Konfliktlar yechimida adolatparvarlik mezonlari Reja


O`quvchilar bilan aloqa o`rnata olmaslik


Download 15.08 Kb.
bet2/2
Sana29.01.2023
Hajmi15.08 Kb.
#1138378
1   2
Bog'liq
Konfliktlar yechimida adolatparvarlik mezonlari Reja-fayllar.org

O`quvchilar bilan aloqa o`rnata olmaslik.
- murakkab xolatlarda ularga ularga yordam berishini bilasizmi;
- o`quvchilar qiziqishlarini e`tiborga olmaslik va o`zaro munosabatlarda ularpni e`tiborga olmaslik;
- avtoritar boshqaruv;
- mavjud vaziyatga baxo bera olmaslik;
- o`zaro xamkorlikni o`rnata bilmaslik;
- avlodlar o`rtasida o`zaro tushinmaslik;

  • o`quvchi shaxsiga qiziqmaslik;
    - pedagogik etika meyorlariga rioya etmaslik;
    - pedagogik etikaning qo`pol buzilishi;
    - pedagogik ziddiyatlarga tayyor emaslik va bu boradagibilimlar bilan qurollanmaganlik;

    O`quvchilarga keng qamrovli ta`sir ko`rsatish hamda uzoq muddat ularni o`z ta`sirida ushlab turishi uning o`qituvchi ko`plab murojat shakillari egallagan bo`lishi muhum pedagogik ahamiyatga ega. Unga quyidagilar kiradi:


    a) shaxsiy ishonch murojati: «men sizlarga ishonaman», «sen menga ko`p narsada yordam beraolasan, bu sen uchun umuman qiyin emas», «men senga tashakkur bildirar edim, meningiltimosimni bajarasan», va xakozolar. Asosan bunday murojat o`spirinlar va yuqori sinf o`kuvchilari ishlasho`da qo`l keladi. Bunday murojat ularda udarda^kattalar bilan tenglikka hamkorlik qilish ehtiyojini paydo qiladi.
    b) hissiy - shaxsiy munosabat: «bugun barchamiz charchadik,oltinchi soat ketayapti birimizni avaylaylik», «bilaman bugun sizlarda matematikadan oraliq nazorat o`tkazildi: charchagansiz, kiyin bo`lmadimi? Bugun darsimizni boshkacha, biroz qiziqarlirok tashkil etamiz, men sizdardan so`ramayman», va hokazolar. Bunday munosabatni o`zaro tushinishni, bir - biriniavaylash xissini paydo qiladi. Bu erda eng muhum - xissiyotlar uyg`unligini va o`zaro bir - birigahurmatni tarkib topdiradi. Buni aloxida o`quvchiga nisbatan ham qo`llash mumkin.
    v) rasmiy murojat: «barcha o`z ishi bilan mashg`ul bo`lsin», «xalaqt berilmasin», «Kim qo`shimcha qiladi», «takliflar bormi».
    Pedagogik foaliyatda o`qituvchi muloqati turining quyidagi shakillari mavjud:
    1.«Qattiq intizom» ni talab qiluvchi munosabat. Bu o`rinda o`qituvchi sinif bilan birinchi tanishuvidanoq avtoritar uslubda ish boshlaydi va bu keyingi foaliyatda mustaxkamlanib qoladi. Mazkur munosabatda o`qituvchini o`quvchilarning ruxiy hususiyatlari va holati kam qiziqtirmaydi. Pedagogik ta`sir darsdagi qattik intizom va fan orqali amalga oshiriladi. Kichik xato uchun ham «ikki» , «o`quvchilarga erkinlik bermang, shunda nizo ham bo`lmaydi» - bu shu toifadagi o`qituvchilar fikri. O`qituvchi bu usul orqali o`zlashtirish va tartib - intizomga erishadi. Bu toifadagi o`qituvchilar doirasi faqat yaxshi o`zlashtiruchi, qobilyatli o`quvchilargina faol. Kuchsiz o`quvchilar esa o`z muammo va qiyinchiliklarini yashirishga urinadilar, ular o`qituvchiga to`liq itoatgo`y.
    2. «Tartibni chidamlilik bilan kutish» ni talab qiliuvchi munosabat. Bu munosabat usuliga shaxsiy - tanlash xarakteri xos. Bu o`z faniga berilgan va o`quvchilarni ham qiziqtirishga xarakat qilayotgan o`qtuvchilar faoliyatida ko`plab uchraydi. U asosan endigina ish boshlayotgan o`qituvchilarga xos bu vaziyatda sinfdagi tartib intizom o`rnatishni material mazmuniga yoki o`qituvchi shaxsiga qiziqqan bir yoki bir gurux o`quvchilar o`z zimmasiga oladi. O`qituvchi uzoq muddat bolalar bilan tanishishini chidamlilik bilan kuta oladi, u o`zini shaxs sifatida ko`rsatish tarafdori va oxir - oqibat o`quvchilarni o`ziga ag`dara oladi, o`quvchilar uni hurmat qiladi, e`zozlaydi, unga intiladi, u bilan vaqti maroqli. Bu toifadagi o`qituvchilar o`quvchilar bilan «ochiq» munosabat istaydi, o`z faniga qiziqtirish orqali ular bilan hamkorlik o`rnatish tarafdori. Ammo bu jarayon uzoq muddat ta`lab qiladi, o`qituvchidan chidamlilikni va xatto jasoratni talab qiladi.
    3.«O`quvchilardan xafa bo`lish». Bu toifadagi o`qituvchilar uchun ishdan charchaganlikka o`quvchilardan norozilik kayfiyati mavjud. Ular doim shikoyat bilan yurishadi. O`qituvchining bunday o`zini tutishi o`zaro munosabatlarda hissiy vaziyatga aloqadorlik munosabatini tarkib topdirdi. Bu o`qituvchi bolalar tabassumi xulqi g`ashini keltiradi, to`satdan tanbex beradi, xafa-kinoyali oxangda so`zlashadi, ba`zan baqir xolati ham uchrab turadi. Darsda ruhiy zo`riqish xolati xukmron: o`quvchilar fikri bir joyga jamlanmagan, ularning xar biri o`qituvchi tanbexi va tanqididan ximoyalangan emas. Bu xolat o`qituvchi sog`ligiga putur etkazadi, o`quvchilarga qo`pol munosabatda bo`lishiga olib keladi. O`qituvchining bunday munosabatini oqlab bo`lmaydi. U barchasida o`quvchilarni aybdor hisoblaydi, o`quvchilardan xurmat va muxabbat talab qiladi, ammo evaziga ommoviy norozilikka duch keladi. U o`z murojatida tez — tez ta`na, do`q – po`pisa usullaridan foydalanadi, bu esa o`z o`rnida murakkab vaziyatlarni yuzaga keltiradi.
    4.«Hamkorlik». Bu munosabat zamirida o`quvchilar shaxsini yaxshi bilish, ma`lum ~muvaffaqiyatsizliklarga va o`quvchilar xulqidagi nuqsonlarga chidamlilik yotadi. Bunday munosabatlar o`quvchida o`ziga va o`qituvchiga ishonch uyg`otadi, jazolansa - qarshilik ko`rsatmaydi. Uqituvchi o`quvchilarga muntazzam qiziqadi, u o`quvchilarda barcha ichki qarama - qarshiliklarni va murakkab turli oilaviy sharoitlarda ulg`ayib borayotgan va shaxs sifatida shakillanib borayotgan shaxslarni ko`ra biladi.
    O`qituvchining o`zaro muloqotdagi uquvsizligi, o`quvchiga pedagogik ta`sir etish variyantlarining mavjud emasligiga, shakillanib ulgurgan xarakatlarini amalga oshirishga extiyoj tug`diradi. Tabiiyki ular bolalarni ham qiziqtirdi. Tanbex va ta`nalarni ifodalashda o`qituvchi xissiy yoqtirmaslik oxangida gapiradi va ular ham mazmun moxiyatga ega: «ahmoqana savollaring bilan jonimga tegib ketting», «kimga dars qizikarli bo`lmasa, bemalol chiqib ketaversin», «sen o`zing ishlamayapsan boshqalarga xalaqit berma». O`qituvchining to`g`ri qaror qabul qilishi uchun xalaqit berayotgan birgina faktning o`zi kamlik qiladi. Buning uchun xalaqid berish moxiyatining anglash va uni to`g`ri taxlil qilish zarur. Bolalar buning mohiyatini yaxshi bilishadi, sababi ularga ayon, ammo ular odatda sukut saqlaydi, biron narsani tushintirishga urinish va aniqlik kiritishga xarakatlar o`qituvchi tomonidan inkor etiladi («o`zim xal qilaman», «hammasini bilaman») kabi .
    Bu kabi qator xatoliklar va yangi ma`lumotlarni qabul qilmaslik o`qituvchi ongida shakillanib ulgurgan steoritiplariga zid. O`quvchilar esa ayna paytda voqea davomini diqqat bilan kuzatib turishadi, o`qituvchidan adolatli qaror kutishmoqda. Dars jarayonida tartib o`rnatish yaxshi xissiy ishchan kayfiyatni yuzaga keltirish - xar bir o`qituvchi uchun murakkab vazifa.
    Tartibni buzuvchi, ish jarayoniga xalakid beruvchi o`quvchi xar doim topiladi. Pedagogik ziddiyat va nizolarni yuzaga keltiruvchi ob`ektiv sabablarga quyidagilarni kiritish mumkun:
     o`quvchilarning toliqishi;
    oldingi darsdagi nizolar;
     xal kiluvchi nazorat ishlari;
     tanaffusdagi tortishuv;
     o`qituvchi kayfiyati;
     dars jarayonini tashkil etishda o`kituvchi ukuvsizligi;
     soglik va shaxsiy sifatlar;
    Ba`zan u yoki bu o`quvchiga o`qituvchi munosabati dastlabki uchrashuvgacha tarkib topishga ulguradi: o`quvchining tanaffusdagi xulqiga guvox bo`lish, ma`lumotlar asosida va xokazo.
    Pedagogik jarayon ishtirokchilari o`rtasida o`zaro munosabatlarni nafaqat istalajak sharoit sifatida qabul qilish zarur, balki pedagogik faoliyatning asosiy tarkibiy qismi sifatida o`rganish zarur. Ammo bir paytning o`zida 30 -40 o`quvchi bilan xar ikki tomonni koniqtiradigan chliq munosabatni o`rnatish o`qituvchi uchun oson ish emas.
    Buyruq munosabat - qattiq intizom, tarbiyaga aniq talablar, munosabatda rasmiylik;
    Aralashmaslik munosabati — betakorolik o`quvchilar bilan erkin muloqot o`rnatadi, o`z faniga chuqur beriladi.
    Enagalik munosabati - ortiqcha g`am xo`rlik, xar qanday mustaqillikdan cho`chish, ota -onalar bilan doimiy aloqa.
    Majorali munosabat - o`quvchilar yoqtirmaslik (yashirincha), o`z fanidan va o`quvchilardan doimiy norozilik, ovozida yoqtirmaslik oxangi.
    Xamkorlik munosabati - barcha faoliyat turlarida hamkorlik va hamfikrlilik, bir-biriga qizikish, o`zaro muloqotda bir—biriga ishonch.
    Ko`pgina o`quvchilar o`qituvchining aralashmaslik munosabatini eng samarali munosabat sifatida ko`rsatishgan (37 %). Buni shu bilan izoxlaganki o`qituvchi o`z fanini biladi o`quvchilarning bilimli bo`lishi kelajak uchun zarur, o`qishga kirishda asqotadi. Tarbiyaviy soatlarda, tadbirlarda, darsdan tashqari faoliyatda o`qituvchining ishtirok etishi shart emas, ular u yoshdan «o`tgan». Mana darsning izoxi. Mazkur xulosa maktabning tarbiyaviy roli haqida o`ylab ko`rishga majbur qildadi.
    Hamkorlik munosabatini ko`plab o`qituvchi va o`quvchilar (41%) orzudagi munosabatlar sifatida qayt etishgan. SHu jaavob bilan bir paytda ular bunday munosabatni barcha bilan bir xil tarzda o`rnatishga shubxa bilan qarashgan va u qanday ko`rinishda namoyon bo`lishini tasavvur etaolmaydi. Bularning barchasi qaysidir ma`noda o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida uzoq yillar davomida shakillanib ulgurgan munosabatlarning aniq ko`rinishini tasavvur etish imkonini beradi.
    2.O‘quvchilarni faol o‘zlashtirishga yo‘llaydigan zamonaviy ko‘rgazmali vositalardan unumli foydalanish: monitor, proektor asosida rebus, krassvord, rangli jadval va sxemalar, masala va mashqlar, maqol va matallar, she’r hamda topishmoqlar, geometrik shakllar, shartli belgilar, rivoyatlar, ilmiy pedagogik tavsiyalarni namoyish etish, qisqa vaqtda interfaol metodlar yordamida o‘quvchini topqirlikga, fikrlashga, tadqiq etishga chorlaydigan va ilhomlantiradigan vaziyatlarni vujudga keltirish talab etiladi.
    3.Nazorat topshiriqlarini bosqichli ravishda o‘quvchilarni individual-ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda berish, ularda qobiliyatlarini shakllantirishga mas’uliyat bilan qarash lozim. 4.Integrativ yondashuv asosida o‘quvchining ilmiy dunyoqarashini boyitib borishga erishish, shu asosida yangi ma’lumotlar bankini hosil qilishga oid uzluksiz metodik xizmatni amalga oshirish bilan ta’lim samaradorligiga erishish talab etiladi. 5. Har bir ta’lim muassasasida o‘qituvchining ijodiy qobiliyatini oshirib borishi, o‘z ustida ishlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish bilan birga ilg‘or pedagogik tajribalarni tizimli rag‘batlantirishni amalga oshirish lozim.
    Mustaqil ta’limga oid vazifalar

    • “Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va tatbiq etish” mavzusida texnologik xarita tuzib chiqing.

    • “Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishda interfaol metodlarning o‘rni” mavzusida referat tayyorlang.

    • “Innovatsion texnologiyalar: muammo va echimlar” mavzusida seminar-trening o‘tkazing.


    E’TIBORINGIZ UCHUN
    RAHMAT
    http://fayllar.org
    Download 15.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling