Konfliktdan chiqib ketishda insonning emotsional-psixologik holati
Download 84.48 Kb.
|
SOATMURODOVA ZEBO
Konflikda g‘oliblik strategiyasi
Eng oddiy resept - bu shu holat bilan bog‘liq stressni e’tiborga olmaslikdir, ya’ni hasadgo‘ylik hissi paydo bo‘lsa uni bo‘lmagan deb hisoblash kerak. Ma’lum ma’noda bu yordam beradi. Lekin uni bo‘lmagan deb qarash uni butunlay yo‘qolishiga olib kelmaydi, balki uni chuqurroq joylashishiga va bir kun kelib portlashiga olib keladi. Mana shu portlash ro‘y bermasligi uchun har bir odam o‘zidagi hasadgo‘ylik hissini ongli ravishda yo‘qotishi, chiqarib tashlashi kerak. Mashhur bir odam shunday degan edi: “Men yaqinlarimga yaxshilik xohlamaslikda emas, balki men ulardagi narsalarni xohlashimdadir”. Agar sen o‘zingga ishonsang, nima xalaqit beryotgani, o‘sha odamday bo‘lishinga qobiliyatli bo‘lish kerakligi, lekin aynan o‘sha odamni yutuqlarini takrorlash shart emas, balki boshqa yo‘llarini ham izlab topsa bo‘ladi. To‘g‘ri bo‘lgan yo‘l har doim ham yuqori cho‘qqiga chiqishni kafolatlamaydi, lekin hayotda hamma narsa pul, obru, amal bilan o‘lchanmaydi. Undan qiziqroq, foydaliroq narsalar borki ular odamni yashashga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi. Afsuski, ko‘pchilik buni kech tushunadilar, o‘zganing narsasi qanchalik qimmatli, buyuk bo‘lmasin haqiqiy quvonch, baxt keltirmaydi va o‘zganiki bo‘lib qolaveradi. Har qanday dinda hasad katta gunoh hisoblanadi. Pedagog-psixologlar fikriga ko‘ra hasadgo‘ylik ma’lumotiga yoki ijtimoiy mavqeiga qarab bo‘lmasdan har bir shaxsning o‘ziga hosdir. Hasadchi birinchi navbatda o‘zini tanasini va qalbini yemira boshlaydi. Bu har bir temperament turlarida turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Xoleriklarda tajavvuzkorlik belgilari bilan, o‘zgacha ziyon yetkazish tomirlar spazmi, taxikardiya, “asabiylik” gipertamiyasi bilan birga kechadi. Milanxoliklarda esa mayda-cho‘yda qing‘irliklar bilan chetdan turib, begona qo‘llar yordamida ziyon yetkazishga harakat qiladi. Sanvinklarda boshqalarga nisbatan hasadgo‘ylik kam kuzatiladi. Lekin shunday bo‘lsa ham agar ularda bu holat kuzatiladigan bo‘lsa unda ular aniq maqsadga yo‘naltirilgan katta ziyon yetkazishlari mumkin. Bundan tashqari, hasad ularni organizmini, yurak-qon tomir tizimi va immunitetini izdan chiqaradi. Flegmatiklar haqiqiy xasadni his qilmaydilar, ular uchun boshqalar muvoffaqiyatdan bir oz norozilik, ta’sirlanish kuzatilishi mumkin. Ular lekin o‘zgaga ziyon yetkazmaydilar. “Hasadgo‘y odam dushmaniga qilgandek, o‘z-o‘ziga zarar yetkazadi”. Demokrit hasadni ikki turga bo‘ladi: oq va qora. Oq hasadni faqat jismonan va ma’nan baquvvat, irodasi mustahkam kishilar his qilishi mumkin. Ulardagi hohishning kuchliligi yonidagidan o‘rnak olib intilishi, harakat qilishi bu - oq hasaddir. Qora hasad yoki ichi qoralik uzoq vaqt davomida insonni o‘zi sezmagan holda ich-etini kemirish, parchalashidir. Odam o‘zgani yaxshi tamonini ko‘ra olmaydi, ko‘zlari ochiq lekin qalb ko‘zi ko‘r bo‘ladi. G‘azab va omadsizlik uni ichini yemira boshlaydi. Bunday hasadgo‘ylikni yo‘qotish uchun oldin sodir bo‘layotgan voqealarni tahlil qilish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish va o‘z qarashlarni o‘zgartirish kerak. Lekin hasadgo‘ylikni to‘xtatib bo‘lmaydi, to‘xtatish ham kerak emas. Chunki to‘g‘ri anglangan va qo‘llangan hasad keraklidir. Hasadgo‘ylik orqali o‘sha omadli odam bilan o‘zini taqqoslashi va o‘z-o‘zini solishtirishida ma’lum bir mazmunda foydalidir. Hasadchida o‘z-o‘zini baholash ham past bo‘ladi. Mana shu o‘z-o‘zini baholashni ko‘tarish kerak. Buning uchun birinchidan, o‘zingiz qila oladigan ishlar ro‘yxatini keltiring. Ikkinchidan, o‘zingizni qadrli bilgan holda o‘zgalar uchun o‘zingizni baxshida qilingva shu orqali o‘zgalar hayotiga havas nigohi bilan qarang. O‘zgalar bilan solishtirishni bas qilgan holda kelajakni rejalashtirish, yashash tarzini yaxshi tamonga o‘zgartirishdir. Hech qachon unutmaslik kerak, har bir odamda qandaydir bir fazilat bo‘lib, u boshqalardan ajralib turadi va ustunligi shundadir. Mana shu fazilatni, ustunlikni o‘zida rivojlantirish kerak va shu orqali hasadgo‘ylikni yo‘qotish, balki boshqalarning hasad qilishiga emas balki havas qilishiga imkon yaratish mumkin. O‘tkir hasad paydo bo‘lganda quyidagi tavsiya yordam berishi mumkin: bunday paytda krisloga o‘tirish, divanga bo‘shashgan holda yotib olish mumkin. Ko‘zni yumib o‘zingiz uchun sevimli bo‘lgan joyni tasavvur qiling, mumkin plyajda, dala hovlida, o‘rmonda, yaxshi narsalar to‘g‘risida tabiatni go‘zalligi, gullarning hidi, suvning shildirab oqishi, qushlarning sayrashi, mayin shaboda esib turishi va boshqalarni. Kamida sizni kayfiyatingizni ko‘taradi, ichki taranglikni kamaytirib, tinchlantiradi va sezilarli darajada hasadli kechinmalarni pasaytiradi. Yana bir maslahat, ham kasbingizga kunda bir necha marta “men juda hursandman”, mening do‘stimni, dugonamni ishi yaxshiligidan, “men baxtiliman” hayotimizdan, odamlarda hamma narsa yaxshiligidan bu degani mening hayotimda ham yaxshi kunlar bo‘ladi va mening ishlarim ham kundan-kunga rivojlanib, o‘sib boradi, deya o‘z-o‘zini himoya qilish usullarini qo‘llab turish kerak. Hasadgo‘yga yutuqlaringiz, muvoffaqiyatlaringiz, omadli ekanligingizni aytmaslikka harakat qiling, iloji boricha biror narsada undan maslahat yoki yordam so‘rang. Bu uni hayron qoldiradi. Uni yuziga kulib qarang, munosabatlarni oydinlashtirishga harakat qilmang. O‘rtadagi masofani saqlang. Agar ichi qoraligini sezdirib qo‘yadigan bo‘lsa, sizga tajavvuzkorlik qilishga harakat qilsa, bir oz kulimsiragan holda ko‘ziga tikilmasdan labiga yoki burniga qaragan holda “kechirasiz men sizni eshitmadim” deyishingiz lozim. U nima deb javob berishidan qat’iy nazar tinchgina, kulmasdan “tinchlaning hammasi ravshan” deb orqaga o‘girib ketishingiz kerak. Download 84.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling