Konfliktlar yechimida adolatparvarlik mezonlari Reja
Download 15.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqKonfliktlar yechimida adolatparvarlik mezonlari Reja-fayllar.org
Konfliktlar yechimida adolatparvarlik mezonlari Reja . Konfliktlar yechimida adolatparvarlik mezonlari Reja: 1. Konfliktlarlar yechimida adolatparvarlik mezonlari. 2. Konfliktdan chiqib ketishda insonning emotsional-psixologik holatiTayanch so’z va iboralar: Ziddiytalar, adolatparvarlik, konflikt, pedagogik konflikt, adolatparvarli mezonlari, boshqarish, konfliktli vaziyat, ichki hissiyot- lar, maslahat, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, ziddiyatni yechish, konflikt manbalari, rag’batlantirish, integratsiya, moslashish, muammoda fikr jamlash Tarbiyaviy ta`sir deganda o`qituvchining o`quvchi shaxsiga, uning xulqiga e`tiqodiga, o`ziga va atrofdagilarga bo`lgan munosabatlariga, qadriyatlarni va shaxsiy sifatlarini shakillantirishga o`zgartirishlar kiritish maqsadidagi ta`siri tushiniladi. Pedagogik ta`sir vositalari sifatida so`z, mimika, namuna kabilardan foydalaniladi, ularning natija berishi esa kim ta`sir o`rsatayotganligiga va kimga ta`sir qo`rsatilayottanligiga, mavjud sharoitga ta`sir ko`rsatish vositalarini tanlashga, va albatta, munosabatga kirishuvchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar xarakteriga bevosita bog`liq. "Pedagogika" vaziyat"- bu o`quv guruhidagi murakkab munosabatlar va o`quvchilar o`zaro munosabatlarining murakkab tizimi bo`lib, o`quvchilarga ta`sir etishda e`tiborga oladigan real xolatdir"- deb izoh beradi N.V.Kuzmina Pedagogika vaziyat murakkab va oddiy bo`lishi mumkin. Murakkab vaziyatlar o`quvchining hech qanday qarshiligisiz maktabdagi faoliyatini boshqarish orqali hal qiladi. O`quv kuni davomida o`qituvchi o`quvchilar bilan keng qamrovli munosabatlar o`rnatib boradi. Natijalarni to`htatadi, kelishmovchiliklarni bartaraf etadi, bir-biriga yordamga undaydi, suxbatlariga aralashadi va hokazo. Murakkab vaziyatlarda o`qituvchi va o`kuvchining xissiy holati tomonlar o`rtasidagi unosabatlar xarakteri, guvoh o`kuvchilar ta`siri muhim rol o`ynaydi. "Har doimgidek maktabda oy oxiridagi umumiy yigilish bormokda. To`satdan 10 sinf o`quvchisi Ravshanning qizlarga qilgan tegajoqligi tanqid qilindi. Bu katta intizomsizlik emas, uning ustiga yig`ilishgacha Ravshanning o`ziga aytilmagan edi. Ravshan o`rtaga chiqarildi va qizlar bilan bir hafta navbatchilik qilish jazo sifatida berildi. O’rtaga chiqarish bir jazo, navbatchilar qatoriga ham kiritish ikkinchi jazo. Qizlar va o`qituvchilar kulib yuborishdi. Ravshan jazodan va tengdoshlari munosabatlaridan qattiq tashvishga tushdi. U tartibli, sportchi va sinf hamda maktabda mavqega ega o`quvchi edi. Darsdan so`ng yuqori sinf o`quvchilari uchun yig`ilish tashkil etildi. Yig`ilishda maktab direktori a`lochi va jamoatchi o`quvchilarga faxriy yorliqlar tarqatdi. Ravshan ham faxriy yorliq bilan taqdirlandi, ammo direktor uni taqdirlash chog`ida yana bir marta intizomsizlik va axloqsizlikda tana qildi. Ravshan faxriy yorlikni olishga chiqmadi. Uni sinfdoshlari buni qarsak bilan karshiladi. SHunda direktor 10 sinf o`quvchilarini tartibsiz va hurmatsizlikda ayibladi. Oqibatda bir-biriga karshi ikki guruh yuzaga keldi nizo chuqurlashdi". Mazkur vaziyatda direktor harakatini tushunish qiyin. Uning harakati qarori oddiy vaziyatni nizo darajasiga olib keldi. Bu esa o`z o`rnida barcha o`quvchilarning tarbiyaviy ishida muammolarni keltirib chiqarishi tayin. Maktab amaliyotida uchrab turadigan nizoli xarakterdagi pedagogik vaziyatlarning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin: Faoliyatli vaziyatlar (yoki nizolar) ular o`quvchilarning o`quv topshiriqlarini bajarishi, o`zlashtirishi, o`qishdan tashqari faoliyati bilan bog`liq xolda yuzaga keladi. - Hulq (hatti-harakat) bilan bog`liq vaziyatlar (yoki nizolar) ular o`quvchilar tomonidan maktab ichki tartib intizom qoydalarini buzishi oqibatida yuzaga keladi. - Munosabat bilan bog`lik vaziyatlar (yoki nizolar) ular o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro shaxsiy xissiy munosabatlari doirasida, pedagogik faoliyat jarayonidagi o`zaro mulokat doirasida vujudga keladi. Pedagogik ziddiyatlar sabablari: Download 15.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling