“Ko’ngil uyimizda mangu bahorsiz” 1-boshlovchi Afzalshoh
Download 35.88 Kb.
|
14-Fevral
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqs Parvina
Mashhura:
Yod etmas emish kishini mehnatda kishi, Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi. Ko‘nglim bu g‘ariblig‘da shod o‘lmadi oh, G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi. Dilshoda: Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur. Jahongir: Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur, Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur, Yaxshi kishi yomonlig’ ko’rmagay hargiz, Ha kimki yomon bo’lsa jazo topgusidur! Raqs Parvina: Buyuk shoir Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan. Diyora: Dunyoning tilagi, samari ham biz, Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz. To‘garak jahonni uzuk deb bilsak Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz. Mehrangiz: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra-zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir. Parvina: – Ularning asarlari dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan. Vatanimizning eng diqqatga sazovor joylari shoir nomi bilan ataladi. Bu kun uning haykali poyida anvoyi gullar yashnab turibdi. So’z berish: l-boshlovchi: Afzalshoh Birin-ketin o’tib borar asrlarning karvonlari, Oh, nechog’lik xatarlidir uning oshar dovonlari Inson zoti murodiga azal-abad yetar endi Ushalsa gar umidvor zot Navoiyning armonlari. 2-boshlovchi: Aloxon Fursat keldi do’stu g’anim kimligini bilay bu kun Jam’i bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun Ko’kka boqib sahar chog’i iltijolar qilay bu kun Nurga to’lsin aziz Bobur bobomning makonlari
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling