Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalar mohiyati j. B. Sey iqtisodiy qarashlari


Download 23.75 Kb.
bet2/8
Sana01.03.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1241217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR

Predmet va uslub. Sey mumtoz iqtisodiy nazariyasini tizimlashtirish borasida ham ulkan ishlarni ham amalga oshirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan mashhur rus iqtisodchisi A.I. CHuprov o’zining «Siyosiy iqtisod» asarida quyidagilarni yozgan edi: «Sey, siyosiy iqtisod sohasidagi ilk tizimlashtirishga harakat qilgan olimdir. O’zining siyosiy iqtisodiyot haqidagi traktatida, u ilk marotaba iqtisodiy fanning butun sohasini qayta ishlab, aniq lo’nda talqin yaratishga muvaffaq bo’lgan edi».
Boylik. Sey fikricha boylik tushunchasi insonlar tomonidan tekin olinishi mumkin bo’lgan mahsulotlarga (suv, havo) nisbatan emas, mo„ayyan narxga ega bo’lgan mahsulotlarga nisbatan qo’llanilishi mumkin, Chunki bu mahsulotlar o’z egalarining mutlaq mulkidir. Bundan tashqari, Sey Smitning boylik to’g’risidagi tushunchasini cheklaganligi uchun tanqid qilib, «Smit bu doiraga moddiy bo’lmasada, ammo real kuchga ega bo’lgan boyliklarni ham kiritishi lozim edi, masalan tabiiy yoki o’rganilgan iqtidorni» deb yozgan.
Narx. Narx masalasini har tomonlama ko’rib chiqishga harakat qilgan va quyidagicha fikr yuritgan: «Ishlab chiqarish materiyani yaratmaydi, ammo foydalilikni yaratishi mumkin. Mazkur foydalilik darajasi predmetlarga boylik yaratishi bilan bir qatorda u ishlab chiqarish boyligi ham bo’ladi».
Shu bilan birgalikda, Sey Smitni quyidagi holatlar bo’yicha ham tanqid qilgan ya’ni Smit faqatgina mehnatni narxni keltirib chiqaruvchi omil sifatida tadqiq etgan. Ammo aniqroq tahlil ko’rsatishicha, narx o’z kelib chiqishiga ko’ra, uch toifaning birlashgan holda mehnat qilishi maxsulidir, ya’ni inson, tabiat kuchi va kapital (ishlab chiqarish vositalari).
Sey fikricha, narx bozorda talab va taklif asosida yuzaga keladi. Shunday qilib, u mo„ayyan ma’noda neomumtoz maktabi namoyandasi bo’lib, mazkur maktab narx nazariyasi asosida foydalilik, ishlab chiqarish xarajatlari va talab va taklif mutanosibligi birlashgan edi.
Daromad bo’linishi. Sey daromadlar nazariyasida narx ishlab chiqarishning uch omili asosida yaratiladi: mehnat, kapital va er (tabiat), ularning egalari esa daromad sifatida daromadning o’zlariga tegishli omil tomonidan yaratilgan qismini oladi (maosh, daromad va renta). Daromadga nisbatan Sey Shuni ham aniqlashtiradiki, daromad ssuda foizi hisobiga yaralib, uni kapitalist, kapital egasi sifatida oladi.
Tadbirkorlik daromadi esa, tadbirkor tomonidan tashkillashtirish faoliyati evaziga olinadigan pul miqdori bo’lsa, Shu bilan bir qatorda tadbirkor mo„ayyan tavakkalchilik evaziga daromadga haqli bo’ladi.
Seyning “Uch omil” nazariyasidan xulosa qilish mumkinki, sinflar orasida mo„ayyan garmoniya mavjud, Chunki har - bir sinf faqatgina o’ziga tegishli bo’lgan daromad qismiga ega bo’ladi.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling