Конфликтларни олдини олишнинг
Download 23.05 Kb.
|
3. Normativ mexanizmlar
Konfliktlarni normativ tartibga solish. Konfliktni institutlashtirish haqida gapirganda uni tartibga solishdagi normativ yondashuvning ahamiyatini alohida ta`kidlash zarur. Xulq-atvor normalarini ma`lum darajada institutsional tuzilma deb hisoblash mumkin, institutlar tegishli normalarsiz amal qilmaydi. Konflikt insonlar o`rtasidagi har qanday munosabat kabi u yoki bu darajada ijtimoiy xulq-atvor normalari bilan tartibga solinadi. Bunda turli ko`rinishda va mazmundagi normalar amal qiladi: huquqiy, axloqiy, diniy, siyosiy va h. Konfliktli vaziyatni axloqiy, diniy normalar bilan ham tartibga solish mumkin. Konflikt bilan bog`liq axloq normalari odatda og`zaki va umuman aniq shakllanmagan bo`ladi. Biroq, amaliyotda axloq normalariga murojaat qilish juda kam uchraydi. Konfliktlarning normativ tasnifi uchun huquq normalari muhim ahamiyat kasb etadi. Axloq va diniy qoidalardan farq qilib, huquq normalari qonunlar va boshqa hujjatlarda mustahkamlanadi va davlat tomonidan sanksiyalanadi. Bundan konfliktning o`zini va sababini huquqiy baholash rasmiy xarakterga ega ekanligi va hech kimning tazyiqi bilan o`zgartirilishi mumkin emasligi tushuniladi. Quyida konflikt ishtirokchilarining xulq-atvoriga normaning ta`sir etuvchi mexanizmi xususida to`xtalish lozim. Huquq normasi, har qanday boshqa ijtimoiy norma kabi, odamlar xulq-atvoriga ta`sir etishning bir necha usullariga ega. Bu birinchidan, axborot orqali ta`sir etish: norma individ (ijtimoiy guruh)ga davlat tomonidan ma`qullanadigan hatti-harakatning variantlarini taklif etadi, u yoki bu harakatning oqibatlari haqida ogohlantiradi. ikkinchidan, u ahamiyatli ta`sir ko`rsatadi, chunki u jamiyat va davlat tan olgan qadriyatlarni e`lon qiladi, uchinchidan, huquq normasi undagi talablarni e`tiborga olmaydiganlarga nisbatan ta`sir chorasini qo`llovchi majburlov kuchiga ega. Norma buzilgan taqdirda huquqni qo`llash mexanizmi harakatga keladi, huquqni qo`llash faoliyatini amalga oshiruvchi muassasalar va mansabdor shaxslar ishga kirishadilar. Yuqorida sanab o`tilgan barcha usullar bo`yicha huquq: a) konflikt sabablariga; b) uning negizi(konfliktli vaziyat)ga; v) uning rivojlanishi va hal qilinishiga; g) konflikt yakunlanishi oqibatlariga va ishtirokchilar taqdiriga ta`sir etadi. Tavsiya etilgan adabiyotlar ro`yxati:
Download 23.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling