“Ko’ngil uyimizda mangu bahorsiz” 1-boshlovchi Afzalshoh


Farangiz Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l


Download 35.88 Kb.
bet6/7
Sana08.02.2023
Hajmi35.88 Kb.
#1178337
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-Fevral

Farangiz Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.



Bobur Shafqatsiz kishi azobga loyiqdir


I.Shaxina Davlat uchun ko'ngulni zor etma, izzat uchun o'zungni

xor etma

Farangiz Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilan

siylaydi.


Sahna ko’rinishi
Mayin musiqa yangraydi.

Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.


Oybek: ( Bobur) -Ruxsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta'zim qiladi.)
Mahmud :(Kishi) Assalomu alaykum, hazratim. (Ta'zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne'matdan totib ko‘ring, hazratim. Zora sog‘inchingizga muallima boshlangich malham bo‘lsa.
(Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin holda gapiradi.)
Oybek: (Bobur) Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoli-yu, musaffo havosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan -mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.
Oybek: Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Qo’shiq

Muhammad Yusufning “Bobur nidosi” she`ri ijro etiladi.
Mehrangiz

Toqatim toldi oqibat

Taxtni yov oldi oqibat

O`z yurtim qoldi oqibat

Avg`on ketdim daryo kechib

Omad kelar, ketar ekan

Jon do`sting ham sotar ekan.

Ortingdan tosh otar ekan

Jayron ketdim daryo kechib

Ikki ko`zim elimdadir

Cho`g`dek so`zim tilimdadir

Dilim yonib, dilimda bir

Armon ketdim daryo kechib

Bog`ishamol sayr endi

Qilg`ay chiqib g`ayr endi.

Boburing yo`q xayr endi

Anjon ketdim daryo kechib.



Andijon bag`ridan uchib bir yulduz

Hindiston tojiga gavhardek qo`ndi

Otash yuragida aylanar bir yulduz

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.

Dunyo charxpalagi tinmay aylanar

Talato`p zamonlar o`taveradi.

Asrlar qaridan bir so`z ingranar

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.

Xalqim buyuk o`g`ling, buyuk shoh o`g`ling

Boburing qalbida bir armon qoldi.

Nolasi kuydirar toabad bag`ring

Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.




Download 35.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling