Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalar mohiyati j. B. Sey iqtisodiy qarashlari


Download 23.75 Kb.
bet1/8
Sana01.03.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1241217
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR


KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR MOHIYATI
J.B.Sey iqtisodiy qarashlari
XIX asrning boshida mumtoz siyosiy iqtisod AQSH va Evropada keng tarqalib alohida mustaqil fan darajasiga erishdi va universitetlarda o’qitila boshlandi. Shu bilan birgalikda yetakchi Evropa davlatlari Angliya va Frantsiyada ishlab chiqarish inqilobi yuz berib, xo’jalik yuritishning kapitalistik shakllari qaror topa boshladi, va buning natijasida mo„ayyan ijtimoiy o’zgarishlar yuz berdi. Burjuaziya va yer egalari bo’lmish dvoryanlar orasida jamiyatda hukmronlik uchun kurash tugayotgan edi va Shu bilan birgalikda, sobiq uchinchi tabaqa vakillari va burjuaziya orasidagi munosabatlar doirasida qarama - qarshiliklar kuchaya bordi. Bir tomondan burjuaziya va kichik ishlab chiqaruvchilar, va boshqa tomondan esa ishchilar, kichik ishlab chiqaruvchilar, yirik kapitalistik ishlab chiqarish korxonalari bilan raqobatchilikka bardosh berolmay, xonavayron bo’lishar edi. Ishchilar sinfi, miqdoran oshar, ammo mo„ayyan huquqlarga ega bo’lmagan holda yashash darajasi past va og’ir ish sharoitlariga ega edi. Ijtimoiy bo’linishning Yangi shakllari mumtoz siyosiy iqtisodni bo’linishiga olib keldi, ya’ni burjua, kichik burjua va ijtimoiy guruh.
Mumtoz siyosiy iqtisodning umumiy belgilarini saqlab qolgan holda (predmet, ishlab chiqarish sohasi, narx boshlang’ich toifasi, narxning o’zi esa ishlab chiqarish miqdori bilan belgilanadi), ular qator masalalar bo’yicha turli fikrlarga ega edi (narx talqini mehnat yoki kapitalist xarajatlari bilan belgilanadi, daromadlar talqini davlat iqtisodiy roli va realizatsiyadan kelib chiqib talqin etiladi). Bundan tashqari alohida iqtisodchilar nazariyasida ham, mo„ayyan farqlar mavjud bo’lib, bu xol ular o’rtasida munozarali masala edi.
Frantsiyada Smit nazariyasi tarafdorlaridan birinchisi va mashhuri Jan Batist Sey edi (1767-1832). Uning hayoti buyuk frantsuz inqilobi davriga to’g’ri kelib, bu inqilob, frantsiyada kapitalizm rivojlanishi uchun keng yo’l ochib berdi. Sey qalamiga mansub, ayniqsa, yirik asarlariga «Iqtisodiy siyosat traktati yoki boylik shakllanishi, bo’linishi va iste’mol qilinish usulining sodda talqini» (1803), «Siyosiy iqtisod katexizisi» (1817), va olti tomdan iborat bo’lgan «Siyosiy iqtisod kursi» (1828-1830)larini kiritish mumkin. Ularda Sey asosan Smit nazariyasiga tayanib, ma’lum qo’shimchalar kiritdi. Bundan tashqari, mo„ayyan vaqt davomida to’qimachilik fabrikasi hamkori bo’lib, amaliy tadbirkorlikdan ham xabardor edi, va Shu sababli siyosiy iqtisodiyot bilan bir qatorda ilk marotaba sanoat iqtisodiyoti kursidan dars ham o’tgan. Sey maktabi tarkibiga mashhur iqtisodchilar, F. Bastian, F. SHeval’e, SH. Dyunuaelar ham kirgan.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling