Konfidensial axborotni himoyalashning huquqiy asoslari
Axborot xavfsizligini ta’minlash
Download 37.69 Kb.
|
yuldashov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotni himoyalash
Axborot xavfsizligini ta’minlash
Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik; Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo’l qo’ymaslik; Axborotni tegishli huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo’l qo’ymaslik; Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o’rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo’llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi. Axborot xavfsizlig deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o’g’irlash yoki nusxaolishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. Axborotni himoyalash Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat'iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo’qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo’lgan xavf - xatarning oldini olish; axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko’chirish, to’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish; hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning oldini olish; axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash; davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash; axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo’llashda sub'ektlarning huquqlarini ta’minlash. Axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bo’lgan qonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar yo’riqnomalar, qo’llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o’rganib chiqilmoqda. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun qo’lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob'ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin. Agar axborotning o’g’irlanishi moddiy va ma’naviy boyliklarning yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog’liq bo’lsa, jinoiy javobgarlik O’zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko’zda tutilgan. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy me’yorlarni o’z ichiga oladi. Axborot xavfsizligi bo’yicha tadbirlar kompleksining asosini axborot himoyasining strategiyasi tashkil etishi lozim. Unda ishonchli himoya tizimini qurish uchun zaruriy maqsadlar, mezonlar, prinsiplar va muolajalar aniqlanadi. Axborot himoyasi umumiy strategiyasining muhim xususiyati xavfsizlik tizimini taqiqlashdir. Ikkita asosiy yo’nalishni ajratish mumkin: Himoya vositalarining tahlili; Hujum bo’lganini aniqlash. Axborot xavfsizligini ta’minlash iyerarxiyasidagi ikkinchi masala siyosatni aniqlashdir. Uning mazmuni eng ratsional vositalar va resurslar, ko’rilayotgan masala maqsadi va unga yondashishni tashkil etadi. Bu hujjat matnni bir nechta sahifalaridan iborat bo’lib, tarmoq fizik arxitekturasini shakllantiradi, undagi axborot esa himoya mahsulotini tanlashni aniqlaydi. Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob'ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So’ngra dushmanning bu ob'ektga qiziqish darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko’riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani ta’minlamaydigan ob'ektning zaif joylari aniqlanadi. Odatda ko’p sonli foydalanuvchilarga ega bo’lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda ikki qismdan iborat bo’ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy prinsiplar Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo’llanmalar bilan to’ldirilishi mumkin. Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari, shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy, jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo’shimcha choralari sifatida yuzaga keldi. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrdagi «Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonungaI asosan O’zbekiston Respublikasi JK va MJTKlariga o‘zgartirishlar kiritildi va axborotlarni himoya qilish masalalari yanada mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xafvsizligini ta’minlash borasidagi qo’shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi 2005 yil 5 sentabr 167-sonli qaroriga muvofiq kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi «O’zinfokom» huzurida «Kompyuter hodisalariga chora ko’rish xizmati» (UZ- CERT) tashkil etilgan. UZ-CERT xizmati milliy axborot tizimlari va Internet resurslari foydalanuvchilarini xabardor qiladi. Bundan tashqari, guruh axborot tahdidlarini oldini olish bo’yicha maslahatlar va texnik yordam beruvchi yagona markazdir. Shunday qilib axborot texnologiyalarini, xususan, kompyuter tizimlarini kasbiy faoliyatda har qanday ko‘rinishda qo’llash bilan bir qatorda axborot xavfsizligini ta’minlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Download 37.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling