Конфликтларни олдини олишнинг
Konfliktni institutlashtirish
Download 23.05 Kb.
|
2. Konfliktni institutlashtirish
Institutlashtirishning vazifasi. Konfliktlarni oldini olishning aniq usullaridan biri bo`lgan institutlashtirish eng ko`p tarqalgan usuldir. Uning mohiyati shundaki, konflikt o`sib borgan sari konfliktda ishtirok etuvchi taraflarning manfaatlarini ifoda etuvchi va qo`llab-quvvatlovchi turli komitetlar, partiyalar, tashkilotlarni tuzish yuzasidan harakatlar amalga oshiriladi. Bu jarayon konflikt ishtirokchilarining tarqoq va izchil bo`lmagan talablari, e`tirozlari, maqsadlarini tartibga solinishiga olib keladi. Vositachilik tashkilotlarini tuzishga qaratilgan ishlar olib boriladi, bu tashkilotlar nosiyosiy institutlarning kompetentli, xolis, demokratik kayfiyatga ega vakillaridan shakllantiriladi. Institutlashtirish jarayoni konfliktlarning borishini tartibga solish imkoniyatini beradi, shu bilan birga, u konfliktni bartaraf qilishning muayyan potensial qiyinchiliklaridan xoli emas. Institutlashtirish jarayonining ziddiyatliligi shundaki, konfliktli voqealar to`lqinida vujudga kelgan tashkilotlar oddiy ishtirokchilar doirasining manfaatlaridan farq qiluvchi o`zining juda tor manfaatiga ega bo`lishi mumkin. Umuman bu konfliktli vaziyatni murakkablashtiradi, ba`zida uning hal etilishi bunday tashkilot o`z obro`si va ta`sirini saqlab turgunicha yo`qqa chiqarishi mumkin. Agar konfliktlarni jiddiy bartaraf etishning imkoni bo`lmasa va ishtirokchi taraflarning faqat bittasi ustunlikka ega bo`lgan hollarda institutlashtirish jarayoni konfliktlarni tartibga solish va bartaraf etishning zamonaviy, ma`rifiy tartibi hisoblanadi. Ijtimoiy konfliktlarni hal qilishning bunday ma`rifiy usuli hozirgi zamon g`arb demokratiyasi uchun tipik hisoblanadi. R.Dalning fikricha, demokratik sharoitlarda zo`rlik ishlatishning imkoniyatlari cheklanadi. U faqat butun bir jamiyatda o`z tarafdorlariga ega bo`lmagan kamchilikka nisbatan istisno hollarda qo`llanilishi mumkin. Ijtimoiy muammolarni hal etishning asosiy usuli bu ularni tinch yo`l bilan hal etishdir. U konfliktlarni tinch yo`l bilan borishini ta`minlovchi eng qulay yettita shartni sanab ko`rsatgan: - maslahatlar va muzokaralar olib borish, manfaatlarni o`rganish, o`zaro foydali yechimlarni qidirish tarafdorlari bo`lgan institutsional tuzilmalarning mavjudligi; -muammolarni samarali hal qilishni nazarda tutgan bitimlarning keng doirasi; - konfliktlarni kumulyativliligining mavjud emasligi; - keng iqtisodiy imkoniyatlar (to`kin-sochinlik); -avvalgi konfliktlarni tinch yo`l bilan hal qilinishi natijalari haqida fuqarolarning ijobiy xabardorligi; -foydalanilishi mumkin bo`lgan kuch ishlatish vositalarining taraflar o`rtasida teng bo`lishi; - tinch yo`l bilan hal qilishga imkon beruvchi yetarli sharoitlarning ko`p bo`lishi1. Download 23.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling