ta’lim, 310000 – Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
Barcha ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun
|
Fan/modul kodi
B34FACC
|
O’quv yili
2021-2022
|
Semestr
3
|
ECTS kreditlar
4
|
Fan/Modul turi
Tanlov
|
Ta’lim tili
O’zbek/Rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Antikorrupsion madaniyat asoslari
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – korrupsiyaga ijtimoiy-huququy hodisa va jamiyatning ruhiy-ahloqiy buzilishi sifatida qarash, antikorrupsion tarbiya, pedagogning antikorrupsion madaniyati, qonunchilik asoslari, antikorrupsion siyosat, fuqarolik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli, huquqiy masalalar, korrupsiya turlari, korrupsiyaning oqibatlari, pedagogning antikorrupsion madaniyati bo’yicha bilimlar berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – fan mavzulari bo’yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalalarni hamda fanga oid ilmiy dunyoqarashi shakllantirish, interfaol o’qitish usullarini qo’llash hamda talabaning mustaqil ishlarini tashkil qilish orqali unda kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida.
Korrupsiya – ijtimoiy-huquqiy hodisa. Korrupsion munosabarlarning paydo bo’lish tarixi va ularga qarshi kurash. Korrupsiyaga qarshi qonunchilik hujjatlari. Korrupsiyaga qarshi dunyo tajribasi.
2-mavzu. Korrupsion holatlar jamiyatning ruhiy-ahloqiy buzilishi sifatida
Korrupsion holatlar jamiyatning ruhiy-ahloqiy buzilishi, yashash darajasining pastligi, ma’naviyatning yo’qolishi, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, mehnatga haq to’lash va uning xavfsizligi bo’yicha boshqaruv qarorlarining ijtimoiy yo’naltirilmaganligi natijasi sifatida. Pedagogning korrupsion motivatsiyasining o’ziga xosligi.
3-mavzu. Antikorrupsion madaniyat – shaxsning ma’naviy-ahloqiy rivojlanish omillaridan biri
Talabalarning antikorrupsion ahloqiy-huquqiy madaniyati o’sib kelayotgan avlodning ma’naviy-ahloqiy qadriyatlaridan biri sifatida. Antikorrupsion ta’lim – shaxsning ma’naviy-ahloqiy rivojlanish omillaridan biri, zamonaviy fuqarolik jamiyatining asosi sifatida. Ta’lim va tarbiyaning birligi, antikorrupsion ta’lim usuli sifatida.
4-mavzu. Ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar, pedagogning antikorrupsion madaniyatining asosi sifatida
Ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar, ta’lim sohasi xodimining antikorrupsion madaniyatining asosi sifatida. Butunlik, uzluksizlik, mantiqiy va emotsional jihatlarning antikorrupsion ta’limni tashkil qilishning mazmunning, prosessual komponentlarning, uning metodologik, ilmiy-nazariy va didaktik yaxlitligini ta’minlovchi prinsipial uslubiy asoslar sifatida. Korrupsion holatlarning paydo bo’lish va tarqalish sabablari, jamiyatdagi o’tmishdagi va hozirgi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy sohalardagi korrupsion faoliyatlarning salbiy oqibatlari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |