Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalar mohiyati j. B. Sey iqtisodiy qarashlari
Download 23.75 Kb.
|
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G’OYALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Realizatsiya
Ishlab chiqarish mehnati. Sey Smitga nisbatan ishlab chiqarish mehnati sohasining aniqroq talqinini berib, aynan Shu nazariya foydasiga, nafaqat moddiy ishlab - chiqarish sohasini, balki xizmat ko’rsatish sohasini ham kiritadi, Chunki mashhur soha doirasida ham foydalilik darajasi yaratiladi. Sey fikriga ko’ra, xizmat ko’rsatish sohasida ham, nomoddiy mahsulotlar yaratilib, bu mahsulotlar ishlab chiqarish davrida iste’mol qilinadi. Ammo, bu xizmatlar kapital ko’rinishida akkumullyatsiya qilish kuchiga ega emas, akkummulyatsiyaning o’zi esa xuddi Smit kabi, Sey tomonidan moddiy boyliklar zahirasi deb qabul qilingan.
Realizatsiya. Uning “Uch omil” nazariyasidan ko’ra ham, mashhurroq bo’lgan “realizatsiya nazariyasi” keyinchalik Sey qonuni atamasini oldi. Mazkur qonunga muvofiq, kapitalizm sharoitida, taklif doimo talabga teng va Shu sababli to’liq realizatsiya mavjud holatdir, Chunki xalq xo’jaligi miqiyosida realizatsiya bir mahsulot turlarining boshqa mahsulot turlariga almashinishi bo’lib, Shu sababli tovar ishlab chiqarilishi faktining o’zigina boshqa mahsulotlar sotilishi uchun keng yo’l ochib beradi. Mablag’ faqatgina vaqtinchalik almashinuv jarayonidagi rolga ega. Albatta, alohida tadbirkorlarda, sotish bo’yicha vaqtinchalik qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin, ammo keyinchalik bunday almashinuv albatta yuz beradi, Shu bilan birgalikda Sey zahira fondlariga nisbatan ham xuddi Shunday fikrda bo’lib, ularni talab darajasiga etgunga qadar vaqtinchalik hodisa deb talqin qilingan. O’zining realizatsiya nazariyasidan kelib chiqgan holda, Sey quyidagi xulosalarga keladi: «Har bir inson barcha insonlar ravnaqidan manfaatdor va ishlab chiqarishning bir sohasi rivojlanishi boshqa sohalar rivojlanishiga ham olib keladi». «bundan kelib chiqadiki, barcha chet el mahsulotlarining ichki bozorga olib kelinishi, mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilishiga yo’l ochib beradi». Shunday qilib, sinflar orasida mo„ayyan garmoniya mavjud ekan, xuddi shunday garmoniya sohalar va mamlakatlar orasida ham mavjud bo’lishi mumkin». Download 23.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling