Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalar mohiyati j. B. Sey iqtisodiy qarashlari


Download 23.75 Kb.
bet7/8
Sana01.03.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1241217
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR

Asosiy nazariy holatlar
Boylik. Sismondi Smit va uning burjua namoyandalari tomonidan ilgari surilgan boylik nazariyasidan farq qiluvchi nazariyaga ega bo’lgan. “Adam Smit bilan birgalikda, - deb yozgan edi u, fikrimizcha, mehnat boylik kelib chiqishining yagona manbaidir, ammo biz buning qatorga milliy boylik o’sishi, faqatgina millat ravnaqi o’sishi bilan birgalikda yuz berishi kerak deb hisoblaymiz”.
Sismondining fikricha, Smit, jamiyatni faqat insonning iqtisodiy shaxslar summasi sifatida qabul qilib, barcha xususiy boyliklar summasi milliy boylik summasini tashkil etadi deb xato qilgan, Chunki buning oqibatida, ijtimoiy tengsizlik yuzaga keladi. Sismondining ta’kidlashicha, Shunday tartibga qarab harakat qilish kerakki, bu tartib, boyga ham, kambahalga ham bir - xil darajada ravnaq, shodlik va tinchlik olib kelsin.
Narx va taqsimlanish. Sismondi, narx mehnat nazariyasini ilgari surib, mehnat boylikning yagona manbai deb ta’kidlagan. Shu bilan birgalikda, mehnatning jamiyat uchun zarur xarajatlariga bahoni faqatgina ishlab chiqarish nuqtai nazaridan belgilagan. Smit va Rikardodan farqli o’laroq, u narxni talab va taklif mutanosibligi sifatida qabul qilib, narx butun jamiyat talabi va mazkur talabni qondirishi mumkin bo’lgan mehnat miqdori mutanosibligi deb belgilagan.
Sismondining daromadlarni taqsimlash nazariyasi mehnat tannarxi nazariyasidan kelib chiqadi. Uning ta’kidlashicha, o’z mehnati mahsuliga xo’jayin bo’lgan ishlab chiqaruvchi manfaatlariga asoslangan kichik tovar ishlab chiqarishdan farqli o’laroq, kapitalizm sharoitida ish haqi ishchi mehnatining qirqma mahsulidir, Chunki kapitalist ishchiga uning mehnati uchun etarli darajadagi kompensatsiyani ta’minlab bermaydi, aksincha, uning hayoti uchun zarur bo’lgan eng zarur vositalarni beradi xolos. Shunday qilib, Sismondining fikricha, daromad, ishchi haqqini o’g’irlashdan boshqa hech narsa emas. Aynan shunday fikr, er rentasiga ham tegishlidir, ammo Smit fikriga tayangan holda, Sismondi rentani er haqqi deb tushunadi, Chunki er ishlab chiqarish kuchiga ega.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling