Konfliktlarni boshqarish xususiyatlari


Kompromiss (kelishuvchanlik) usuli – «TULKI»


Download 1.18 Mb.
bet7/8
Sana15.06.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1484003
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
konfliktlarni boshqarish xususiyatlari

Kompromiss (kelishuvchanlik) usuli – «TULKI»
«Men siz uchun hamma narsaga tayyorman. Men siz uchun foydali bo‘la olaman-mi?!»
Siz har bir konfliktda o‘ziga xos yechim mavjudligini bilasiz. Ammo konflikt yechimi uchun ko‘p vaqt va sa’y–harakat ishlatishni istamaysiz. Shu bois, eng yengil va tezkor yechimni qidirasiz. Buning uchun xushomad, maqtov, joningizni jabborga berish, riyokorlik, birovlarga yoqishga harakat qilasiz. Sizning shioringiz – “avval orqaga bir qadam, keyin oldinga ikki qadam”dir. «Judayam jahlingiz chiqib ketdimi? Mayli, qo‘ying, bu ishni o‘zim qila qolaman». “Ha, men aybdorman, keling men yana bir boshdan harakat qilib ko‘ray. Hamma aytganlaringizni tushundim. Siz buyurganday qilaman...”. “Siz nima desangiz shu, sizdan o‘tkir odam yo‘q bu dunyoda, yerda ilon qimirlasa, siz bilasiz...”. Kompromisga borishni siz o‘zingizga uyat deb hisoblamaysiz, balki kompromissga bora olmaganlardan o‘zingizni ustun qo‘yasiz. Chunki kompromissga bora olmaslikni inson xarakteridagi qusur sanaysiz, bu siz uchun ayb. Siz har qanday vaziyatda kelishishga harakat qilasiz, kompromiss – sizning hayotiy ehtiyojingizdir. Bu holatda hech bir tomon yutqazmaydi, ammo hech bir tomon yutib ham chiqmaydi. Siz ko‘pincha o‘z maqsadlaringizni ruyobga chiqarish uchun qulay vaziyat qidirasiz va mana shu qulay vaziyatni kutasiz. Siz mayda “kichik” odam bo‘lib, “katta” ishlar qilish mumkinligiga to‘la ishonasiz va bu ish qo‘lingizdan keladi ham. Bo‘ysungandek ko‘rinib, keyin hukmron bo‘lish uchun kompromisslardan ustamonlik bilan foydalanasiz.
Usulning afsalliklari: Sizning xulq-atvoringiz moslashuvchan bo‘lib, har qanday vaziyatda va holatda siz o‘zingizni erkin his qilasiz. Siz o‘zingizga ishonasiz. Talab qilinsa, har doim chekina olasiz. Zarur vaqtda chekinish – o‘z manfaatlarini saqlab qolish ekanligini bilasiz. Chekinishdan or qilmaysiz, bu – sizning yutug‘ingizdir. Shu bois, tezda boshqa odam bilan ikkalangiz uchun qoniqarli va manfaatli bo‘lgan xulosalarga kelishingiz mumkin. Muzokaralarda sizdan unumli foydalanish imkoniyati mavjud. Sizdagi kelishuv va kompromissga borish qobiliyati konflikt vaziyatni, qisqa muddatga bo‘lsa ham, yechimga olib kelishi mumkin. Kompromissga bora oladigan odam ko‘pchilikda ishonch uyg‘otadi. Ishonch esa konflikt yechimining zarur shartlaridan biri hisoblanadi.
Usulning kamchiliklari: Sizni adolatli yechimdan ko‘ra, ko‘proq tezkor yechim qiziqtiradi. Shu bois sizning yechimingiz adolatsiz va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Siz shoshilasiz, shu sabab har doim ham konflikt yechimi uchun mavjud hamma yo‘llarni qidirib, topishga ulgurmaysiz. Konflikt yechimi siz aralashganda vaqtinchalik bo‘lib, keyin yana boshidan rivojlanib ketishi ehtimoli mavjud. Sizdagi qobiyaliyatga ishonib qolib, konfliktdagi bosh muammo – muammoligicha qolib ketishi mumkin.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling