Konfliktologiya ilmiy fan sifatida
Download 72 Kb.
|
KONFLIKTOLOGIYA ILMIY FAN SIFATIDA
Konfliktologiya predmeti.Konfliktologiya predmetiga keladigan bo`lsak «konfliktologiya» so`ziningn ma`nosining o`zi, yoki etimologiyasidan ma`lum bo`lishicha «konflikt haqida ilm» degan fikrga kelamiz Aniqroq izoh beradigan bo`lsak quyidagicha ta`rif berishimiz mumkin: Konfliktologiya — bu konfliktlarning rivojlanishi, paydo bo`lish mexanizmlari va qonuniyatlari haqida bilimlar tizimi hisoblanib, shuningdek uni boshqarishning texnologiyasi va printsiplari haqida fan. Konfliktologiyaning metodologiyasi va metodlari Konfliktlarni boshqarish va tadqiq qilish metodlari quyidagicha: konfliktologiyaning metodlari juda ko`p qirrali 1.Shaxsni baholash va o`rgshanish metodlari Kuzatish, So`roq, Test o`tkazish II. Guruhlarda ijtimoiypsixologik ko`rinishlarni o`rganish metodlari Kuzatish, so`roq, Sotsiometrik metod III. Konfliktni tahlil qiluvchi va diagnostika qiluvchi metodlar Kuzatish, so`roq, faoliyat natijalarini tahlil qilish, ekspertlik interv`yu metodi IV. Konfliktlarni boshqarish metodlari Tuzilishli metodlar, kartografiya metodi Konfliktlarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l atvoridagi xatti-harakatlarida shaxsga mansub bo’lgan millat, xalq xudud xususiyatlarida namayon bo’ladi. Pedagogik konflikologiya vfanining yuzaga kelishining ruxiy madaniy asoslari bilan tanishi ya’ni pedagogik ziddiyatlarni kelib chiqish sabablarini bilgisi, shu o’rinda turli pedagogik ziddiyatlarni kelib chiqish sabablarini bilishi, shu o’rinda turli pedagogik ziddiyatlarni oldini olishi va bartaraf etish usullari haqidagi nazariy bilimlarni amaliyotda keng tadbiq etishlari talablar bilimlariga quiylgan asosiy talablardan biri sanaladi. Pedagogik konfliktologiya fanining kelib chiqish sabablaridan yana biri pedagogik madaniyatni rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlarni yuzaga keltirmasligi uchun ziddiyatlarni, muammolarni oldini olishda o’qituvchi pedagogika qobiliyat va mahorat o’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashlari zarur. Pedagogk faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning qo’ydagi turlar mavjud bo’lmog’i lozim. Bilish-qobiliyati o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani sohasida kashfiyotlarni hamisha ko’zatib borishi kerakdir. Tushuntira olish qobiliyati- o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib etkazib bera olish muammoli ziddiyatli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib berish: kuzatuvchanlik qobiliyati-o’quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyoga kira olishi, o’quvchi shaxsini va uning vqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish bilish bilan bog’liq bo’lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish. Ta’lim jarayonida o’qituvchi konfliktlarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini yosh va individualxuchuchiyatlariga ham e’tibor berish lozim. Har bir guruh tinglovchilarini xarakteri, tempromentga qarab munosabatga kirishsa, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida konfliktlar yuzaga kelmaydi. O’zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi pedagogik vaziyat. Pedagogik vaziyat ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beradigan turli xil shart-sharoitlardir. Pedagogik vaziyatda shunday holatlarga duch kelishimiz mumkin. Ta’lim jarayoni olib borilayotgan ya’ni o’qituvchi ma’ruza o’tayotgan paytda tinglovchilarimiz tushunmagan narsalarni o’z vaqtida domlaning fikrini to’xtatib savolini beradi. Agar pedagog o’z fanini puxta egallagan bo’lsa, savolga javob berib, keyin ma’ruzani davom ettira oladi. Bunday pedagogik vaziyatda ayrim pedagoglarimiz fikrim bo’lindi deb tinglovchilarga tanbeh beradi. Bu vaziyatdan chiqishga qiynalib qoladilar. Ayrim gurug’larda iqtidorli talantli tinglovchilarimiz borki, ularning fikrlari juda keng turli hil mavzudagi savollarni o’rtacha tashlaydilar, bunday vaziyatda o’qituvchi nima qilishi kerak o’qituvchi biladi lekin tinglovchiga kengroq umumiyroq tushuntirma yana savol beraveradi. Bunday vaziyatda o’qituvchi darsni bahs munozara tarzda tashkil qilsa, guruh tinglovchilaridan yangi yangi fikrlarni eshitishi va so’ng umumiy xulosa qilib o’z fikrlarini bildirishi lozimdir. Pedagogik vaziyatlarda ham pedagogik konfliktlarni ko’rishimiz mumkin darsni bahs munozara shaklida qarama-qarshilik tafovut, mojoralarni oldini olishda tinglovchilar bir-biri bildirayotgan fikrlarini ba’zan umuman rad qilib tashlaydila. Pedagogik vaziyatda har tinglovchini ham fikrlarini qaysidir tomonlama to’g’riligini ta’kidlash pedagogni pedagogik vaziyatdagi yutug’idir. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling